Tirnoqlar toza va qisqa tutilishi kerak, o'zingizga zarar qilmaslik uchun ularni har safar uzoqroq bo'lganingizda kesib oling.
Taglikni alishtirish
Chaqaloqlarning tagliklari juda diqqat qilinishi kerak bo'lgan joy. Achchiqlanmaslik uchun ularning tagliklarini tez-tez almashtirishimiz kerak. Bezi yopadigan terini himoya qilish uchun maxsus kremlarni qo'yish tavsiya etiladi.
Go'dak salfetkalari o'rniga shimgichni iliq suv va sovun bilan ishlatishga ustuvor ahamiyat bering, ayniqsa siz uyda bo'lsangiz, chunki ular tirnash xususiyati keltirib chiqarishi mumkin. Bolalarning tagliklari iloji boricha toza va quruq bo'lishi kerak.
Esingizda bo'lsin ... gigiena nafaqat tozalashni ta'minlaydi, balki chaqaloqlarda juda zarur bo'lgan odat va odatlarni ham ta'minlaydi.
Chaqaloq parvarishi uchun zarur bo’lgan muolajalar
Yangi tug’ilgan chaqaloqning terisi juda nozik va sezgir, shu sababli ham noto’g’ri parvarish, tezda bola terisining shikastlanishiga olib keladi. Buning oqibatida esa jarohatlar o’rnida infeksion va yallig’lanishli kasalliklar rivojlanish xavfi paydo bo’ladi. Ko’krak yoshidagi bolalar terisining eng ko’p uchraydigan kasalligi bu – chaqaloq yo’rgaki dermatiti. Bunday dermatit, xalq tilida bichilish, odatda terining ko’p nam bo’lib turadigan joylarini yo’rgak yoki kiyim matosiga ishqalanib yallig’lanib ketishi natijasida hosil bo’ladi. Terining bichilib qolishining asosiy aybdorlari bu siydik, ter va matoga ishqalanish. Yuqoridagi omillarning bolalarga ta’sirini iloji boricha cheklash kerak.
Bola terisi bichilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir necha oddiy tavsiyalarga amal qilish zarur.
Chaqaloq uzoq muddat siydik va ahlat bilan ifloslangan taglikda qolib ketmasligi zarur. Siydik tarkibidagi moddalar teriga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Sifatsiz bir martalik tagliklardan (pampers) foydalanmang. Yaxshi taglik siydikni tezda shimib olishi va terini himoya qilishi lozim.
Har safar taglikni almashtirilganda teri ko’rinishidan toza ko’rinsa ham uni maxsus bolalar sovuni bilan yuvish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Issiq kunda haddan tashqari qalin kiyintirmang. Terining qizib ketishi va terlashi zararli.
Agar teri bichilishiga gigiyenaga amal qilmaslik tufayli infeksiya ham qo’shiladigan bo’lsa, unda ushbu holat jiddiy davolashni talab qiladi, shu jumladan antibakterial preparatlar yordamida. Bunday muammolarni oldini olish uchun siz chaqaloq terisini parvarish qilishning barcha qoidalariga rioya qilishingiz kerak.
Kichkintoyning ertalabki tozalik mashg’ulotlari
Har kuni ertalab chaqaloqning yuz, ko’z, burun va quloqlari yuvilishi lozim. Yangi tug’ilgan chaqaloqning burun yo’llari juda tor, shu tufayli burunda kam miqdorda bo’lsa ham shilliq to’plansa, shuning o’zi nafas olishni qiyinlashtirishga yetadi. Bu paytda, onaning vazifasi – chaqaloqni burun bo’shlig’ini har kuni tozalab turish. Kichkintoyning ko’zlari kundalik parvarishni talab qiladi. Agar gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, konyuktivit – ko’zning shilliq qavatining yallig’lanishi rivojlanish ehtimoli bor. Bunda ko’zning shox pardasi qizarishi, uyqudan uyg’ongandan keyin esa kipriklar bir-biriga yopishib qolishi, ko’zning ichki burchagida esa shilliq to’planishi kuzatiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi bularni barchasiga katta e’tibor berishni talab qiladi.
Chaqaloqning jinsiy a’zolari tozaligi
Ko’krak yoshidagi bolalarni har safar siygandan yoki ichi kelganidan keyin jinsiy a’zolarini va orqasini yuvish shart. Bolalarning oyoqlari orasi iliq suv bilan yuviladi. Qiz bolalarning orqasini yuvishda ehtiyot bo’lish talab etiladi, ifloslangan suv dumbasidan jinsiy a’zolariga oqib tushmasligi nazorat qilinishi lozim. O’g’il bolalarga esa yuqoridagi qoida taalluqli emas. Agar dumba va oyoqlari orasi juda ifloslangan bo’lsa bolalar sovuni surtib yuvish lozim. Yuvintirib bo’lingandan keyin terini yo’rgak latta bosib quritiladi. Terini artish tavsiya etilmaydi, chunki bu yallig’lanishga olib kelishi mumkin.
Kindik yarasi parvarishi
Yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilishda alohida e’tiborni kindik yarasi talab qiladi. Tug’ruqxonada shifokor pediatr buyurgan muolajalarni bajaring. Hali bitib ketmagan kindik yarasi, agarda parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmasa, nafaqat kindik (omfalit), balki qon va butun tana (sepsis) infeksiyasiga darvoza bo’lib xizmat qilishi mumkin. Aksariyat hollarda, kindik yarasi chaqaloq hayotining 10-19-kuniga kelib butunlay bitib ketadi.
Chaqaloqni cho’miltirish
Yangi tug’ilgan chaqaloqni birinchi marta, agar pediatrning boshqacha tavsiyalari bo’lmasa, tug’ruqxonadan, uyga qaytgandan keyingi birinchi kunda cho’miltirish mumkin.
Suv protseduralari har kuni, ota-onalarga qulay vaqtda o’tkaziladi. Agar kichkintoy charchagan yoki notinch bo’lsa, uni majburlamagan yaxshi.
Kerakli anjomlarni oldindan tayyorlab oling. Suv haddan tashqari qaynoq bo’lmasligi kerak.
Barcha tayyorgarlik jarayonlari tugagandan so’ng, cho’miltirishni boshlang.
Dastlab bolakayni toza suv bilan yuvib oling. So’ng yumshoq matoni toki qo’lni sovunlab olib, chaqaloq boshini peshonasidan ensasiga qarab yuving
Quloq orqasi, qo’ltiq va oyoqlar orasi, ayniqsa teri burmalar hosil qiladigan joylar yaxshiroq yuvilishi kerak.
Chaqaloqni yana bir bor toza suvda yuving
Yuvinish odatda 8-10 daqiqa davom etgani ma’qul.
Chaqaloqni yo’rgaklash
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga katta makonga, atrofdagi bo’sh joylarga moslashish uchun vaqt zarur bo’ladi. Bola hayotning birinchi haftalarida chaqaloqlar qo’llarini o’z ixtiyorlari bilan boshqara olmaydi, harakatlari beixtiyoriy refleksga asoslangan bo’ladi. Ba’zida uyqu paytida qo’llari beixtiyor qimirlab, bolani qo’rqitib uyg’otib yuboradi. Shu sababli ham kichkintoyning qo’llarini mahkamlab beshikka bog’lanadi yoki yo’rgaklab qo’yiladi. Bundan maqsad yo’rgaklab qo’yilgan paytdagi qisilib turish va cheklovlar chaqaloqqa onaning qornini eslatadi. Bu holatda bola tezda tinchlanib, uxlab qoladi. Bola qo’llari va oyoqlarini qimirlatishi va qulayroq joylashib olishi uchun erkinroq qilib yo’rgaklab qo’yiladi.
Chaqaloqni to’g’ri emizish
Yosh onaning tug’ruqxonada o’rganadigan yana bir vazifasi – chaqaloqni emizishdir. Agar onaning emizish tajribasi bo’lmasa, unda hamshira yoki shifokor chaqaloqni ko’kragiga qanday qilib to’g’ri joylashtirishni ko’rsatadi, qaysi holatda oziqlantirish qulay bo’lishi to’g’risida tushuntiradi. Ba’zi ayollarda ona sutini (laktatsiya) paydo bo’lishiga bir necha kun talab qilinadi. Shu kunlarda ona chaqaloqni ko’kragiga qo’yib, bolani emishga ozroq majburlashi zarur bo’ladi. Shunday qilinsa onada sut paydo bo’lishi tezlashadi.
REFERAT
Mavzu: CHAQALOQLAR GIGIYENASI
Do'stlaringiz bilan baham: |