598
«Молодой учёный» . № 21 (259) . Май 2019 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
Ammo raqobatbardosh bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab
chiqarish jarayonida ular ma’lum texnologik qiyinchiliklarga
duch kelishlari ham tabiiiy holdir.
Ushbu maqolaning asosiy maqsadi-bo‘yalgan plastmassa
buyumlar ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin
bo‘lgan ba’zi-bir muammolar echimini topishga ilmiy
asoslangan amaliy maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar berishdan
iborat.
Umuman olganda, plastmassa buyumlarining tizimi va
xossalarini kerakli darajada modifikatsiyalash, ya’ni bo‘yalgan,
ishga chidamli, sifatli, mustahkam va raqobatbardosh buyumlar
olish plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasining o‘ta
muhim va o‘z echimini kutayotgan muammolaridan biri
hisoblanadi.
Odatda, plastmassa negizini shishasimon amorf yoki
qisman kristallangan polimer materiali tashkil etadi. Kimyoviy
tarkibi, tuzilishi va kristallik darajasiga qarab, polimer
materiallari xiraroq, tiniq, oq rangli, rangsiz yoki turli ranglar
(sariq, ko‘k, qizil, qora va boshqa ranglar) ga bo‘yalgan
bo‘lishlari mumkin. Plastmassalarning turli ranglarga
bo‘yalish qobiliyatlari ularning tabiatiga, kimyoviy tarkibiga,
tizimi va tuzilishiga va, eng muhimi qayta ishlash usuliga
bog‘liqdir. Aynan mana shu qobiliyatlari tufayli plastmassa
buyumlaridan xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yanada
kengroq qo‘llanishga sabab bo‘ldi.
Polimer materiali tarkibiga bo‘yatgichlarning miqdori
0,01–2,0 % mas.
ni tashkil etishi mumkin, chunki ularning
miqdori oshganda, buyumning elektrik va mexanik xossalari
o‘zgarib ketishi mumkin.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, organik pigmentlarning
asosiy afzalliklari-bo‘yash muhitida erimasligidir. Organik
pigmentlar guruhiga asosan polimerda erimaydigan va
murakkab kimyoviy tizimga ega bo‘lgan organik moddalar
(ftalotsianin, azotsiklik, politsiklik, dioksazin pigmentlar,
shuningdek loklar va suvli eritmalardan cho‘ktirib
olingan bo‘yatgichlar) kiradi. Ular polimer hajmiga
yaxshi tarqalsalarda, kamchiliklardan xoli emas: ularning
asosiy kamchiligi-anorganik pigmentlarga nisbatan
issiqqa chidamsizligi va buyum tarkibidan siljib chiqish
qobiliyatlarining yuqoriligidir.
Poliolefinlar (PE, PP va ular asosida olinadigan
kompozitsiyalar) ni bo‘yash uchun, ayniqsa ulardan bo‘yalgan
kabel izolyasiyalari va pardalar olish uchun, quyi molekulyar
PE dan qo‘llaniladi. CHiqarib oluvchi qoliplarda bo‘yash
usuli bo‘yatgichlarni polimer materiali tarkibiga yaxshiroq
taqsimlanishiga va bo‘yash jadalligini oshirishga imkon beradi.
Anorganik pigmentlar guruhiga turli tabiiy va sun’iy (sintez
qilish yo‘li bilan olinadigan) oksidlar va metall tuzlari kiradi.
Ular, odatda, issiqlik va yorug‘lik ta’sirida chidamli va kimyoviy
muhitlarda barqaror bo‘ladi. Plastmassa ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan bo‘yovchi moddalarning 80 % ni anorganik
pigmentlar tashkil etmoqda.
Bo‘yalgan plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda
muhandis-texnologlarni o‘ylantirib qo‘yadigan asosiy
muammolardan biri-buyumni bo‘yash usulini to‘g‘ri tanlab
olish muammosidir. Polimer materiallarini quyidagi usullarda
bo‘yash mumkin:
1. Polimerni sintez qilish jarayonida reaksiya kechadigan
muhitga bo‘yatgichni kiritib, bo‘yalgan polimer kukunlar
olish usuli.
2. Polimerni quruq bo‘yash usuli.
3. Polimerni suyuqlanmada bo‘yash usuli.
4. Tayyor buyumni bo‘yatgich eritmasida saqlab, buyum
sirtlarini bo‘yash usuli.
Plastmassa granulalarini bo‘yash uchun bo‘yashning
«quruq» usulidan qo‘llaniladi, ya’ni qayta ishlashdan oldin
aralashtirgichda granulalar yuklanib, bo‘yatgich kukunlari
bilan aralashtiriladi. Aralashtirgich barabanining aylanish
chastotasi 40–60 ayl/daq. ni tashkil etishi mumkin. Bunda
elektrostatik zaryadlar paydo bo‘lib, bo‘yatgich zarrachalari
granulalar sirtida bir tekis taqsimlanadi. Ko‘pincha granulalar
sirtida bo‘yatgichning yaxshiroq adgeziyalanishi (yopishib
olinishi) uchun polimer tarkibiga maxsus yordamchi
qo‘shilmalar (masalan, past haroratlarda suyuqlanuvchi
parafinsimon moddalar) dan kiritiladi. Bo‘yatgichning polimer
hajmiga yaxshiroq taqsimlanishi uchun granulalar bo‘yatgich
bilan aralashtirilgandan so‘ng, kompozitsiya ekstruziyalanadi
va olingan ekstrudat qayta granulalanadi.
SHuni ham unutmaslik kerakki, quruq bo‘yash usulida
plastmassa granulalarini bo‘yatgich kukunlari bilan
aralashtirish jarayoniga, pudralash deyiladi. Pudralash
bo‘yalgan plastmassa buyumlar olish jarayonining tayyorlov
bosqichi bo‘lib, uni amalga oshirishdan asosiy maqsad-polimer
hajmida bo‘yatgichni bir tekis taqsimlanishiga erishishdan
iborat.
Suyuqlanmada bo‘yash usuli qayta ishlash qurilmalarida
(masalan, ekstruderlarda, shnekli mashinalarda) amalga
oshiriladi. Bunda bo‘yatgich va granulalar siljish kuchlanishi
va deformatsiyasi ta’sirida aralashtiriladi. Natijada bo‘yatgich
polimer hajmida bir tekis taqsimlanadi. Ushbu bo‘yash usuli
plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasida katta amaliy
ahamiyatga molik bo‘lib, uning negizini komponentlarni
me’yorlash tashkil etadi.
Plastmassa buyumlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash
usullaridan biri-tashqi yuzalariga ranglovchi bo‘yoqlarni
etkazish usuli hisoblanadi. Buyum yuzalarini bo‘yash, unga
turli rasm va naqshlarni bosish, aplikatsiyalash, dekalkomaniya
usullari yordamida buyum yuzalariga turli rangli chizmalarni
etkazish mumkin. Bunda buyumni dekorativ buyumga va
badiiy san’at asariga aylantirish mumkin. Misol tariqasida
plastmassalardan ishlab chiqarilgan shaxmat donalarini
ko‘rsatish mumkin. Ayniqsa, buyum yuzalariga etkazilgan
lok yoki bo‘yoq uni turli tashqi omillardan va atrof-muhitning
zararli ta’siridan muhofaza qilish imkonini beradi.
SHuni ham inobatga olish kerakki, bo‘yash jarayonining
samarali kechishi, buyumni kerakli rangga bo‘yash va
yuzalarida nuqsonlar bo‘lmasligini ta’minlash uchun, avvalo,
polimer materiali qayta ishlashdan oldin quritiladi. Polimer
materialini yakka tartibda, ya’ni alohida quritish mumkin.
Ammo qayta ishlashdan oldin konsentratni quritish kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |