Maydalagichlar turlari va qisqacha ta’rifi
Maydalagichlar konstruksiyasi va maydalash prinsipi bo‘yicha jag‘li, konusli, valkali, bolg‘ali turlarga bo‘linadi.
Jag‘li maydalagichlar
Erkin tebranadigan jag‘li maydalagichlarda material ikkita jag‘ orasiga tushib eziladi, ulardan bittasi siljimaydigan, ikkinchisi siljiydigan-tebranadigan. Tebranadigan jag‘ harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan o‘qga sharnir osib qo‘yilgan va damaki-damaki siljimaydigan jag‘ga yaqinlashadi va uzoqlashadi.
Maydalanadigan material (shag‘al) ikki jag‘ orasiga yuqoridan tushadi. Maydalangan maxsulot siljiydigan jag‘ orqaga qaytganda maydalagichdan pastga tushadi.
Maydalangan maxsulotda parchalar maksimal yirikligi jag‘lar orasidagi chiqish joyidagi tirqish eni bilan ifodalanadi.
Rasm -4.3. Jag‘li maydalagich
Konusli maydalagich
Konusli maydalagich uzining tipovoy o‘lchamlari tartibi bo‘yicha yirik, o‘rtacha va mayda maydalash turlariga bo‘linadi.
Konusli maydalagichning asosiy maydalash harakati – ezish b’zida parchalash. Materialni maydalash uzluksiz davom etadi, bu esa jag‘li maydalagichga nisbatan materialni maydalash kamerasida ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’minlaydi.
Rasm -4.4. Konusli maydalagich
Rotorli maydalagich
Rotorli maydalagich yumshoq materiallarni maydalashga mo‘ljallangan.
Rotorli maydalagich shuningdek kam abraziv (charxlash, silliqlash asboblari uchun ishlatiladigan mayda donador qattiq materiallar) materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Qattiq jinslarni rotorli maydalagichda maydalash samarasizdir, chunki maydalash elementlari tezda ishdan chiqadi.
Rotorli maydalagichlarning afzalliklari:
ishlab chiqarish quvvati yuqoriligi (yuqori samarador);
konstruksiyasi soddaligi;
selektiv maydalash imkoniyati ( mustahkamligi bo‘yicha yumshoqroq zarralar yaxshi maydalanadi).
Rasm -4.5. Rotorli maydalagich
Bolg‘ali maydalagich
Bolg‘ali maydalagich asosan o‘rtacha va mayda maydalash uchun ishlatiladi. SHuningdek rotorli maydalagich kabi kam abraziv materiallarni maydalash uchun ishlatiladi.
Tayyor maxsulot o‘lchamlari bolg‘alar soni va shakli bo‘yicha tartibga
solinadi (sozlanadi). Bunda, bu o‘lchamlar, bolg‘a mahkamlangan rotor aylanish
chastotasi, tayyor maxsulot tushiradigan panjara kolosniklari orasidagi masofa, shuningdek bolg‘alarni aylanish doirasi orasidagi tirshiqga bog‘liq
Bolg‘ali maydalagichning asosiy afzalliklari:
ishonchli, konstruksiya ishonchliligi va oddiyligi;
materiallarni maydalash yuqori darajasi;
maxsus maydonchalar tashkil etilishi va beton fundament bo‘lishini zuruiyati yo‘q;
ob’ekt o‘zida va karerda ishlatilishi mumkin.
Rasm -4.6. Bolg‘ali maydalagich
a - birrotorli; b – ikkirotorli bir bosqichli maydalash; v - reversli; g - vertikal valli; d – tozolov polotnoli
Valetsli maydalagichlar
Valetsli maydalagichlar kompression maydalagichlar turkumiga kiradi.
Valkovli maydalagichlar materialni zarralarini yirikligi 2 mm gacha maydalaydi va ikkita aylanadigan vallar kompressiyasidan foydalanadi. Vallar orasidagi masofa maxsulot yirikligini belgilaydi. Asosiy afzalligi materiallarni talabdagi o‘lchamda maydalaydi va chang kam xosil bo‘ladi.
Valetsli maydalagichlarda ishchi organ – bir-biriga intilib aylanadigan ikkita vallar, chiqadigan maxsulot yirikligiga mo‘ljallangan tirshiqlari bilan. Maydalaniladigan material vallar orasidagi ishqalanish natijasida ular orasiga tortiladi va maydalanadi, Maxsulot yirikligi vallar orasidagi tirshiq eniga bog‘liq.
Rasm - 4.7. Valsli maydalagich
Sortirovkalash (groxotlash)
Groxotlash (elash) – sochilma materiallarni groxotda zarralarini yirikligi bo‘yicha ajratish (sortirovkalash) jarayonidir.
Texnologik vazifasiga ko‘ra groxotlash:
yordamchi, shuningdek dastlabki – mayda klasslarini ajratib maydalagichga yo‘naltirish (ochiq siklda maydalaganda);
nazorat va tekshiruv – maydalangan materialning mayda klasslarini ajratish (berk siklda maydalaganda);
birlashtirilgan – kompleks (dastlabki va nazorat) – ikkita jarayon bittaga birlashtirilgan (berk siklda maydalaganda);
tayyorlov – turli klass yiriklikdagi maxsulotni ajratib maydalash maqsadida ajratish;
mustaqil yoki mexanik sortirovkalash – tayyor maxsulot (sortlar bo‘yicha) olish va iste’molchiga yuborish.
Yiriklikni tartibga solish uchun, o‘z vaqtida, maydalashga yo‘naltirilayotgan materialning miqdorini to‘g‘ri ta’minlashda elash ishlari bajariladi.
Texnologik sharoitga bog‘liq holda quyidagi turdagi elash ishlari bajariladi: dastlabki, nazorat va yakuniy (tayyor mahsulot).
Dastlabki elash, maydalashga tushayotgan materialdan mayda sinfga mansub bo‘laklarni ajratish uchun bajariladi (rasm-4.3). Natijada maydalagichlarning ishlash sharoiti yaxshilanadi va mahsuldorligi ortadi.
Nazorat elash, yopiq siklda qayta maydalashga yo‘naltirilgan mahsulotdan alohida sinflarni ajratib olish uchun xizmat qiladi. YOpiq sikl maydalashning yakuniy bosqichida nazarda tutiladi (rasm-4.4). YOpiq siklda maydalashda kerakli fraksiyaning chiqishi ortadi va chaqiq tosh dona shakli yaxshilanadi.
YAkuniy elash, iste’molchiga tovar fraksiyali chaqiq toshni olish va jo‘natish (rasm-4.4) uchun bajariladi.
Barcha tog‘ konlari u yoki bu darajadagi mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan toshlardan tashkil topgan.
-
CHaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga oshiriladi.
CHaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, balki toshning mustahkamligiga bog‘liq.
Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. SHu sababli maydalagandan so‘ng mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan bir jinsli va mustahkam hisoblanadi.
Bu erda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya’ni mustahkamligi past fraksiyalarniajratib, yakuniy mahsulotni boyitish imkonini beradi ( rasm-4.10).
-
Rasm-4.10. Saylanma maydalash prinsipi bo‘yicha chaqiq toshni boyitish:
1-kichik mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi; 2-yuqori mustahkamlikdagi mahsulotning chiqishi;
Saylanma maydalash samaradorligi kuch ta’sirida ishlaydigan maydalagichlarda yuqori bo‘lib, toshlar kuch ta’sirida maydalanadi. SHu maqsadda maxsus bolg‘ali, rotorli maydalagichlar, dezintegratorlar ishlatiladi.
CHaqiq toshni yuvish qachonki unda chang miqdori O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” talabidan oshsagina bajariladi. Bu esa, ho‘l elash jarayonida bajarilib, suv g‘alvirlar ostidan sepiladi. CHaqiq toshni quruq usulda havo ta’sirida changsizlantirish istiqbolli hisoblanib, elash jarayoni bilan birgalikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |