VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
IX.Yangi mavzu bayoni:
Joyda oriyentirlanish — bu ufq tomoniga nisbatan o‘zining o‘rnashgan joyini, joylanish holatini aniqlashda, joy predmetlarini ajratib va aniq izchil ko‘rsatilgan yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish. Ko‘rinish holati chegaralangan, notanish bo‘lgan o‘rmon joylarda, jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda, bilimdonlik va epchil harakatlar qilish, joyni aniq oriyentirlash talab qilinadi. Joyda oriyentirlashni topografik xaritalar yordamida va xaritasiz amalga oshirsa bo‘ladi. Joyni xaritasiz mo‘ljalga olishda, odatda, ufq tomonlarini aniqlay bilish kerak bo‘ladi.
Ufq tomonlarini aniqlash
Joyning qanday tavsifidan qat’i nazar, kunning vaqti va ufq tomonlarining ko‘rinish holati, kompas, quyosh holati, quyosh va soat bilan,qutb yulduzlari, joyning buyum belgilari va boshqa usullarni qo‘llash bilan aniqlanadi. Kompas bilan tomonni aniqlashda , shimol-janub bo‘ylamasida joylashgan magnit meridianidagi magnit millari asosiy xususiyatlarni ishlash jihatiga bog‘liq bo‘lib, boshlashdan oldin mushkani nolidan limba (burchako‘lchagich asboblarida darajaga bo‘lingan doira) simlarga ajratiladi. Buning bilan birga, kompas gorizontal holatda o‘rnatiladi va millar to‘xtatiladi. Kompasni burib, magnit milining shimol tomonidagi oxiri nol bilan limba ajralgan joyiga qarama-qarshi bo‘lishiga erishish kerak. Kompasni mo‘ljal olish holati bo‘yicha mil yo‘nalishlari nol bilan limba bo‘lingan tomoni shimol yo‘nalishida turadi. Bundan keyin kompasning kesishgan joyi va mushkasi joydagi predmetga to‘g‘rilanadi, so‘ngra ko‘rsatmasidan foydalaniladi. Shimol yo‘nalishlarini bilish bilan birga, ufq tomonlarini aniqlash oson bo‘ladi.
Adrianov kompasi: a—umumiy ko‘rinishi; b—kompas qopqog‘ining mushka bilan kesishgan ko‘rinishi; d—limba (burchak o‘lchagich asboblarida graduslarga bo‘lingan doira).
Ufq tomonlarini aniqlash maqsadida, quyosh holatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shimoliy yarimsharda taxminan: 7.00 da (yozda 8.00 da) — sharqda, 18.00 da (14.00 da) — janubda, 19.00 da (20.00 da) — g‘arbda bo‘ladi. Quyosh va soat bilan ufq tomonlarini (83-rasm) aniqlash uchun, soat gorizontal holatda o‘rnatiladi, bu bilan soat mili quyosh yo‘nalishida bo‘lishi kerak, keyin soatni shu holatda ushlab turib, xayolda soat millari burchagi va raqamlari o‘rtasida bo‘linadi. Olingan to‘g‘rilik janubga harakatlanishi yaqinlashganini ko‘rsatadi. Kunning yarmigacha aylanma yoyini o‘rtasidan bo‘lib, soat millari 13.00 (14.00)dan, kunning yarmidan keyin esa, aylanma yoyi 13.00 (14.00)dan o‘tganda bo‘linadi.
Joydagi predmetlar belgilari orqali ufq tomonlarini aniqlash maqsadida, joydagi predmetlar quyosh yo‘nalishi tartibida aniqlanadi. O‘rmonlardagi chumoli uyalari janubga tikka tushgan bo‘ladi; o‘t- o‘lanlar va boshqa daraxt mevalari o‘z ko‘rinishini janub tomonga qarab jilovlantiradi. Janubga qarab turlanishda esa, bahorda qor shimolga nisbatan janubda tez eriydi. Nasroniy ibodatxonalari va protestantlar xochi hamma vaqt sharqqa, musulmonlar ibodat qiluvchi machit qubbalaridagi oylar janubiy-g‘arbga yo‘nalgan bo‘ladi. Gumbaz qismidagi xochlar shimol va janub yo‘nalishlari tomoniga intiladi.Ko‘rsatilgan to‘siq xochlari shimolga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |