Iqtiboslar Shunday kitoblar bo‘ladiki, ularning muqovasidan boshqa yaxshi tomoni bo‘lmaydi;
Yerga shu kungacha yog‘gan yoki yog‘adigan yomg‘ir boshqa birovning ichidagi olovni o‘chira olmaydi;
Yepiskopdan kiyimini tortib oling, diniy ulamoning bosh kiyimini olib qo‘ying – shunda ular kim bo‘ladi? Odamlar. Oddiy odamlar! Ba’zida qadr-qimmat va hatto muqaddaslik shunchaki kiyim-kechakka bog‘liq xolos;
Rassomlar xonimlarni asliga qaraganda chiroyliroq qilib chizadi, aks holda ular buyurtmasiz qoladi.
“Oliver Tvist” filmidan kadr
Qiziqarli faktlar - Dikkens juda irimchi odam edi. U hamma narsaga uch marta teginardi – omad keltiradi deb; juma kunini baxtli kun deb hisoblardi; navbatdagi romanining oxirgi qismi chiqqan kuni u albatta Londonni tark etardi;
- Dikkens kitob yozayotganida har 50 satrdan keyin bir stakan issiq suv ichardi;
- Yozuvchi yodgorliklardan nafratlangan. Adibning vasiyatiga binoan uning sharafiga haykal o‘rnatilishi taqiqlangan;
- Har doim shimol tomonga qarab uxlar edi. U buyuk asarlarini yozayotganda ham shimolga qarab o‘tirardi.