Chalaxordalilar
Chalaxordalilar (Hemichordata) — umurtqasizlar tipi. Ilgari xordalilar kenja tipi sifatida qaralgan
Ch. 2 yonlama simmetriyali, selomik hayvonlar. Gavdasi 3 boʻlim: xartum, yoqacha va tanadan iborat. Har bir boʻlimning oʻz sellomik xaltasi boʻladi. Notoxorda — ichakning uchi berk oʻsimtasi Xartum uchun tayanch vazifasini bajaradi. Halqumda jabra yoriqlari joylashgan.
Echinoderms
Qon aylanish sistemasi organlari boʻylama orqa va qorin qon tomirlaridan iborat. Orqa qon
tomirining notoxorda ustidagi qismi kengayib,
lakunar yurakni hosil qiladi.
2008
Genesis 46:580-586
Nerv sistemasi teri epiteliysida joylashgan boʻlib, yoqacha bilan tanasi oʻrtasidagi nerv halqasi va u bilan bogʻlangan orqa hamda qorin stvollaridan iborat. Ayirish organlari — juft selomoduktlar xartumda va yoqachada joylashgan. 2 sinfi: ichak bilan nafas oluvchilar va qanot jabralilar bor.
Balanoglossning ogʻiz teshigi yoqasining qorin tomoniga, xartumchasining ostiga oʻrnashgan. Ogʻiz teshigi bir talay jabra yoriqlari bilan halqum bilan tutashadi, jabra yoriqlari gavdaning orqa tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga ochiladi. Halqum shaklan toʻgʻri naychaga oʻxshagan asl ichak bilan qoʻshiladi. Ichakning orqa tomonidan jigar oʻsimtalari deb ataladigan bir talay koʻp oʻsimtalar chiqadi. Gavdaning eng oxirida anal teshigi bor. Gavda boʻshligʻi xartumcha, yoqa va tana boʻshliqlariga boʻlinadi. Xartumcha boʻshligʻida maxsus bir tuzilma tortib chiqib turadi, bu tuzilma ichakning ogʻiz oldi oʻsimtasidan iborat boʻlib, u boshlangʻich (murtak) holdagi xordadir, chunki uning tuzilishi holdagi oʻxshaydi va xorda kabi endodermadan chiqib kelgan
Balanoglossning qon aylanish sistemasi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash boʻlmay, asosan, orqa va qorin tomonlaridan iborat. Balanoglossning nerv sistemasi. Balanoglossning nerv sistemasi orqa va qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular halqum oldi nerv halqasiga qoʻshilgan boʻladi. Yoqa joylashgan yerdan oʻtgan nerv iplarining ichida tor boʻshliq bor, bu boʻshliq, odatda, nevratsil gomologi deb hisoblanadi. Balanoglossda hech qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim sezuvchi hujayralargina topilgan, xolos. Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha nina terililardagi oʻxshash, bosh tepa plastinkasi bor.
Bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yoʻqolib ketadi. Murtak holidagi xorda atrofiga oʻrnashgan boʻlmali maxsus tuzilma ayrim organi vazifasini bajarsa kerak, shunga koʻra, parchalanish mahsulotlari (siydik) hartumchadagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanoglossning jinsit sistemasi. Balanogloss ayrim jinsli hayvon boʻlsada, tanasining oldingi qismiga oʻrnashgan erkaklik va urgʻochilik jinsiy bezlari sirtidan bir-biriga oʻxshaydi. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suvga chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urugʻlanadi.

Do'stlaringiz bilan baham: |