Savdo sohasida logistikaning rivojlanish shart-sharoitlari va
muammolari
Moddiy vositalar oqimini boshqarishning logistik usulini joriy etish, odatda,
jiddiy muammolar bilan bog‘langan bo‘lib, jahon tajribalarining ko‘rsatishicha,
amalga oshirsa bo‘ladigan ishdir.
Logistika – bu savdo sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi bo‘lib,
odatda
shunday
paytlarda
foydalana
boshlaydiki,
bunda
rivojlanish
imkoniyatlarining ekstensiv usullari qo‘l kelmay qolganida foydalaniladi. Masalan,
Fransiyada logistika sohasidagi keskin burilish hukumat tomonidan yirik yangi
do‘konlarni qurish imkoniyatlarini cheklash chorasi ko‘rilgandan so‘ng sodir
etildi.
Logistika sohasiga bo‘lgan qiziqish ko‘pincha savdo xizmati bozoridagi
raqobatning rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi.
172
Hozirgi davrda tovar turlarining ko‘payib borishi sharoitida tovarlar bilan
bo‘ladigan zamonaviy texnologik ishlarsiz, yuklarsiz axborotlarsiz samarali
boshqarish mumkin emas.
Qattiq, uzluksiz ravishdagi nazorat tizimini joriy etish talab qilinadi,
shuningdek bozorlarda tez aynib qoladagan, hamda alohida saqlash shart-
sharoitlarini talab etadigan mahsulotlarning paydo bo‘lishi zahiralarni boshqarishni
taqazo etadi.
Logistika – bu yuqori darajadagi aniq mexanizm bo‘lib, yomon tashkil
etilgan kishi shaxsiyati bilan birgalikda nizolarga kiradi. Shu boisdan masalan
AQSH logistika sohasidagi kishilarning kattagina qismini sobiq harbiylar tashkil
etadi, ular uchun shaxsiy tashkillanish – kasb mahoratiga oid sifatdir. Yaponiya
korxonalarida logistika sohasidagi hayratlanarli muvaffaqiyatlarga ega bo‘lishlik
o‘zlarining tarkiblarida ijrochilar, vijdonan ishiga yondoshuvchilar va intizomli
hodimlarning bo‘lishliklari bejiz emasdir. Logistika umumiy tizimga ko‘p
narsalarni beradi, biroq u ayrim ishtirokchining erkin harakatini cheklaydi. Bu
sohadagi ma’lum darajadagi kelishuvlarga kelishni o‘rganish lozim bo‘ladi.
Logistikaning keng ravishda tarqalishini faqatgina unga bo‘lgan talabning
o‘sishi bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Iqtisodda ushbu talablarni qondirish mumkin
bo‘lgan sharoitlar yuzaga kelishi lozim. Bunday sharoitlar zamonaviy ilmiy-texnika
taraqqiyoti tomonidan ta’minlanadi.
Natijada ilmiy-texnika taraqqiyoti tomonidan moddiy vositalar va axborot
oqimlari bilan ishlash uchun har xil turdagi mehnat vositalari keng ko‘lamda
yaratiladi va qo‘llanila boshlaydi. Logistika jarayonlarining aniq sharoitlardan
foydalanish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda logistikaning rivojlanishdagi
muhim
ahamiyatlaridan
biri
bo‘lib,
logistik
jarayonlarni
boshqarishni
kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Savdodagi logistik rivojlanish muammolari quyidagilardan iborat:
tovar harakatlari ishtirokchilari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan logistik
aloqalarning bo‘lmasligi va birinchi navbatda, ulgurji va chakana savdo
korxonalari o‘rtasidagi aloqalarning puxta bo‘lmasligidir;
ulgurji va chakana savdo, transport korxonalarining past texnika
darajalarining mavjudligidir;
axborot texnologiyalarining rivojlanganligi. Axborotlarni to‘plash, saqlash,
ma’lum tartibda ishlash va tovar harakati ishtirokchilari o‘rtasida axborot
almashishni ta’minlashda axborot tizimining yo‘qligidir.
logistik vositachilikning yaxshi rivojlanmaganligi, ayrim o‘ziga xos
bo‘lmagan ishlarning mustaqil ravishda ulgurji va chakana savdo
korxonalari tomonidan bajarilish amallari (masalan yuklarni transportda
tashish);
mamlakat tovar bozorida zamonaviy raqobatbardoshlikning yaxshi
rivojlanmaganligi, savdo ustamalarining yuksak darajasi, ohir oqibatda,
173
logistikani qo‘llash sohasidagi tovar harakati ishtirokchilari tomonidan
bo‘ladigan qiziqishning bo‘lmasligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
harajatlarini kamaytirishga ta’minlovchi omillarning bo‘lmasligidir;
idishlarni aylanishini tashkillashtirish bilan bog‘liq muammolar;
bozor sharoitidagi moddiy vositalarni uzluksiz bevosita o‘tkazishni
shakllantirishdagi puxta ishlab chiqilgan usullarning bo‘lmasligidir;
tovar harakatlarini tashkillashtirishdagi logistik sharoitlardagi ulgurji savdo
tajribalarining yetarli bo‘lmasligi, shuningdek korxona hodimlari tomonidan
ulgurji va chakana savdo sohasidagi logistik yondoshuvning moddiy
vositalar oqimini boshqaruv bo‘yicha aniq tushunchalarning yetarli
bo‘lmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |