Chet el firmalarining


-rasm. P turidagi rele (WSSB) 10.6-rasm. Qutblangan rele



Download 3,81 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#648138
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma\'ruza

10.5-rasm. P turidagi rele (WSSB) 10.6-rasm. Qutblangan rele

Neytral P turdagi (Berlin, WSSB firmasi) releda g‘altak 2 (10.5-rasm) o‘zak 3 da vertikal joylashtirilgan. Magnit o‘tkazgichni, shuningdek, yarmo 1 va kontakt shtift-lari 7 qotirilgan kontakt ustuni 6 dan iborat bo‘lgan va ustunga sharnirli ulangan yakor 4 tashkil etadi. Yakor o‘zini massasi va siqilishga ishlaydigan qaytaruvchi prujina 8 ning taranglik kuchi ta’siridan, qo‘yib yuboriladi (5-kontakt prujinalari, 9-stanina).
Rele ikkita almashlab ulaydigan, 11 ro‘para va oltita orqa kontaktlarga ega. Ikkita kumush kontaktning o‘tish qarshiligi 0,05 Om dan oshmaydi. Releni xizmat muddati 106 marta ishlash (ulab-uzish) ga teng.
Rele ketma–ket magnit zanjirga ega. Yakor qo‘yib yuborilgan holatda, prujina 8 kuchi bilan ushlanib turiladi. g‘altakdan ma’lum qutbli tok oqqanida, ya’ni elektromagnit va doimiy magnitning magnit oqimlari qo‘shilganida, yakor o‘zakka tortiladi. g‘altak manbadan ajralganda yakor doimiy magnit ta’siridan ushlab turiladi. Teskari qutbli tok ulanganda, rele yakorini qo‘yib yuboradi.
Rele sakkizta kontaktga ega, ular rele platasi 6 da kumush shtift 7 lar bilan o‘rnatilgan kontakt prujinalaridagi qotirilgan kumush yopishtirmalarning tutashishi tufayli hosil bo‘ladi. Releni imkoniyati 107 marta ulamoqlikka, nominal kuchlanishi 60 V, iste’mol quvvati 12 Vt teng.


10.3. XORIJIYI RELELI MARKAZLASHTIRISH TIZIMLARI
Xorijiyi releli markazlashtirishga misol sifatida SpDrS60 tizimini (Germa-niya) ko’rib chikamiz.
Kirish. SpDrS60 tizimi, taxminan 1960 yillarda tayyorlangan va Siemens kom-paniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Germaniyada eng ko‘p tarqalgan releli mar-kazlashtirish tizimi xisoblanadi. Bu tizimning moslashtirilgan turlari shuningdek ba’zi bir mamlakatlarda xam qo‘llaniladi. SpDrS60, bitta topologik elementga ta’luqli, releli bloklarga guruhlanuvchi, relelarning geografik prinsipi qo‘llaniladigan namunaviy misol xisoblanadi. Bu bloklarni zavod sharoitida ishlab chiqariladi va tekshiriladi; ularni o‘zaro ulash uchun standart kabellar nazarda tutilgan
Releli bloklar. Releli bloklarni uchta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin (10.7-rasm):

  • Topologik, stansiya yo‘llari rivoji sxemasining elementlariga mos keluvchi. Bu bloklar o‘zaro kabellar yordamida ulanadi, va yo‘l rejasiga mos sxema elementlari uchun bog‘lovchi bo‘g‘in xisoblanadi;

  • Svetoforlar uchun, marshrut tuzuvchi umumiy zanjirga birlashtiriladi va svetoforlarda turli ko‘rsatkichlarni yoqishni ta’minlaydi;

  • Markaziy o‘tkazishlar bloki, markazlashtirishni barcha ta’sir xududlarida aniqlangan umumiy funksiyalarga javob beradi.

Topologik bloklar guruxida eng muximlari quyidagilar xisoblanadi:

  • Strelka bloklari, strelkani o‘tkazish funksiyasini amalga oshirish, marshrutni qulflash, yonboshni ximoyalash, xolatni nazorati, strelkali yo‘l seksiyasi bo‘shligi nazorati, uni bo‘shatilishi, shuningdek mos ravishdagi indikatsiyani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, barcha relelar kiritiladi. Strelkali s’ezd ikkita strelka bloki va strelka blokidagi tashlagich bilan, agar strelkaning bironta yo‘nalishi harakatlanish uchun nazarda tutilmagan bo‘lsa, taqdim qilingan;

  • Kesishish bloklari strelkali bloklar funksiyalariga o‘xshash, o‘tkazish va nazorat funksiyalaridan tashqari, funksiyalarni bajaradilar;

  • Poezd marshrutlari bloklari ushbu marshrutlarni boshlanishi va oxirini xisobga oladilar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator boshqa funksiyalarni bajara-dilar;



M
10.7-rasm. SpDrS60 tizimining releli bloki
anyovr ishlari bloklari manyovr ishlari uchun o‘xshash funksiyalarni bajara-dilar;


  • Uchastkalarni ximoyalash bloklari marshrutdagi ximoyalash uchastkalari oxirini xisobga oladilar;

  • Alohida seksiyalar uchun nazorat bloklari yo‘l uchastkasini birontasini bo‘sh xolatini tekshirilganda boshqa topologik blokga birlashtirib bo‘lmagan xollarda qo‘l-laniladi. Bu juda kam xollarda uchraydi;

  • Blokirovka bilan bog‘lash bloklari stansiyadagi markazlashtirish tizimlarini peregondagi turli tizimlar bilan bog‘lanish funksiyasini bajaradi.

Svetofor bloklari signal ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Ularni funksionalligi H/V nemis signallashtirish tizimi bilan chambarchas bog‘langan. Asosiy va ogohlantiruv-chi, tezlikni, marshrutlarni, harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi, ogohlantiruvchi ko‘rsat-kichlar, qo‘shimcha signal kallaklaridagi ko‘rsatkichlar va boshqa svetoforlar uchun bloklar mavjud. Barcha svetofor bloklari stansiya rejasiga mos ravishda xaqiqiy joy-lashtiriladi va tanlab olingan poezd marshrutidagi relelar guruxiga kabel orqali ulanadi. Manyovr harakatlari uchun alohida svetofor bloklari talab etilmaydi, chunki ularni boshqarish va nazorat qilish manyovr marshrutlari bloklarida amalga oshiriladi.
Markaziy o‘tkazish bloklari umumiy o‘tkazish funksiyalariga javob beradi. Markazlashtirishdagi harakat xududlari uchun bittadan shunday blok kerak bo‘ladi va ular quyidagi masalalarni echadi:
strelkalar, svetoforlar, marshrutlar, avtoblokirovka va boshqa qurilmalar-ning gurux tugmalaridan uzatiladigan axborotlarga ishlov berish

  • har bir marshrut uchun tezlik chegaralarini aniqlash;

  • beriladigan marshrutning boshlanish va oxirgi nuqtalari orasida harakat-lanishni alternativ variantlari bo‘lganda ustun bo‘lganini o‘rnatish;

  • avtoharakatlanish funksiyasini amalga oshirish uchun marshrutni yodda saqlab qolish va h.k.

1970 yillarda SpDrS60 takomillashgan varianti ishlab chiqarilgan SpDrS600 tizimi, biroq uning qo‘llanishi chegaralangan. Shunday bo‘lsa ham, SpDrS600 funk-sional mantiqi mikroprotsessorli markazlashtirish tizimini Simis ishlab chiqishda asos qilib olingan. SpDrS60 tizimi haqidagi batafsil ma’lumotni [Siemens, 1978] va [Sch-mitz, 1982] topish mumkin.
Releli bloklarni tuzilishi,
joylanishi va montaj qili
nishi.
Har bir releli blok bir nechta relelardan tashkil topadi. Ularga rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g‘al-taklari va diodlar qo‘shiladi. SpDrS60 tizimida birinchi sinf ishonchlilikga ega bo‘l-magan K50 relelar (C turiga ta’luqli, 10.4-rasmga qarang) ning quyidagi versiyalari qo‘llanadi: 1) Neytral (ko‘p ilovalar uchun10.3-rasm); 2) Nobarqaror; 3) Katta toklar uchun kuchaytirilgan kontaktli relelar.

Releli bloklar releli stativlarda o‘rnatiladi va o‘zaro standart kabellarning quyi-dagi asosiy turlari yordamida bog‘lanadilar:

  • Biriktiruvchi kabellar (har birida 20 dan jila), bloklarni topologiyaga muvo-fiq biriktiruvchi;

  • Sirtmoqli kabellar, bir turdagi barcha releli bloklarni mos ravishda parallel yoki ketma-ket markaziy o‘tkazuvchi blok bilan birlashtiruvchi;

  • Elektr ta’minot kabellari.

Bundan tashqari, ayrim releli bloklarda rostlovchi kolodkalar qo‘llaniladi. Ular orqali, maxsus xususiyatlar olish maqsadida, blok ichidagi kontaktlar ulanadi.2



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish