Tashqi savdo – bu mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni
boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati. Tashqi savdo faoliyati, boshqachasiga,
bo’lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga
majlisidagi ma’ruzasi.
http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-22-12-
8
Xorijiy adabiyotlarda «chakana» atamasi, odatda, xizmat ko'rsatuvchi
provayder ko'p sonli ulgurji, korporativ yoki davlat mijozlarining buyurtmalarini
emas, balki oxirgi foydalanuvchilari bo'lgan ko'p sonli kichik buyurtmalarni
to'ldirganda qo'llaniladi.
3
Savdo ob’ekti — mulkchilik shakllaridan, sotuv hajmidan, inshootning
o’lchamidan va hokazolardan qat’i nazar, tovarlar va xizmatlarni sotishga
mo’ljallangan (moslashtirilgan) joy yoki inshoot.
Chakana savdoning savdo ob’ektlariga quyidagilar tegishlidir: bozor,
gipermarket, supermarket, savdo markazi, savdo kompleksi, universam,
univermag, minimarket, oziq-ovqatlar do’koni, ixtisoslashtirilgan do’konlar,
palatkalar, lotoklar, avtodo’konlar, pavilonlar, kioskalar, laryoklar.
Yurituvchi shaxslarning statusiga ko’ra savdo faoliyati jismoniy shaxslar va
yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdoga bo’linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo faoliyati deganda
yuridik shaxs maqomisiz mahalliy hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan va savdo
faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga
oshiriladigan savdo tushuniladi. Yuridik shaxslar tomonidan olib boriladigan savdo
faoliyati deganda yuridik shaxs sifatida mahalliy hokimiyatdan ro’yxatdan o’tgan
va savdo faoliyatini yuritish huquqiga ega bo’lgan korxonalar tomonidan amalga
oshiriladigan savdo tushuniladi. Bunday korxonalar savdo faoliyatini o’zlarining
savdo do’konlari, shahobchalari, bazalari, omborlari yoki buyum bozorlarida
ajratilgan savdo tarmoqlari orqali amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar savdoning
barcha turlarini olib boradilar.
Yurituvchilarning mulkiy shakliga ko’ra savdo
davlat, nodavlat va aralash
mulkdagi korxonalar tomonidan olib boriladigan savdoga bo’linadi. Savdo
faoliyati bilan shug’ullanuvchi davlat korxonalari bo’lib respublikamizda hozirgi
davrda ixtisoslashgan «Mudofaa savdo» tizimi tasarrufidagi korxonalar
hisoblanadi.
3
Times New Roman.
www.sciencedirect.com
Cartwright, M., "Trade in the Phoenician
World,"
Ancient History Encyclopedia, 1 April 2016
9
Savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi nodavlat va aralash mulkdagi
korxonalar bo’lib respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari, xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa maqomdagi
xususiy korxonalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: