Charm buyumlari badiiy loyixalash asoslari fanga kirish. 1-mavzu. Charm buyumlarini badiiy loyixalash rivojlanishining umumiy tarzi. Reja


Kiyim - odam tanasiga kiyiladigan buyumlar majmuasi (ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim va hokazo). Libos bichimi



Download 27,85 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi27,85 Kb.
#91130
1   2
Bog'liq
1-МАРУЗА

Kiyim - odam tanasiga kiyiladigan buyumlar majmuasi (ichki kiyim, ustki kiyim, bosh kiyim va hokazo).

Libos bichimi – bu libosning muayyan konfiguratsiya va razmerga ega bo`lgan detallarga bo`linishi.

Libosning sirti gorizontal chiziqlar bilan bo`linishiga bog`liq holda gorizontal chiziqlar bilan bo`linmagan (yaxlit bichilgan) va gorizontal chiziqlar bilan bo`lingan (koketkali, bel chizig`ida qirqma) bichimlar farqlanadi (4-rasm).

Muayyan davr mobaynida har bir bichim o`ziga xos joylashgan bo`linish chiziqlarga va shaklga ega. Bunday variantlar tipik bichimlar deyiladi.

Libos kishilik jamiyati rivojlanishining ilk bosqichlarida paydo bo`lgan. Hayvonlar terisi, baliq ichaklari, o`simliklar va hokazolar libos uchun material bo`lgan.

Libosning tarixiy rivojlanishiga, uning o`zgarishiga uslub va moda sabab bo`ladi.

Uslub – jamiyat moddiy va mahnaviy madaniyatdagi muhim va harakterli belgilar qiyofali tizimsi ijodiy printsiplarining tarixan tarkib topgan bir qadar barqaror mushtarakligidir. Uslub – bu davrning badiiy tili, uning badiiy harakteristikasi. Davr o`ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bilan belgilanadi.

Har bir davrning o`ziga xos badiiy uslubi bo`ladi. Bu jamiyat hayotidagi muhim omillarni aks ettiradi. Har qaysi tarixiy davr o`zi uchun harakterli shakllarni tanlar, insonning mahlum darajada libosda o`z ifodasini topgan muayyan estetik idealini o`ziga bo`ysundirar edi.

Kiyim – bu materiallarning odam tanasidagi qobiq tizimi bo`lib, tanani iqlim tahsiridan saqlaydi va odamning o`ziga xos bahzi xususiyatlarini namoyon qiladi.

Libos – bu kiyim qismlarining muayyan qiyofali – badiiy tizim bo`lib uning qismlari insonning shaxsiy qiyofasini yoki ijtimoiy guruhni tavsiflovchi, qaror topgan printsiplarga asosan yaratilgan, muayyan tarixiy bosqichda erishilgan mahlum texnik, ilmiy va madaniy yutuqlarni aks ettiruvchi kiyinish tarzidir.

«Model» so`zi libosga nisbatan qilib aytganda ko`rinishi, shakli, materiali, bezagi yoki boshqa sifatlari yangicha bo`lgan libos namunasini bildiradi.

Bir nomli libos gruppasidagi shakl, bichiq va boshqa xususiyatlar farqini fason deyiladi. Fason libos modelining o`ziga xos xususiyatlari yig`indisini bildiradi.

Kollektsiya(to`plam) – qiyofali yechimi, uslubi, konstruktsiyasi, shakli va materiallar strukturasining yagonaligi asosida qurilgan, vazifasi turlicha bo`lgan modellar seriyasi.

Poyabzalni konstruktsiyalash eng oddiy formada qadim zamonda paydo bo`lgan. Jamiyat o`sishi bilan birga poyabzalga bo`lgan talab oshadi, ishlab chiqarish rivojlanadi va atrof bilan uzviy bog`langan, ularning atrof-muhitga moslanishi, o`zining badanini atrof-muhitning salbiy tHsiridan – sovuqdan, namdan, issiq kundan, kuchli toshlardan, suqiladigan o`simliklardan va boshqa narsalardan himoyalaydigan talabi natijasida paydo bo`lgan. Ibtidoiy odamlarning poyabzali bo`lib hayvonlarning orqa oyog`idan sug`urib olingan bir parcha teri xizmat qilgan. Keyinchalik bu terini ikkiga, uchga va bir necha detallarga bo`lib o`simlik shoxlari va ildizlari bilan yoki teridan kerakli o`lchamda tasma olib ularni mustahkam qilib tikkanlar. SHunday qilib, eng oddiygina konstruktsiyalash amalga oshirilgan. Asta-sekin oyoq konstruktsiyasi kamol topadi, poyabzalning pastki qismi tez eyilib yirtilgan va odamlar poyabzalning pasti yeyilib ketmasligi uchun qo`shimcha bir necha bo`lak charm qo`yishgan. Natijada tagcharm paydo bo`lgan.

Poyabzalning orqa qismi eng ko`p yeyiladi. Poshnasiz poyabzalda odam o`zini etarlicha barqaror his qilmaydi. Tagcharmning orqa qismiga yangi teri qo`yib materiallar qatlamini hosil qiladilar, poshna shunday paydo bo`ladi. Bu tagcharm o`rta qismini maxsus detal bilan mustahkamlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu detal gelenok deb ataladi.

Poyabzalni tayyorlayotganlarida uning konstruktsiyasini o`sha erda yashayotgan xalqlarining, jo`g`rofiy zonaning iqlimi sharoiti bilan bog`laganlar. Poyabzalning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining turmush tarzi, yashaydigan iqlim sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy farovonligi to`g`risida fikr yuritish mumkin. Havoning harorati deyarli noldan past bo`lmaydigan janubiy mamlakatlarga poyabzal oyoqni beixtiyor shikastlanishdan himoya kilish uchun xizmat qilgan. Bunday poyabzal tagcharmdan iborat bo`lib, tovoni tasmacha bilan mahkamlangan. Issiq va sovuq qorli qish bilan almashinib turiladigan mo`tadil iqlimli odamlar oyog`ining ayrim qismlarini emas, balki hamma joyini himoya qilishiga to`g`ri keladi va insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida poyabzalning biz hozir kiyib yuradigan tufli, qo`njsiz botinka, botinkalarning timsoli paydo bo`lgan. SHulardan eng oddiysi - porshen (morshen) yangi eraning 1-1000 yilligida Ovro`po va Rusiyadagi odamlar foydalanishgan, janubiy va sharqiy mamlakatlarda esa bizning eramizdan 4000 yil oldin morshen kiyishgan.

Yoz juda issiq, qish juda uzun bo`ladigan, qor uzoq vaqt er yuzini qoplab turadigan joylarda poyabzalning asosiy turi etik bo`lgan, yahni uzun qo`njli issik chipta xalta ko`rinishidagi poyabzal, xalqlar bunaqa poyabzalni hozir ham ayniqsa shimoliy o`lkalarda kiyishadi. Tosh va bronza asrida poyabzal asosan birta detaldan tayyorlangan. Oyoqni qandaydir darajada qoplab oladigan forma hosil qilish uchun tekis detalni bo`lganlar va atroflarini o`sha charmning o`zidan tasmalar bilan qo`pol qilib biriktirilgan. Dunyoning barcha mamlakatlarida shu ko`rinishda poyabzal tayyorlash boshlanadi.

Qozog`istonda va qorli Oltoyda etik ishlab chiqarish uchun tovonsiz paypoqqa o`xshash uzun kigizdan xalta keng qo`llanilgan. Oyoqqa kiyganda etik shaklini olgan va uni to`g`ri burchak ostida boldirga qayirganlar, qorli Oltoy xalqlari bunday xaltani bir burda charmdan qilganlar.

Qadimda er yuzining barcha joyida poyabzal go`shtparda va yungi olingan qo`pol ishlangan charmdan tayyorlangan. Bunaqa poyabzalda yurganda va chopganda hosil bo`lgan qo`pol burmalar tovonga shikast etkazmasligi uchun yumshoq o`simlik bilan o`raganlar. Keyinchalik bu burmalarni kesib olishgan, hosil bo`lgan yoriq chekkalarini tikkanlar, yahni endi shu tariqa oyoqning shakliga yaqin poyabzal shaklini hosil kilganlar. Bir bulak charmdan tayyorlanagan poyabzal kiyilganda ustki qismdagi ko`p qayriladigan, yahni burmalarda va hammasidan ilgari pastga erga tegib turadigan qismi ishqalanib teshilgan. Poyabzalning yeyilmagan qismidan foydalanish uchun qadimdan unga yamoq qo`yishgan. Pastki qismiga alohida qo`yishgan. SHunday qilib, bora-bora poyabzalning usti va osti alohida bo`lgan. Bu bo`linish poyabzal konstruktsiyasida, uni tayyorlashda revolyutsion sakrash bo`lgan, chunki har bir detal uchun har xil material ishlatishga imkon bergan. Bundan keyingi poyabzal konstruktsiyasini kamol toptirish poyabzal shaklini oyoq shakliga yaqinlashtirishga bog`liq bo`lib, materialni yana ham tejashga, poyabzal tashqi ko`rinishini yaxshilashga qaratilgan.

G`arbiy Ovro`poda Sharqiy Ovro`podan farqli o`laroq qadimgi asrlarda poyabzal, yahni tayyorlashda qolipga patakni mahkamlashgan. Keyin tanovorni qolipga tortishgan. Ana undan so`ng tagcharm va poshnani qoqishgan. Ustlikning patakka qayirib o`raladigan qismi keyinchalik poyabzalning cho`ziladigan chekkasiga aylanadi. Patak va cho`ziladigan chekkani paydo bo`lishi hozirgi kungacha saqlanib kelingan o`ziga xos texnologiyani yaratadi.

O`rta asrlarda Ovro`poda uzunchoq uchli poyabzal va poyabzal pastiga poydan himoya qiladigan yog`och qoplagich keng tarqalgan.



Poyabzal konstruktsiyasining umumiy o`sishi 18-asrdan Ovro`poning barcha mamlakatlarida bitta yo`ldan boradi.

19-asrning o`rtalarida poyabzal ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish boshlanadi. Avval tagcharm va patakni kesadigan mashina paydo bo`ladi. Bular oddiygina vintli press bo`lib, ulardan charm detallarni pichoq yordamida kesishgan. Poyabzalning konstruktsiyasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga tikuv mashinasining yaratilishi va qo`llanilishi katta tahsir ko`rsatdi. So`nggi yillarda poyabzal konstruktsiyasiga sunhiy materiallarning qo`llanilishi ayniqsa katta tahsir ko`rsatdi. Rezina ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi shakllangan yaxlit taglik paydo bo`lishiga olib keldi. Bundan taglik o`zida tagcharm, poshna, prostilka va gelenokni birlashtiradi. SHakllangan taglik ishlab chiqarishdan mexanikaviy, kimyoviy, fizikaviy ishlov berishni chiqarib tashladi.
Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish