Chekli kalibrlar yordamida silliq slindrsimon yuzalar o`lchamlarini nazorat qilish. Ishning maqsadi



Download 345,65 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi345,65 Kb.
#343588
  1   2   3
Bog'liq
chekli kalibrlar yordamida silliq sl


Chekli kalibrlar yordamida silliq slindrsimon yuzalar o`lchamlarini nazorat qilish.
Ishning maqsadi: Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida silliq slindrsimon yuzalarni nazorat qilish usullari va vositalari bilan tanishish.
Tajriba ishini bajarish uchun zarur material va jihozlar

  1. Tajriba ishini bajarish uchun uslubiy ko`rsatma.

  2. Chekli kalibrlar.

  3. Yakuniy nazorat uchun mikrometr.

  4. Nazorat qilinadigan detallar.



Tanishuv qismi

  1. Detal chizmasi bo`yicha uni tayyorlash dopuskini aniqlash.

  2. Berilgan yuzalarni mikrometr yordamida o`lchash.

  3. Berilgan yuzalarni chekli kalibrlar bilan o`lchash.

  4. Har bir o`lchash usuli bo`yicha detalning yaroqliligi to`g’risida xulosa chiqarish.



Amaliy qism:

    • O`qituvchi yoki o`quv ustasidan detalni uning ishchi chizmasini va o`lchov asboblarini olish.

    • Tajriba ishi hisobotida keltirilgan maxsus jadvalni to`ldirish.

    • Berilgan yuzalar o`lchamlarining qiymatini aniqlash.

    • Chekli kalibrlar yordamida berilgan yuzalar yaroqliligini aniqlash.



Nazariy qism

Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida val va vtulka tipidagi silliq slindrsimon buyumlarni nazorat qilish uchun chekli kalibrlar (GOST 2216 - 84) keng qo`llaniladi. Vallar uchun kalibrlar skoba deb, teshiklar uchun tiqin deb ataladi. Kalibrlar to`plami o`tuvchi va o`tmaydigan kalibrlardan tashkil topadi (6-rasm, a).

Dopuski IT6 dan IT17 gacha bo`lgan detallarning yaroqliligi asosan chekli kalibrlarda aniqlanadi. Silliq slindrik detallar o`lchamini nazorat qilish uchun ishchi chekli kalibrlar to`plami o`tuvchi PR (u bilan nazorat qilinayotgan ob`ektning maksimal qiymatiga teng o`lcham aniqlanadi) va o`tmovchi NE (u bilan nazorat qilinayotgan ob`ektning minimal qiymatiga teng o`lcham aniqlanadi) kalibrlardan iborat.

Agar o`tuvchi kalibr (kalibrning o`tuvchi tomoni) o`z og’irligi yoki unga teng kuch ostida o`tsa, o`tmovchi kalibr (kalibrning o`tmovchi tomoni) nazorat qilinayotgan detal yuzasidan o`tmasa detal yaroqli hisoblanadi. Bu holatda detalning haqiqiy o`lchami berilgan cheka o`lchamlar oralig’ida yotadi.

Ishchi kalibrlar PR va NE detallarni tayyorlash jarayonida nazorat qilishga mo`ljallangan. Bu kalibrlardan ishchilar (dastgohchilar) va texnik nazorat bo`limi (TNB) nazaoratchilari foydalanadi, TNB nazoratchilari odatda qisman eyilgan PR kalibrlardan va yangi NE kalibrlardan foydalanadi.

Rostlanadigan kalibr-skobalarni sozlash va sozlanmaydigan kalibr-skobalarni tekshirish uchun nazorat kalibrlari qo`llaniladi, ular o`tmovchi kalibr bo`lib ishlash natijasida eyilgan ishchi skobalarni yaroqliligini tekshirish imkonini yaratadi. Nazorat kalibrlarining nisbatan kichik dopuskiga qaramasdan, ular ishchi kalibrlarning tayyorlanish dopuskini va eyilish miqdorini noto`g’ri ko`rsatishi mumkin, shu sababli nazorat kalibrlaridan imkon darajada foydalanmaslikka intilish kerak. Ayniqsa kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida nazorat kalibrlarini chekli o`lchovlarga yoki universal o`lchov asboblariga almashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.





6–rasm. Slindrsimon val va vtulkalarni silliq chekli kalibrlar bilan nazorat qilish:

a – vallarni skoba bilan va teshiklarni tiqin bilan nazorat qilish sxemasi; b - yupqa (listsimon) 1 dan 70 mm gacha ikki tomonlama skobalar; v – shtamplangan 1 dan 50 mm gacha bo`lgan bir tomonlama skobalar; g - 3 dan 100 mm gacha bo`lgan shtamplangan ikki tomonlama skobalar; d - 100 dan 325 mm gacha bo`lgan bir tomonlama dastakli shtamplangan skobalar; e – 330 mm gacha bo`lgan roslanadigan skobalar.

Dopuski IT5 va undan aniq bo`lgan vallar va teshiklarni kalibrlar bilan tekshirish tavsiya etilmaydi, chunki ular katta o`lchash xatoligini yuzaga keltirishi mumkin. Bunday detallarni universal o`lchov vositalarida nazorat qilish maqsadga muvofiq.

Kalibrlarga ketadigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida ularni ishqalinishga chidamliligini oshirishga intilinadi. Qattiq qotishma bilan qoplangan kalibrlarning narxi 3–5 barobar oshsada, ishqalanishga chidamliligi oddiy po`lat kalibrlarga qaraganda 50–150 marta va xromlangan ishqalanishga chidamli kalibrlarnikiga qaraganda 25–40 barobar oshishi kuzatiladi.

Vallarni nazorat qilish uchun odatda skobalar ishlatiladi. Bir tomonlama ikki pog’onali skobalar nisbatan keng tarqalgan. Shuningdek sozlanuvchi skobalar ham qo`llaniladi, ularni turli o`lchamlarga sozlash mumkin, bu o`z navbatida skoba eyilganligini kompensatsiyalashda va ma`lum intervaldagi detallarni bitta skoba bilan o`lchashda qo`l keladi. Sozlanuvchi skobalar sozlanmaydigan skobalarga qaraganda pastroq ishonchlilik va aniqlikka ega, shu sababli ular 8 va undan yuqori kvalitetlar uchun mo`ljallanishi lozim.

Silliq, rez’bali va boshqa detallarga chegaraviy kalibrlarni loyihalash vaqtida Teylorning o`xshashlilik prinsipiga amal qilish zarur bo`ladi. Unga ko`ra o`tuvchi kalibrlar shakl jihatidan birikuvchi detalning timsoli (prototip) bo`lishi zarur. Uning o`lchamlari va birikish uzunligi aynan takrorlanishi kerak (ya`ni, vallar uchun kalibrlar halqa ko`rinishida bo`lishi zarur) va o`lchamlar birikmaning butun uzunligida detal shaklining xatoligini hisobga olgan holda tekshirilishi zarur. O`tmovchi kalibrlar kichik o`lchov uzunligiga ega bo`lib, ularning kontakt yuzasi nuqta ko`rinishiga yaqinlashib faqat valning o`lchamini tekshirishi zarur. Shunday qilib, agar detalning o`lchami, shakli va yuzalarining o`zaro joylashishi dopusk maydonida yotsa u yaroqli deb topiladi.

Amaliyotda nazorat qilishda hosil bo`ladigan noqulayliklar natijasida Teylor prinsipidan chekinishga to`g’ri keladi, masalan o`tuvchi halqa bilan nazorat qilishda tokarlik dastgohining markazlarida o`rnatilgan valni bir necha marta echib olishga to`g’ri keladi. Buning o`rniga keng o`lchash yuzasiga ega bo`lgan o`tuvchi skobalarda o`lchash maqsadga muvofiq bo`ladi, ammo skoba bilan o`lchashda butun yuza bo`ylab bir necha kesimda o`lchovlarni amalga oshirish zarur.




Download 345,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish