Gcnctik uzoq formalar duragaylarining pushtsizligi. Yadro
va sitoplazmaning mos kelmasligi natijasida gcnerativ to'qimalar
rivojlanishi jarayonidagi mitoz buzilish hamda meyozdagi xromosomalar
konyugatsiyasining buzilishlari xromosoma to'plamlari muvozanatlanmagan gametalarning paydo bo'lishiga sababchi bo'lib, odatda,
duragaylardagi pushtsizlikka olib keladi. Pushtsizlikni bartaraf qilishning
metodlaridan eng samaradorligi, ko'p qo'llaniladigani bu - amfidiploiddir.
Hayvonlaming genetik uzoq duragaylarida ko'p hollarda bir jins
pushtli bo'lib, boshqasi bepusht bo'ladi. Masalan, qo'tosning (Phoephagus
grunniens) qoramol bilan bo'lgan duragaylarida urg'ochilari avlod bcradi,
erkaklari csa pushtsiz bo'ladi. Bunda duragay urg'ochilarni boshlang'ich
turlardan bittasi bilan qayta chatishtirish mumkin.
Genctik uzoq formalarni duragaylash mikroorganizmlar seleksiyasida
ham ishlatiladi. Masalan, achitqining ikki tur duragayi o'zida ikkala
tur shakami gidroliz qila oladigan fermentini mujassamlagan. Shuning
evaziga ajratib olinadigan spirt miqdorini ko'paytiradi. Bu duragay
shtamm ko'p vaqt davomida ajralish bermasdan ko'paya bcrishi
mumkin.
Duragaylash ikki xil - tabiiy va sun'iy boʻladi . Tabiiy duragay lanish tabiatda keng tarqalgan bo'lib , navlar , hatto o'simliklarning turlari va turkumlari o'rtasida ro'y berishi mumkin . Sun'iy duragaylar inson tomonidan o'tkaziladi . U chatishtirish yo'li bilan amalga oshiriladi . Chatishtirish oddiy va murakkab boʻladi . Ikkita ota - ona oʻsimliklari o'rtasida bir marta o'tkaziladigan chatishtirish oddiy chatishtirish deb ataladi . Chatishtirish uchun olingan ona o'simlikni A harfi , ota o'simligini B harfi bilan belgilasak , unda oddiy chatishtirishni A x B deb ifodalash mumkin . Bunday chatishtirish natijasida duragay ikki organizm irsiyatining qo'shilishi tufayli vujudga keladi . Oddiy chatishtirish boshqacha , juft chatishtirish deb ham yuritiladi . Oddiy chatishtirishning seleksiya va urug'chilikda keng qo'llaniladigan xili retsiprok chatishtirishdir . Retsiprok chatishtirish deb , ota - ona oʻsimliklarining birini birin chi marta ona , ikkinchi marta esa ota sifatida olib chatishtirishga aytiladi . Bunday chatishtirish quyidagicha ifodalanadi : Ax B va Bx A. Ushbu chatishtirish oʻsimliklarning qimmatli biror belgisining nasldan naslga o'tish tartibini o'rganish , uzoq shakllarni du ragaylashda ko'proq urug ' olish maqsadida changlanish va urug'lanish jarayonlarining yaxshi o'tishiga sharoit yaratish uchun qo'llanadi . Genetik tadqiqotlarda geterozigota ( duragay ) organizm retsessiv genli gomozigota organizm bilan chatishtiriladi ( Aa x aa ) va bu jarayon tahliliy chatishtirish deyiladi . Shunday yo'l bilan olingan naslning belgilar bo'yicha ajralishi duragay irsiyati tarkibini aniqlash imkoniyatini beradi . Murakkab chatishtirish . Chatishtirishning ikkitadan ortiq organizmlar ( tur , nav ) o'rtasida o'tkazilishi yoki oddiy chatish tirish yo'li bilan olingan duragaylarni ota - ona o'simlikl birontasi bilan qayta chatishtirishga Murakkab chatishtirish pog'onali va takroriy ( bekkross ) boʻladi . Duragay pushtda birin - ketin bir necha organizmlarning irsiy xususiyatlarini qo'shish kerak bo'lganda pog'onali murakkab chatishtirish qo'llaniladi . Pog'onali chatishtirish amalda har xil tartibda olib boriladi . Birinchidan , dastlab ikki nav chatishtirilib , oddiy duragay olinadi , keyin bu duragay bir necha yil davomida birin - ketin boshqa navlar bilan chatishtiriladi . Buni quyidagi sxema boʻyicha ifodalash mumkin : Ax B → ( A x B ) x C → [ ( A x B ) x C ] x D va h.k. Ikkinchidan , oddiy chatishtirish yo'li bilan bir necha oddiy duragaylar hosil qilinadi . So'ngra ular bir - biri bilan , boshqa duragay yoki qandaydir nav bilan chatishtiriladi . Bu quyidagicha ko'rinishga ega : 2130 % 11:45 TK Ax BAB , CxD ( AB ) x ( CD ) Ax B → ( AB ) x Nav . [ ( AB ) x ( CD ) ] x Nav va h.k. murakkab duragay . Demak , pog'onali chatishtirish oʻtkazish natijasida bitta duragay organizmda 4-5 ta va undan ham ko'p navning irsiy xususiyatlarini birlashtirish mumkin . Hozirgi zamon seleksiyasida pog'onali chatishtirish keng qo'lla nilyapti , chunki endilikda barcha ekinlarning naviga qo'yilayotgan talablar shuni taqozo etmoqda . Bu talablarga to'liq javob bera oladigan navlarni yaratishga oddiy chatishtirish yo'li bilan erishib bo'lmaydi . Maqsadga muvofiq nav yaratish uchun bir chatish tirishning o'zida ko'plab turli navlar tajribaga olinadi . 7L Pog'onali murakkab chatishtirish usulini birinchi bo'lib selek sioner olim A. P. Shexurdin yaratdi va amalda muvaffaqiyatli qo'lladi . U Saratovdagi Janubi - sharq qishloq xo'jaligi ilmiy tadqiqot institutida shu usulni qo'llab , bahori yumshoq bug'doyning « < Lutes sens - 53 / 12 » , « Albidum - 43 » , « Albidum - 24 » , « Saratovskaya - 210 » , « Saratovskaya - 29 » kabi qimmatli navlarini hamda qiltiqsiz qattiq bug'doyning bir qancha navlarini yaratdi . Bu institutda murakkab pog'onali chatishtirish asosida yaratilgan navlarning hosildorligi << Poltavka » mahalliy naviga nisbatan 40-50 % yuqoridir .Bahori bug'doyning keng tarqalgan va juda qimmatli « Sa ratovskaya - 29 » navi quyidagi sxema bo'yicha pog'onali murakkab chatishtirish yo'li bilan yaratilgan : << Beloturka >> x « Poltavka » 2130 % 11:45 TK « Lyutessens - 91 » x « Saroza » Ť « Albidum - 24 » x « Lyutessens - 55 / 11 >> « Saratovskaya - 29 » Pogʻonali chatishtirish hozirgi vaqtda jahondagi barcha mam lakatlarda bug'doy , arpa va boshqa ekinlar seleksiyasining asosiy usuli bo'lib qoldi . Shu yo'l bilan bug'doyning « Skala » , « Beloser kovskaya - 198 >> kabi navlari yaratilgan . Akademik P.P. Lukyanenko pog'onali murakkab chatishtirishni bir - biridan geografik jihatdan uzoq navlarni duragaylash asosida olib borib , kuzgi bug'doyning dunyoga mashhur bo'lgan « Bezostaya - 1 » navini yaratdi . Shu usulni akademik P.F. Garkaviy arpa seleksiyasida keng qo'llab , << Chernomores >> navini yaratdi . Seleksioner D. B. Babayev murakkab pog'onali chatishtirishdan foydalanib ( 10964x01277x2525x8981 Иx9123 - и ) ingichka tolali gʻoʻzaning eng ko'p tarqalgan « Ashxo bod - 25 » navini yaratdi . Takroriy murakkab chatishtirish . Oddiy chatishtirishdan olingan duragayni ota - ona o'simliklarining birortasi bilan qayta chatish tirishga takroriy ( bekkross ) murakkab chatishtirish deyiladi . Bunday chatishtirishning sxemasi ( AxB ) x A yoki ( AxB ) x B ko'rinishda bo'ladi . Bekkross quyidagi maqsadlarda : uzoq shakllarni duragaylashda olingan duragaylarning naslsizligini bartaraf etish va duragayda ota yoki ona o'simlikning irsiy xususiyatlarini kuchaytirish uchun qo'llaniladi . 7L Akademik S. Mirahmedov O'zbekiston Fanlar akademiyasi ning o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida bekkross cha tishtirish usuli asosida gʻoʻzaning serhosil , tezpishar , viltga chidamli « Toshkent - 1 > navini yaratdi . Buning uchun u « C - 4727 » navini « Mek sika » yarimyovvoyi g'o'zasi bilan chatishtirdi . Olingan duragay < C - 4727 » navi bilan qayta chatishtirilganda yangi nav vujudga keldi .
O'simliklar seleksiyasi va urug'chiligida , ayniqsa , geterozisli duragaylar yaratishda , chatishtirishning diallel va to'yintiruvchi xillari keng qo'llaniladi . Diallel chatishtirish qo'llanilganda chatishtirish uchun olingan navlarning har biri boshqa navlar bilan alohida - alohida chatishtiriladi . Chatishtirish uchun 5 ta ( ABVGD ) nav olingan bo'lsa , dialiel chatishtirish sxemasi quyi dagicha bo'ladi : Ax B AxV Ax G Ax D Q2130 % 11:45 TK Bx V Vx G Gx D BxG Vx D BxD Diallel chatishtirishni qo'llashdan maqsad bir qancha dura gaylarning ichidan eng kuchli geterozisli kombinatsiyalarni ajratib olishdir . To'yintiruvchi chatishtirishni duragayda biror xususiyatni hosil qilish yoki kuchaytirish uchun 5-7 yil davomida o'tkaziladi . Bu usul ayniqsa , geterozisli duragaylarni sterillik asosida yaratishda keng qo'llaniladi . Chatishtirish uchun ota va ona juftlarini tanlash Amaliy seleksiyada duragaylash yo'li bilan nav yaratish uchun , avvalo , ota - ona juftlari tanlanadi . Duragaylashning muvaffaqiyatlari ota - ona juftlarini to'g'ri tanlashga bog'liqdir . Duragaylashda ota - ona organizmlarning belgi hamda xususiyatlari ularning bo'g'imiga to'g'ri o'tavermaydi . Duragaylash doimiy oʻzgarib turuvchi tashqi muhit ta'sirida genotipning rivojlanishiga asoslangan yangi belgi va xususiyatlarga ega organizm vujudga kelishidek murakkab jarayon hisoblanadi . 7L Duragay organizm o'z ota - onasining irsiyati asosida vujudga keladi , lekin belgi hamda xususiyatlari bilan ma'lum darajada farq qiladi . Buning qonuniyatlarini tushunish uchun chatishtirish maqsadida olingan o'simliklarning belgilari muayyan sharoitda bo'g'indan bo'g'inga qanday o'tishini bilish kerak . Seleksiya ishida chatishtirish uchun ota - ona juftlarini tan lashning ko'p usullari mavjud , ulardan quyidagi to'rttasi katta ahamiyatga ega : • ekologik - geografik ; hosil elementlariga qarab ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab ; • kasallik va zararli hasharotlarga chidamliligiga qarab tanlash . Ota va ona juftlarini tanlashning ekologik - geografik usuli . Seleksiyada qo'llanib kelinayotgan ota - ona juftlarini tanlashning ekologik - geografik usulini N.I. Vavilov ishlab chiqqan , lekin amalda birinchi bo'lib I.V. Michurin qo'llagan . Agar biror zonada o'simlikning qishga chidamliligini oshirish vazifasi qoʻyilgan bo'lsa , I.V. Michurin ona sifatida sovuq iqlim sharoitida o'sgan o'simlikni , ota sifatida esa sifatli va yuqori hosil beradigan navni olishni tavsiya etadi . Chatishtirish uchun olingan oʻsimliklarning navlari uzoq vaqt davomida tabiiy hamda sun'iy tanlash ta'sirida shakllanib , ma'lum tuproq - iqlim sharoitiga moslashishi ekologik - geografik usulga asos qilib olingan . Ekologik - geografik usulning mohiyati bir - biridan geografik va ekologik jihatdan uzoq boʻlgan nav va xillarda uchray digan muhim belgi hamda xususiyatlarni bitta yangi navda kerakli nisbatda qo'shilishini ta'minlashdan iborat . Bu usulni A.P. She xurdin , P.P. Lukyanenko kabi atoqli seleksionerlar keng qo'llab , bug'doyning bir qancha plastik navlarini yaratdilar . P.P. Lukyanenko dastlabki ota - ona juftlarini to'g'ri tanlab , chatishtirishning ayrim juftlaridan olingan duragaylarning hosil dorligini 25-40 % va undan ham ko'p oshishiga erishgan . Bunday samaraga erishishning asosiy sababi chatishtirish uchun olingan ekologik jihatdan har xil navlar o'rtasida genetik turli - tumanlikning mavjudligidir . Ota - ona juftlarini tanlashning ekologik - geografik usulidan chet el seleksionerlari ham keng foydalanmoqdalar . Hosildorlik elementlariga qarab ota - ona juftlarini tanlash . Hosildorlik va mahsulotning sifati navlarga baho berishdagi asosiy ko'rsatkichlar hisoblanadi . O'ta hosildor navlarni yaratishda o'simliklarning mahsuldorligini belgilovchi turli ko'rsatkichlar , ya'ni hosildorlik elementlariga juda katta e'tibor beriladi . Hosildorlikni belgilovchi elementlar deb , o'simlikdagi hosildor ( donli ) poyalar soni , boshoqdagi don miqdori , donning yirikligi , g'o'zadagi hosil shoxlari soni , bir tupdan olingan hosil , bir oʻsimlikdagi koʻsakning soni va yirikligi , chigitning og'irligi kabi ko'rsatkichlarga aytiladi . Hosildorlik bo'yicha talabga javob bera oladigan nav yaratish uchun ona o'simligi sifatida mahalliylashtirilgan eng yaxshi navni , ota o'simlik sifatida esa mahsuldorligi yuqori bo'lgan navni olish kerak . Rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab ota - ona juftlarini tanlash . Bu usuldan tezpishar navlar yaratish seleksiyasida foydalaniladi . Tezpishar navlar qisqa muddatda mo'l va sifatli hosil berib , dehqonchilikni intensivlashtirish imkonini yaratadi , chunki hosil sovuqqa ham , qurg'oqchilikka ham qolmaydi va kamaymaydi . Tezpishar navlar yaratish uchun chatishtirilayotgan juftning bittasi rivojlanishining bir fazasi , ikkinchisi esa boshqa fazasi davomiyligi bilan farq qilishi kerak . Bunday ota - ona o'simliklarini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar o'tkaziladi va rivojlanish fazalari qisqa yangi navlar aniqlanib , ular seleksiyada foydalaniladi . Bu usul ko'pchilik ekinlar seleksiyasida qo'llaniladi . Kasallik va zararli hasharotlarga chidamliligiga qarab juft tanlash . Ekinlarning kasalliklarga va zararli hasharotlarga chidamli navlarini yaratish mo'l hosil olish hamda mahsulot sifatini oshirishni ta'minlaydi . Bu sohada seleksionerlar oldida yechilishi zarur bo'lgan katta va murakkab masalalar turibdi . Gap shundaki , o'simliklarning eng xavfli kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilar juda xilma xil bo'lganligi sababli , yangi yaratilgan har qanday nav o'zining kasalliklarga chidamlilik xususiyatlarini tez pasaytirib yuboradi . U yoki bu kasallikning bir yoki bir necha xillariga chidamli hisoblangan nav shu kasallikni qo'zg'atuvchi boshqa shakllariga mutlaqo chidamsiz bo'lishi mumkin . Shuning uchun ekinlarning barcha kasalliklariga chidamli navlar yaratish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda . Olimlarning kuzatuv ishlari natijasida ko'pgina eng xavfli kasalliklarning bir qancha irqlari aniqlangan . Masalan , barcha zang kasalligining 180 dan ortiq , shundan qo'ng'ir zang kasalligining 55 dan ko'p , sariq zang kasalligining 14 ta , buqoq qorakuyaning 8 ta , chang qorakuyaning 5 ta , fitoftoraning 12 ta , viltning 2 ta irqi borligi ma' lum boʻldi . Kasalliklarga chidamli navlar yaratishda , birinchi navbatda , mazkur kasallikka chidamlilik xususiyatiga ega boʻlgan nav va xillarni topish lozim . Bunday nav va xillarni o'sim liklarning jahon kolleksiyasidan topish mumkin . Kasalliklarning ko'pchilik fiziologik xillariga chidamli navlar yaratish uchun mazkur kasallikning turli irqlariga chidamli o'simliklar o'zaro chatishtiriladi . Olingan duragaylar ichida tanlash oʻtkazib , kerakli xususiyatlarga ega bo'lgan o'simliklar ( avlodlar ) ajratib olinadi va ular qimmatli xo'jalik - biologik belgilarga ega bo'lgan eng yaxshi navlar bilan chatishtiriladi . Shu tariqa kasallik va hasharotlarga chidamli yangi navlar yaratishga erishiladi .
O'zbekistonda genetika fanining shakllanishi va rivojlanishida
dunyoga mashhur olim akademik N. I. Vavilovning o'simliklar
genetikasi, seleksiyasi va urug'chiligi haqidagi nazariy va metodik
ilmiy tadqiqot ishlarining natijasi katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Ayniqsa, uning madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari
haqidagi ta'limoti hamda N. I. Vavilov va uning hamkasblari
tomonidan sobiq ittifoqda dunyoda eng boy o'simliklar genofondidan
iborat madaniy 0' simliklar va ularning yovvoyi ajdodlarining dunyo
kolleksiyasining yaratilishi O'zbekistonda madaniy o'simliklar
genetikasi va seleksiyasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni
rivojlantirish uchun asos bo'ldi.
O'zbckistonda genetika fanining aksariyat yo'nalishlari bO'yicha ilmiy
tadqiqot ishlarining hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning
samarali bo'lishida O'zbekistonda ko'p yillar ishlagan mashhur olimlar -
akademiklar B. L. Astaurov, V. A. Strunnikov hamda rossiyalik olimlar -
akademiklar N. P. Dubinin, V. A. Shumniy, professorlar - M. E. Lobashev
va D. V. Ter-Avanesyanlarning xizmati katta bo'ldi.
O'zbekistonda madaniy o'simliklar dunyo kolleksiyasini yaratish va
boyitish sohasidagi ishlar - O'zbekiston o'simlikshunoslik, O'zbekiston
FA ning Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi, O'zbekiston
G'o'za seleksiyasi va urug'chiligi institutlarida olib borilmoqda.
r-' O'zbekistonda madaniy o'simliklar genofondi kolleksiyasini yaratishda atoqli olimlar N. I. Vavilov, D. V. Ter-Avanesyan, G. S. Zaysev,
F. M. Mauer, N. N. Konstantinov va A. A. Abdullayevlarning xizmati
katta bo'ldi.
Hozirgi vaqtda g'o'za genofondini fundamental tadqiq qilish va uning
takomillashgan sistematikasini yaratish sohasidagi ilmiy ishlar akademik
A. A. Abdullayev va uning shogirdlari (S. M. Rizayeva, M. A. Axmedov,
R. D. Dariyev, R. Sh. Shodmonov, X. S. Saydaliyev) tomonidan amalga
oshirilmoqda. Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan
ekspedisiyalar natijasida g'o'za genofondi kolleksiyasi boyitildi, sifati
ko'tarildi. Bu kolleksiyada yig'ib o'rganilgan g'o'za yovvoyi turlari
50 ga yaqinlashib qoldi. Bunday kolleksiya dunyoda birinchi o'rinni
egallaydi. G'o'za o'simligining yovvoyi va madaniy turlarining kelib
chiqishi, evolutsiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy
tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g'o'za turlarining morfobiologik, sitogenetik va gcnctik dalillarga asoslangan yangi
sistematikasi asoslari yaratildi.
O'zbekiston G'o'za seleksiyasi va urug'chiligi institutidagi g'o'za
kolleksiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, O'zbekiston
FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida
g'o'zaning 6500 nay va narnunalari bor. O'simlikshunoslik institutida
yaratilgan madaniy o'simliklarning dunyo kolleksiyasi tarkibida 80 turdan
ortiq ekinlarning 30000 dan ko'proq nay va namunalari, g'o'zaning 5400
dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o'simliklarning
dunyo kolleksiyasi genofondi O'zbekistonda o'simliklar genetikasi,
seleksiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik
tadqiqotlarni rivojlantirish uchun boshlang'ich material sifatida katta
aharniyatga ega.
O'zbekistonda g'o'za genetikasi va seleksiyasining barpo etilishi
va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G. S. Zaysev, S. S. Kanash,
A. A. Avtonomov, L. V. Rurnshevich, L. G. Arutyunova, V. I. Kokuyev,
K. A. Visoskiy, B. P. Straumal, S. S. Sodiqov, A. D. Dadabayev,
Sh. I. Ibragimov, A. A. Abdullayev, D. A. Musayev, S. M. Mirahmedov,
N. N. Nazirov, A. E. Egamberdiyev, O. J. Jalilovlarning nomlari bilan
bog'liq. Ular g'o'zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja
turlarni duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo'llashning
nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib, g'o'za seleksiyasining
samaradorligini oshirib, qator o'rta va ingichka tolali navlarni yaratdilar.
Bu navlarni amaliyotda qo'llash natijasida sobiq ittifoqda ekilayotgan
navlarning o'rniga yuqori sarnarali navlar ekib almashtirishlar o'tkazildi.
382
Mustaqillik davrida nay almashtirish jarayoni samarali amalga
oshirilmoqda. 1922-yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta
nay almashtirish o'tkazildi.
Har vaqtning o'ziga xos biogeosenoz xususiyatlari namoyon
bo'lishligi cvaziga seleksiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga
ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib seleksioner yaqin
kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo'lgan navlarning genmanbalariga ega
bo'lgan seleksion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu
strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan YO'nalishda mavjud bo'lgan
boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G'o'za
seleksiyasi va urug'chiligi institutida A. B. Amanturdiyev rahbarligida
keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda
yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini
,) egallab turibdi.
O'simliklar genctikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan
ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlarning samaradorligi genetik tahlil
uchun olinadigan biologik obyektning irsiy tozaligiga bog'liq, Ma'lumki,
g'o'za o'simligi to'liq o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik bo'lmasdan,
ma'lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu
o'simlikning navlari va namunalari ma'lum darajada geterozigotali va
geterogcn bo'ladi. Shu tufayli ham akademik N. I. Vavilovning fikriga
ko'ra, g'o'za genetikasi bO'yicha ilmiy tadqiqotlar qilish uchun dastavval
uning gomozigotali belgilariga ega bo'lgan genetik kolleksiyasini yaratish
zarur. Bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari O'zbekiston Milliy universitetida
keyingi 50 yil davomida D. A. Musayev va uning shogirdlari va
xodimlari (M. F. Abzalov, A. S. Almatov, S. A. Zakirov, Sh. Turabekov,
S. T. Musayeva, G. N. Fatxullayeva, H. Xolmatov va boshqalar)
tomonidan olib borildi va borilmoqda.
O'zbekistonda ko'p yillik amalga oshirilgan fundamental genetik
tadqiqotlar natijasida g'o'zaning tola hosildorligining irsiylanishini
belgilovchi genlar kashf etildi va ulaming funksiyasi aniqlandi.
Olingan dalillarga asoslanib, tola hosildorligi (tola chiqishi) ning
genetik determinatsiyasi haqida yangi nazariya yaratildi. Bu nazariyaga
binoan tola hosildorligini rivojlantirishda allel bo'lmagan ko'p genlar
ishtirok etib, ularning faoliyatida bir vaqtning o'zida polimeriya,
komplemcntariya, dominant va retsessiv epistaz, pleyotropiya
tipidagi genlarning o'zaro ta'siri tola hosildorligining irsiylanishi va
rivojlanishini ta'min etadi. Bu nazariyaga asoslanib, 40 yildan ortiq
vaqt ichida izogen (gomozigotali) liniyalar duragaylari avlodlarini
genetik tahlil qilish natijasida bu muhim belgi bo'yieha har xiI
gomozigotali genotipga va altcrnativ fenotipga ega bo'lgan, dunyoda
tengi yo'q izogen liniyalar kolleksiyasi yaratildi. Bu mutant va izogen
gcnkolleksiya liniyalari duragay avlodlarida ko'p yillik tanlash va
baholash sohasidagi tadqiqotlar natijasida seleksiya uehun katta
ahamiyatga ega bo'lgan tola ehiqishi 40-42%, ehigiti yirik (1000 ta
ehigit og'irligi 150 g), ko'sagi yirik (bir dona ko'sakdagi paxta xom
ashyosi 8-9 gr) bo'lgan liniyalar yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |