Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv fani O‘zbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tashkil etilib, olib boriladi



Download 4,96 Mb.
bet14/145
Sana22.07.2022
Hajmi4,96 Mb.
#837778
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
Bog'liq
10-синф

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:


IX.Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonun bilan,harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
 kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) uchun — qirq besh yosh;
 kichik ofitserlar uchun — qirq uch yosh;
 katta ofitserlar uchun — qirq besh yosh, polkovniklar (birinchi darajadagi kapitanlar) uchun — ellik yosh;
 general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — ellik besh yosh; general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun —oltmish yosh etib belgilanadi;
ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek, yuksak kasbiy tayyorgarligi, egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan,salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlari tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:
 harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;
 kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirganlar uchun harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
 harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek, vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun— tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun hisoblanadi.
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishining tugashi hisoblanadi.
Quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:
 statsionar davolanishda bo‘lsa;
 homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;
 bedarak yo‘qolgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan, deb topilguniga yoki vafot etgan, deb e’lon qilinguniga qadar,shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
1) harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatda bo‘lishi belgilangan yosh chegarasiga yetganida;
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda;
3) kontrakt muddati tugaganda;
4) shtatlar qisqarganda yoki boshqa tashkiliy-shtat chora-tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish imkoniyati bo‘lmay qolganda;
5) salomatligiga ko‘ra, uni harbiy-tibbiy komissiya harbiy xizmatga yaroqsiz,deb topganligi munosabati bilan;
6) qonun hujjatlariga muvofiq, taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra, kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
7) harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilganligi munosabati bilan;
8) xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganda;
9) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lishi munosabati bilan;
10) harbiy xizmatchi harbiy unvonidan mahrum etilishi munosabati bilan;
11) sud hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatiladi, harbiy xizmatdan bo‘shatilishi paytida rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilgan harbiy xizmatchilar esa, iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish