- Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa bo’ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo’qotib sovqotishi mumkin. Bolaning ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga ta’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda rejimning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalarni hamisha o’z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o’z vaqtida u bilan shug’ullanish (gaplashish, o’ynatish) kerak. Chaqaloq bolalaming ovqat hazm qilish a’zolari ham o’ziga xos xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |