Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana28.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#188285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

Tovarlarning guruhlariga ko’ra savdo oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari 

savdosiga,  guruhlar  ichida  esa  alohida  quyi  guruh  tovarlari  savdosiga,  masalan, 

non va non mahsulotlari savdosi, qishloq xo’jalik mahsulotlari savdosi, alkogol va 

alkogolsiz  ichimliklar  savdosi,  xo’jalik  mollari  savdosi,  qurilish  materiallari 

savdosi,  avtomobillar  savdosi,  avtomobillar  yoqilg’isi  savdosi,  aralash  mollar 

savdosi,  dori-darmonlar  savdosi,  tibbiy  texnika  va  optika  tovarlari  savdosi,  tillo 

buyumlar savdosi va shu kabi boshqa turlarga bo’linadi.  

Savdo faoliyatining barcha turlari, ularni amalga oshirish shartlari va tartibi 

respublikamizda  davlat  tomonidan  qabul  qilingan  me’yoriy  hujjatlar  bilan  qat’iy 

tartibga  solinadi

4

.  Respublikamizda  chakana  savdo  litsenziyalashtiriladigan, 



chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish esa litsenziyalashtirilmaydigan faoliyat 

turiga  kiradi.  Alohida  olingan  tovarlarning,  masalan,  alkogoli  ichimliklarning 

sotilishi mahsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.  

Savdo faoliyatining turlariga va davlat statistika organlari beradigan tarmoq 

(faoliyat) kodiga ko’ra savdo korxonalari quyidagilarga bo’linadi:  

  Ulgurji savdo (71100) 



  Chakana savdo (71200) 

  Umumiy ovqatlanish (71300). 



Ulgurji  va  chakana  savdo  korxonalariga,  o’z  navbatida,  mulkiy  shakli, 

sotadigan  tovarlarining  turlari  bo’yicha  mahsus  ichki  savdo  tarmog’i  kodlari 

beriladi.  

«SHAXRABONU  MADINA  SAVDO»  MCHJ  davlat  statistika  organlari 

tomonidan berilgan tarmoq (faoliyat) kodi- 71280,

 

korxona asosan chakana savdo, 



paynet, kampyuter o’yinlari va asosiy vositalarni ijaraga berish bilan shug’ullanadi. 

                                                           

4

  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining    «O’zbekiston  Respublikasida  chakana 



savdo  qoidalarini  hamda  O’zbekiston  Respublikasida  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini

 

(xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi  Qarori № 75. 




10 

Korxonada  yillik  o’rtachi  xodimlar  soni  11  kishidan  iborat.  «SHAXRABONU 

MADINA  SAVDO»  MCHJning  ustav  kapitali  147  207.2  ming  so’mni  tashkil 

etadi.


  

Xodimlarining  soniga  ko’ra  savdo  korxonalarini  yirik  korxonalar,  kichik 

korxonalar va mikrofirmalarga ajratish mumkin. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  30  avgustdagi  PF-4609 

son

5

 va uni bajarishga doir Vazirlar Mahkamasi tomonidan  2003 yil 11 oktyabrda 



qabul  qilingan  «Kichik  tabdirkorlik  (biznes)  sub’ektlariga  kiradigan  korxona  va 

korxonalarni  klassifikatsiyasini  tasdiqlash  to’g’risida»  439-son  Qaroriga  muvofiq 

savdo va umumiy ovqatlanishda: 

mikrofirmalar  -  bu  band  bo’lgan  xodimlarining  o’rtacha  yillik  soni  ko’pi 

bilan 5 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar; 

kichik korxonalar - bu band bo’lgan xodimlarining o’rtacha yillik soni ko’pi 

bilan 6 kishidan 25 kishigacha bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar; 

Savdo  faoliyatini  yurituvchi  sub’ektlarni  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish 

ularning  mulkiy  va  tashkiliy  shakliga  bog’liq  bo’ladi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  20  avgustdagi  «Tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil 

etish  uchun  ro’yxatdan  o’tkazish  tartiblari  tizimini  tubdan  takomillashtirish 

to’g’risida»gi  357-  son  Qarori  va  ushbu  qaror  bilan  tasdiqlangan  «Tadbirkorlik  

sub’ektlarini    davlat ro’yxatidan   o’tkazish,   hisobga    qo’yish va  ruxsat beruvchi 

hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizom»ga muvofiq savdo va umumiy 

ovqatlanish korxonalari quyidagi davlat organlari tomonidan ro’yxatga olinadi: 

  Toshkent shahrida  tashkil  etiladigan ulgurji va chakana bozorlar, xorijiy 



investitsiya ishtirokidagi savdo korxonalari, shuningdek qonun hujjatlarida ko’zda 

tutilgan  hollarda  boshqa    savdo    korxonalari  –  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligi tomonidan; 

  Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  va  tegishli  ravishda 



Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va  viloyatlarda  tashkil  etiladigan  bozorlar,  ochiq 

                                                           

5

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2014  yil  7  apreldagi  «O’zbekiston  Respublikasida 



investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-

tadbirlar to’g’risida» gi PF –4609-son Farmoniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida. 

 



11 

aksiyadorlik  jamiyatlari  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  boshqa 

korxonalar  -  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  va  viloyatlar  adliya 

boshqarmalari tomonidan; 

  Ma’suliyati  cheklangan  jamiyat,  xususiy  firma  (korxona),  xo’jalik 



jamiyati,  sho’’ba  xo’jalik  jamiyati  va  boshqa  shakllardagi  savdo  va  umumiy   

ovqatlanish  korxonalari  –  ular  joylashgan  joydagi  tuman  va  shahar  hokimliklari 

huzuridagi  «Tadbirkorlik  sub’ektlarini  ro’yxatdan  o’tkazish  inspeksiyalari» 

tomonidan. 

Savdo  korxonalarining  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  belgilab  beruvchi 

mezonlardan  biri  bo’lib  belgilangan  ustav  fondini  o’z  vaqtida  (davlat  ro’yxatidan 

o’tgan  kundan  boshlab  bir  yil  muddatda)  shakllantirish  hisoblanadi.  Ustav 

fondining  chegeralangan  miqdori  faqat  xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi 

korxonalarga,  shuningdek,  ulgurji  savdo  bilan  shug’ullanuvchi  yuridik  shaxslarga 

taalluqlidir. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanuvchi mahalliy 

yuridik  shaxslar  uchun  ustav  fondining  chegeralangan  miqdori  davlat  tomonidan 

belgilanmagan. Faqat qonun hujjatlariga muvofiq ularning muassasalari korxonani 

davlat  ro’yxatidan  o’tkazishgacha  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  xissalarining  30 

foizidagi  miqdorini pul  mablag’lari  bilan oldindan  kirishlari  va  bu bank  hujjatlari 

bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar tadbirkorlik sub’ekti ustav fondi yoki uning 

bir  qismi  mulkiy  ulush  (ko’chmas  mulk,  asbob-uskunalar  va  boshqalar)  yoki 

intellektual  mulk  hisobiga  shakllantirilgan  taqdirda  bank  ma’lumotnomasi  talab 

qilinmaydi. 




Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish