4-jadval
Hisob-kitob schyotlari bo`yicha xarajatlar
16
.
Hisob kitob schyoti
Xarajatlar
- 2610 -
Chegirmalar
- 2620 -
Ma’muriy boshqaruv xarajatlari
- 2630 -
Boshqa xarajatlar
- 2640 -
Pulli xizmatlar xarajatlari
- 2650 -
Oshxona ishchilari ish haqi xarajatlari
- 2660 -
Ish xaqi va ajratmalar xarajatlari
- 2900 -
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar
- 2920 -
Сhakana savdodagi tovarlar
Savdo korxonalarida sotish xarajatlarining hisobi 9410 "Realizatsiya
bo’yicha xarajatlar" schyotida yuritiladi. Bu schyotda do’kon, kichik
16
Muallif ishlanmasi.
43
shaxobchalarning, shuningdek tovarlarning mayda ulgurji realizatsiya qiluvchi
bazalarning barcha xarajatlari aks ettiriladi. Ulgurji bazalarning ixtisoslashgan
omborxonalarida va mayda ulgurji savdo tarzida tovarlar realizatsiyasi bilan
shug’ullanuvchi sabzavotxonalar, aholidan mahsulotni xarid qilib olish punktlari
va vositachi do’konlarning xarajatlari alohida moddalar bo’yicha hisobga olinadi.
Savdo faoliyati xarajatlarining analitik hisobi nomenklaturalar bo’yicha
yuritiladi. Sotish xarajatlarini hisobga olishda xarajatlarni bevosita va umumiy
xarajatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bevosita xarajatlar deganda do’konning
o’z ehtiyojlari yoki savda tashkiloti tomonidan muayyan bir do’kon uchun qilgan
aniq xarajatlari tushuniladi. Bu chiqimlar boshlang’ich va yig’ma hujjatlar orqali
aniq do’konning analitik hisob registriga o’tkaziladi. Birlashma, savdo tashkiloti
yoki do’kon tomonidan bir necha do’kon (filial, bo’lim)larga qilingan xarajatlar
umumiy xarajatlar hisoblanadi. Bu xarajatlar har oyda tanlangan bazaga mutanosib
mahsus tuzilgan hisob-kitoblar asosida do’konlar o’rtasida taqsimlanadi.
Umumiy xarajatlar do’konlar bo’yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi va
hisobga olib boriladi.
Temir yo’l, suv va havo orqali tashish xarajatlari har bir do’kon tomonidan
olingan tovarlar brutto og’irligiga mutanosib taqsimlanishi kerak.
Avtomobil bilan tashish xarajatlari: transport ishiga ishbay to’lashda -
do’kon tomonidan olingan tovarlar brutto og’irligiga va masofaga mutanosib:
soatbay haq to’lashda - har bir do’kon uchun sarflangan xarajatlarga mutanosib
yoki har bir do’konga keltirilgan tovarlarning chakana narxi bo’yicha qiymatiga
asosan taqsimlash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bir necha do’konlarga xizmat
ko’rsatuvchi ishchilar va xizmatchilar (chilangarlar, texnik xodimlarning xarajati)
xizmat ko’rsatadigan korxonalarga sarflangan xarajatlarga mutanosib ravishda
taqsimlash kerak.
Bino, inshoat, xona va inventarni ijaraga olish, asosiy vositalarni
avtomatlashtirish xarajatlari agarda bir binoda bir qavatda joylashgan bir necha
do’kon (bo’lim, sho’’ba) bo’lsa, o’rtada taqsimlanadi. Taqsimlashda asosiy
44
xizmatni ularning har biri egallagan maydon yoki ular foydalanadigan omborxona
binosi hajmi rol o’ynaydi.
Bir binoda bir necha do’kon bo’lgan hollarda bino, inshoat, xona,
inventarlarni saqlash xarajatlari hisob-kitob uchun qabul qilingan ko’rsatkichlarga
ko’ra, do’koni isitish uchun egallangan maydonga mutanosib, suv va kanalizatsiya
do’kon xodimlari soniga mutanosib ravishda taqsimlanishi kerak.
Sanitariya kiyimlarini yuvish va tuzatish qiymati, kiyimlar soni (turlar
bo’yicha) va korxona hamda tuzatish ustaxonalari schyotlarida ko’rsatilgan
baholarga mutanosib taqsimlanadi.
Boshqa tashkilotlarda mollarni saqlash xarajatlari do’konlar o’rtasida
saqlanayotgan mollar massasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Oziq-ovqat
tovarlarini saqlash xarajatlarini taqsimlashda saqlanayotgan tovarning chakana
narxi bo’yicha qiymati (agarda bir turdagi tovar saqlansa), fizik birliklari soni
(agarda tovarlarning bir necha guruhi saqlansa) ombordan foydalanilayotgan
sig’imga asosan taqsimlanadi.
Qadoqlash korxonalari xizmati uchun to’lovlar do’konlar o’rtasida olingan
qadoqlangan tovarlar (yoki ular og’irligi) birliklarining soniga va schyotlarda
ko’rsatilgan qadoqlash baholariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sovuqxonalarni saqlash va muzni tashish xarajatlari har bir do’kon olgan
muz hajmi yoki og’irligiga mutanosib taqsimlanadi. Dezinfektsiya va deratizatsiya
xarajatlari ishlov berilgan savdo, yordamchi va ombor binolari maydoniga
mutanosib taqsimlanadi. Savdo reklamasi xarajatlari: reklama nashrlari miqdoriga
mutanosib taqsimlanadi. Reklamaga oid boshqa xarajatlar esa xaqiqiy tovar
aylanishiga qarab mutanosib ravishda taqsimlash maqsadga muvofiqdir.
Bank kreditidan foydalanganlik foizlari tovarlar va idishning o’rtacha oylik
zaxiralariga (non sotuvchi do’konlaridan tashqari) mutanosib taqsimlanadi. Non
sotuvchi do’konlarda - tovar aylanishiga mutanosib taqsimlanadi.
Idish xarajatlari asosan bevosita tegishli tovarlar guruhiga olib boriladi.
Umumiy xarajatlarni savdo korxonalari o’rtasida quyidagicha taqsimlash
maqsadga muvofiqdir: mahsulot yetkazib beruvchilarning ko’p oborotli garovga
45
beriladigan idishning amortizatsiyasini olingan inventar idish miqdoriga mutanosib
taqsimlanadi. Bo’sh idish qaytarilgan yoki topshirilganda tashish, ortish va
tushurish xarajatlari - qaytarilgan idish miqdoriga mutanosib, idishni tuzatish
xarajatlari olingan, tuzatilgan idish soniga mutanosib ravishda taqsimlash kerak.
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xarajatlari (agarda, ular bir necha
savdo korxonalari uchun qilingan bo’lsa) do’konlar o’rtasida bir oydagi xodimlar
o’rtacha ro’yxati soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Boshqa
xarajatlarni
taqsimlashda
quyidagi
taqsimlash
bazasidan
foydalaniladi:
- ijtimoiy sug’urta ajratmalari do’konlar o’rtasida ish haqi summasiga
mutanosib taqsimlanadi;
- kassa xo’jaligini yuritish chiqimlari, ekspertiza tovarlarni laboratoriyada
tekshirish xarajatlari, savdodan tushgan pulni inkassa qilish chiqimlari, axborot-
hisoblash xizmati xarajatlari xaqiqiy tovar aylanishiga mutanosib ravishda
taqsimlanadi;
- gazeta va jurnallarga obuna bo’lish, ma’lumotnoma adabiyotlarini,
narxnomalar, kataloglar, qo’llanmalar va boshqa materiallarni olish xarajatlari,
tegishli nashrlarning haqiqiy olingan miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xarajatlarning har bir turini taqsimlash uchun: hisob-kitob tuzilib, uning
grafiklaridan birida bazis ko’rsatkichlar keltirilib, chiqimlarning tegishli turi
shunga mutanosib taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |