Tovarlarning guruhlariga ko’ra savdo oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
savdosiga, guruhlar ichida esa alohida quyi guruh tovarlari savdosiga, masalan,
non va non mahsulotlari savdosi, qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi, alkogol va
alkogolsiz ichimliklar savdosi, xo’jalik mollari savdosi, qurilish materiallari
savdosi, avtomobillar savdosi, avtomobillar yoqilg’isi savdosi, aralash mollar
savdosi, dori-darmonlar savdosi, tibbiy texnika va optika tovarlari savdosi, tillo
buyumlar savdosi va shu kabi boshqa turlarga bo’linadi.
Savdo faoliyatining barcha turlari, ularni amalga oshirish shartlari va tartibi
respublikamizda davlat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar bilan qat’iy
tartibga solinadi
4
. Respublikamizda chakana savdo litsenziyalashtiriladigan,
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish esa litsenziyalashtirilmaydigan faoliyat
turiga kiradi. Alohida olingan tovarlarning, masalan, alkogoli ichimliklarning
sotilishi mahsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Savdo faoliyatining turlariga va davlat statistika organlari beradigan tarmoq
(faoliyat) kodiga ko’ra savdo korxonalari quyidagilarga bo’linadi:
Ulgurji savdo (71100)
Chakana savdo (71200)
Umumiy ovqatlanish (71300).
Ulgurji va chakana savdo korxonalariga, o’z navbatida, mulkiy shakli,
sotadigan tovarlarining turlari bo’yicha mahsus ichki savdo tarmog’i kodlari
beriladi.
«SHAXRABONU MADINA SAVDO» MCHJ davlat statistika organlari
tomonidan berilgan tarmoq (faoliyat) kodi- 71280,
korxona asosan chakana savdo,
paynet, kampyuter o’yinlari va asosiy vositalarni ijaraga berish bilan shug’ullanadi.
4
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida chakana
savdo qoidalarini hamda O’zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini
(xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qarori № 75.
10
Korxonada yillik o’rtachi xodimlar soni 11 kishidan iborat. «SHAXRABONU
MADINA SAVDO» MCHJning ustav kapitali 147 207.2 ming so’mni tashkil
etadi.
Xodimlarining soniga ko’ra savdo korxonalarini yirik korxonalar, kichik
korxonalar va mikrofirmalarga ajratish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-4609
son
5
va uni bajarishga doir Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2003 yil 11 oktyabrda
qabul qilingan «Kichik tabdirkorlik (biznes) sub’ektlariga kiradigan korxona va
korxonalarni klassifikatsiyasini tasdiqlash to’g’risida» 439-son Qaroriga muvofiq
savdo va umumiy ovqatlanishda:
mikrofirmalar - bu band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi
bilan 5 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar;
kichik korxonalar - bu band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi
bilan 6 kishidan 25 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar;
Savdo faoliyatini yurituvchi sub’ektlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
ularning mulkiy va tashkiliy shakliga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartiblari tizimini tubdan takomillashtirish
to’g’risida»gi 357- son Qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik
sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi
hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom»ga muvofiq savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari quyidagi davlat organlari tomonidan ro’yxatga olinadi:
Toshkent shahrida tashkil etiladigan ulgurji va chakana bozorlar, xorijiy
investitsiya ishtirokidagi savdo korxonalari, shuningdek qonun hujjatlarida ko’zda
tutilgan hollarda boshqa savdo korxonalari – O’zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan;
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tegishli ravishda
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan bozorlar, ochiq
5
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi «O’zbekiston Respublikasida
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida» gi PF –4609-son Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida.
11
aksiyadorlik jamiyatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa
korxonalar - Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya
boshqarmalari tomonidan;
Ma’suliyati cheklangan jamiyat, xususiy firma (korxona), xo’jalik
jamiyati, sho’’ba xo’jalik jamiyati va boshqa shakllardagi savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalari – ular joylashgan joydagi tuman va shahar hokimliklari
huzuridagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari»
tomonidan.
Savdo korxonalarining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beruvchi
mezonlardan biri bo’lib belgilangan ustav fondini o’z vaqtida (davlat ro’yxatidan
o’tgan kundan boshlab bir yil muddatda) shakllantirish hisoblanadi. Ustav
fondining chegeralangan miqdori faqat xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarga, shuningdek, ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslarga
taalluqlidir. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanuvchi mahalliy
yuridik shaxslar uchun ustav fondining chegeralangan miqdori davlat tomonidan
belgilanmagan. Faqat qonun hujjatlariga muvofiq ularning muassasalari korxonani
davlat ro’yxatidan o’tkazishgacha ta’sis hujjatlarida belgilangan xissalarining 30
foizidagi miqdorini pul mablag’lari bilan oldindan kirishlari va bu bank hujjatlari
bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar tadbirkorlik sub’ekti ustav fondi yoki uning
bir qismi mulkiy ulush (ko’chmas mulk, asbob-uskunalar va boshqalar) yoki
intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab
qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |