Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
II.Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III.Darsning usuli: . Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV.Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
Soqchi va uning majburiyatlari
Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat:
uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida;
uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisiga bo‘ysunishida;
xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida;
Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. Faqat qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi va soqchi bo‘ysunadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. Qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy
jihatdan o‘z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi o‘z vzvodi (batareya) yoki batalyoni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qorovul postni qabul qilib olishdan oldin tarqatuvchi (qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi) va navbatchi topshirayotgan soqchi bilan shaxsiy tabel raqami bo‘yicha qo‘riqlashga qabul qilinayotgan barcha narsaning mavjudligini tekshirishi; bandilarni qo‘riqlashi uchun — postda turayotgan paytda esa qulflar, panjaralarning holatini va kameralarda saqlanayotgan bandilarning sonini tekshirishi kerak.
Soqchi quyidagilarga majburdir:
o‘z postini sergaklik bilan qo‘riqlashga va tik turgancha himoya qilishga;
sergak himoya qilishga, hech narsaga chalg‘imaslikka, qurolini qo‘ldan qo‘ymaslikka va hech kimga, hatto o‘zi bo‘ysunadigan shaxslarga ham bermaslikka;
ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib, postga keladigan yo‘llarni, to‘siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida ko‘rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib turishga;
navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug‘ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka (postni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi);
postda doimo o‘qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo‘lib turishga;
post raqamida ko‘rsatilgan va maxfiy chegara ko‘rsatkichlari bilan ajratilgan joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va o‘zining tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo‘ymaslikka;
qorovul transporti vositalari harakat yo‘nalishini va tanishish, shuningdek, uning tanitish belgi va signallarini bilishga;
postda o‘t o‘chirish vositasini ishlata olishi;
obyekt (post) to‘siqlarida biror buzilgan joy, o‘z posti yaqinida yoki qo‘shni postda tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig‘ini chaqirishga;
qo‘riqchi itning hurganini eshitgan zahoti, bu haqda qorovulxonaga xabar beradi.
Soqchi postda nayza ulangan qurol bilan turishi kerak. Buklanadigan qo‘ndoqli avtomat nayzasiz bo‘ladi (uning pichoq nayzasi kamardagi qinda turadi); tunda tik turib otishga tayyor turgan holda; kunduzi — «tasma yelkaga» yoki tik turib otishga turgan holda ichki postlarda va harbiy qism Jangovar bayroq qo‘riqlanayotgan postda yog‘och qo‘ndoqli avtomat «tasma-yelkaga», buklanadigan qo‘ndoqli avtomat «ko‘krakka», karabin «oyoqqa» holatida ushlanishi lozim; o‘q to‘ldirilgan o‘qdon (oboyma) solingan sumka tugmalangan bo‘lishi lozim. Yong‘inni o‘chirish yoki tabiiy ofat oqibatlarini tugatish paytida soqchiga qurolni «qurol orqaga» holatida olib yurishga ruxsat etiladi . Soqchiga quyidagilar taqiqlanadi: uxlash, o‘tirish, biror narsaga enkayish, yozish, o‘qish, kuylash, gaplashish, yeyish, ichish, chekish, tabiiy ehtiyojlarga borish, kimligidan qat’i nazar, birovga biror narsa berish va birovdan biror narsa olish, keraksiz paytda patronnikka patronni jo‘natish. Soqchi faqat qorovul boshlig‘ining, uning yordamchisining, o‘z tarqatuvchisining va tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishi kerak.
Òashqi postlarda: kunduzi — «kamarga» holatida yoxud qurolni tik turib o‘q uzishga
tayyorlash holatida; kechasi — qurolni tik turib o‘q uzishga tayyorlash holatida
Do'stlaringiz bilan baham: |