V.Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz: Kadoskop,kampyuter, diaproyektor ekran.
VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt: 45 minut:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
2
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
10
|
Yangi mavzuni yoritish
|
15
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
14
|
Darsni yakunlash
|
2
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2
|
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX.Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.Prezidentning qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, jumladan,vaqtincha ro‘yxatda turgan chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan
muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek, doimiy turar joyidan vaqtinchalik boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatdan turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingunga qadar yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmat talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha):
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar,shuningdek, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy
tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar —oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar,shuningdek, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh
yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladi:
1) salomatligiga ko‘ra, harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilgan chaqiriluvchilar;
2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydi.O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmat talablariga javob beruvchiquyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha):
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar,shuningdek, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar,shuningdek, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh
yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, Davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |