1
CHEMOFFICE DASTURIY PAKETIDAN FOYDALANIB MAKTAB
KIMYO TA’LIMIDA MOLEKULALARNING 3D MODELLARINI
YARATISH VA NAMOYISH ETISH.
N.M.Ziyodulloyev
– katta o`qituvchi, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hududiy markazi, +998937958643, 190144
.
Annotatsiya
Ushbu
maqolada
kimyo
o`qituvchilari
malakasini
oshirish
kurslari
tinglovchilariga ChemOffice dasturiy paketi va uning ChemDraw Ultra 9.0 hamda
Chem3D Ultra 9.0 dasturlarida molakulalarning 3D fazoviy (tuzilish) strukturalarini
yaratish va namoyish qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berilgan. Dasturdan
foydalanishni o`rganish orqali maktab kimyo ta’limi sifat-samaradorligini,
o`quvchilarning fanga nisbatan qiziqishlarini oshirish mumkin.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar shu jamiyatda yashayotgan har bir insonni o`z imkoniyatlarini ro`yobga
chiqara oladigan erkin, ijodkor shaxs sifatida tarbiyalashga yo`naltirilgan.
Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilinishi, yangi ta'lim
standartlari asosida ta'lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan
hozirgi kunda o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini oshirishga aloqida e'tibor
qaratilmoqda. Shuday ekan XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat asrida axborot
texnologiyalarning roli va o`rni kundan – kunga oshib borayotganligini, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanayotganligini
inkor etib bo`lmaydi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g’risida”gi Farmonining
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to`rtinchi yo`nalishida ta'lim tizimi
sifatini yaxshilash va yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi
ustuvor vazifalar nazarda tutilgan.
2
2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning
Oliy majlis a'zolariga qilgan navbatdagi murojaatnomasida ta'lim yo`nalishiga oid
bir qancha vazifalar belgilandi. Jumladan davlat rahbarining: “Taraqqiyotga erishish
uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur
va shart.
Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo`lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun
dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni ham kamaytiradi”, - deya ta’kidlagani va joriy yilda matematika, kimyo-
biologiya, geologiya kabi yo`nalishlarga ko`proq e’tibor berilishi bevosita malaka
oshirish tizimi faoliyatida ham o`z aksini ko`rsatmog`i lozim.
Malaka oshirishga jalb etilayotgan maktab fan o`qituvchilarining kurs davomida
AKT savodxonligini oshirish va dars jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat
qiluvchi amaliy dasturlarni o`rgatib borish albatta o`quvchilarga ta’lim berishning
sifat-samaradorligini oshirishga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi.
Mazkur maqolada kimyo fani o`qituvchilari uchun anchayin foydali bo`lgan
ChemOffice 2005 dasturiy paketida ishlashning dastlabki, eng sodda bosqichi haqida
ma’lumot bermoqchiman.
ChemOffice 2005 dasturiy paketi Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti
olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur kimyodan moddalar molekulasining
fazoviy
(tuzilish)
strukturasini
3D
formatda
o`rganishga
mo`ljallangan.
Dasturdan maktab o`quvchilariga molekulalarning grafik, tuzilish va fazoviy
strukturalarini ko`rsatish orqali ularda fanga bo`lgan qiziqishni kuchaytirish va ularda
molekula haqida to`liq tasavvur hosil qilishda foydalanish mumkin.
ChemOffice 2005 dasturiy paketi 7 ta ilovadan iborat bo`lib, bizga kerak bo`lgani
ChemDraw
Ultra
9.0
va
Chem3D
Ultra
9.0
ilovalaridir.
Quyida ushbu ilovalardan foydalanish tartibini ko`rib chiqamiz:
1. Dastlab “
Pusk” menyusidagi
ChemOffice 2005 dasturiy paketidan
ChemDraw
Ultra 9.0, so`ngra
Chem3D Ultra 9.0 dasturlarini ishga tushiramiz (dasturlardan
3
doimiy foydalanishda oson bo`lishi uchun “Ishchi stol”ga chiqarib olsangiz maqsadga
muvofiq bo`ladi) (
1-2-rasmlar):