Ish maydoni — ish stolining piktogrammalardan xoli qismi.
Ishchi maydoni — ishlanayotgan dasturning foydalanuvchi amallar bajarishiga
ajratilgan qismi.
Klaviatura — ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlar majmui.
Uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot va buyruqlar kiritiladi, ya’ni
kompyuter bilan muloqot amalga oshiriladi.
Kompyuter — (inglizcha “hisoblovchi inson” ma’nosini anglatadi) turli hajmdagi,
har xil ko‘rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi
avtomatik qurilma.
Kontekst-menyu — sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida ochiladigan
yordamchi amallar ro‘yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |