Direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati - Korxonaning boshqaruv tuzulmasi
- nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit
- tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati)
- boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari
- Siyosat va boshqaruv uslublari
- Xo’jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etish. Bu vazifani xo’jalik muomalalarini rasmiylashtirish huquqiga ega xodimlar bajaradilar. Ruxsat etish ma’lum turdagi muomalalar (masalan, barcha turdagi sotish)ga taalluqli, umumiy, yoki maxsus (masalan, muhim aktivni sotishga ruxsat etish) bo’lishi mumkin
- Хўжалик муомалаларини рўйхатга олиш. Кўпчилик корхо-наларда хўжалик муомалаларини ёзиш (ҳисоб юритиш) ва ҳисобот ишлари компьютер ёрдамида бажарилади
- Xo’jalik faoliyatida korxona mablag’larining saqlanishi-ni ta’minlash. Bunda korxonaga tegishli aktivlarga haqiqatda egalik qilish yoki ular ustidan nazorat o’rnatish nazarda tutiladi
- Nazorat amallari samaradorligini belgilovchi mezonlar
- Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyatga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
- Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog’liq. Shu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko’rib chiqish zarur. Mijoz-korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi; boshqaruv uchun ishonarli ma’lumot olish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi.
- Nazorat riskini aniqlash jarayoni ham nazorat riskini dastlabki baholashdan boshlanadi. U mijozning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi bilan tanishish, buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirish, ichki nazorat tizimi faoliyati to’g’risida ma’lumotlar olinganidan keyin bajariladi. Ushbu bilimlar auditorga hisobvaraqning har bir jiddiy qoldig’i yoki operatsiyalar toifasi bo’yicha nazorat riskini baholash imkonini beradi. Odatda, agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa yoki ular samaradorligini baholash maqsadga muvofiq bo’lmasa, auditor uni yuqori baholaydi.
- Moliyaviy hisobotni nazorat qilish riskini oldindan baholash yuqori, masalan, o’rtadan yuqori (>50%) bo’lishi kerak. Auditor xatoliklarning oldini oladigan yoki ularni topadigan va tuzatadigan ichki nazorat vositalarini belgilashi mumkin bo’lgan, shuningdek baholashni tasdiqlash uchun nazorat testlarini o’tkazishni rejalashtiradigan hollar bundan mustasnodir.
Do'stlaringiz bilan baham: |