601
“Young Scientist” . # 21 (259) . May 2019
Young Scientist O’zbekiston
Young Scientist O’zbekiston
Shuningdek, o‘z tadqiqotida masalali-faoliyatli modelda
ta’lim mazmuni uch darajada:
— tayanch kompetentlik (o‘quv rejasidagi barcha blok
fanlari uchun);
— fanlararo kompetentlik (o‘quv rejasidagi bir blok fanlari
to‘plami uchun);
— predmet doirasidagi kompetentlik (o‘quv rejasidagi bir
fan yuzasidan) shaklida keltirilgan [10, b. 127].
Kompetentlik uch muhim omil bilan bog‘liq bo‘lgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishni nazarda
tutadi:
— boshqa odamlar bilan munosabatlar madaniyatini;
— o‘z faoliyat sohasi haqida axborot olish ko‘nikmasini;
— o‘quv axborotini boshqalarga berish ko‘nikmasini.
Shunday qilib, professional-pedagogik kompetentlik
quyidagi asosiy komponentlar bilan tavsiflanadi:
— shaxsiy-insoniy mo‘ljal;
— pedagogik jarayonni tizimli idrok etish;
— o‘z faoliyati sohasida mo‘ljal ola bilish;
— pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirganlik.
Hozirgi paytda oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchisidan
talab qilinadigan kompetentlik quyidagi turlarga ajratiladi:
— professor-o‘qituvchi tomonidan o‘z bilimini
muntazam ravishda boyitib borish, egallagan
malakalarini takomillashtirishga tayyor bo‘lish, zamon
yangiliklaridan boxabar bo‘lish;
— ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya, informatsion
texnologiyalari va o‘qitish vositalarining barcha turini
qo‘llay olish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish;
— anglangan va mustaqil faoliyat (mustakil fikr, maqsad
qo‘yish, o‘quv adabiyoti va qo‘shimcha manbalardan
to‘g‘ri foydalana olish);
— tashabbuskorlikda o‘z harakatlari uchun javobgarlikni
his qila olish;
— tanqidiy fikr yurita olish va dars jarayonida yuzaga
kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal eta olish;
— hamkorlik, o‘zaro bir-birini tushunish, empatiya
bildirish, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan
pedagogik muloqotni o‘rnata olish;
— chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo‘lish.
Hozirgi zamon oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchisining
kasbiy bilimdonligi va kobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi:
Ijtimoiy bilimdonlik — dars mobaynida auditoriya bilan
samarali o‘zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar
bilan til topish va sog‘lom ma’naviy muhitni hosil qila olish
qobiliyati.
Uslubiy bilimdonlik — barcha bilimlarini, ko‘rgan-
kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi,
ta’lim texnologiyasi va metodlaridan samarali foydalanishi.
Ixtisoslik bilimdonligi
—
o‘z fani va predmeti sohasi
bo‘yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlarga
ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati.
Bugungi talaba ilmga, yangiliklarga bo‘lgan kuchli
qiziqishi, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari yangiliklaridan boxabarligi sababli anchagina
ma’lumotlarga ega, uning extiyojlar tizimini, o‘qituvchiga
bo‘lgan talab-takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina
pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
Adabiyotlar:
1. О‘zbekiston Reyespublikasi Prezidentining «О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar
strategiyasi tо‘g‘risida»gi Farmoni. // О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari tо‘plami. — Toshkent: 2017.
2. Mirziyoyev SH. M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish — xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir // О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasi. Xalq sо‘zi. 2017 yil
4 avgust.
3. Ahmedov F. E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. — Toshkent: Aloqachi, 2008. — 424 b.
4. Aliyev I. T. Pedagogning kasbiy kompetentligi // Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik
kompetentligini rivojlantirish muammolari va istiqbollari: Resp. ilmiy-amaliy anjumani materiallari. — Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. — 444 b.
5. Hamidova Sh. S. Estrada teatri va uning janrlari. — Toshkent: 2009. — 75 b.
6. John W. Kirk, Ralph A. Bellas. The art of Directing. USA, Coloforniya, 1985.
7. Mannopov J., Xolmatova A. Kasb ta’limi о‘qituvchisining mustaqil pedagogik faoliyat yurita olish kompetentligini
shakllantirish // Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish muammolari
va istiqbollari: Resp. ilmiy-amaliy anjumani materiallari. — Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. — 444 b.
8. Muslimov N. A. Bо‘lajak kasb ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish // Uzluksiz ta’lim tizimida
о‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish muammolari va istiqbollari: Resp. ilmiy-amaliy anjumani
materiallari. — Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013. — 444 b.
9. Muslimov N. A. Kasb ta’limi о‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Dis… ped.f.d. —
Toshkent, 2007. — 349 b.
10. Pedagogikadan atamalar lug‘ati. — Toshkent: Fan, 2008. — 196 b.
11. Qodirov M. X. O‘zbek teatri tarixi. — Toshkent: Ijod dunyosi, 2003. — 240 b.
12. Sayfullaev B. S., Mamatqosimov J. A. Aktyorlik mahorati. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. — 388 b.
13. Stanislavskiy K. S. Aktyorning o‘z ustida ishlashi. — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. — 468 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |