Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi
• Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni
joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:
- viloyat, tuman, shaharning ma'muriy-hududiy tuzilishi;
- hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;
- shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
- ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
- ijtimoiy dorixonalarni xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya
etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi,
shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada).
Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot
birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq shifokorlik punktlarida
joylashtirilishi lozim.
Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va Ijtimoiy dorixona
faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi. Ijtimoiy
dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona
assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari
va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi
shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizasiyasi uchun va dori
vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan
ta'minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
- shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlangan resept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan,
reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini reseptsiz
ravishda chakana realizasiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan
tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlaydi;
- belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q
qiladi;
- iste'molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori
vositalarining nojo‘ya ta'siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
- ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari
ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha
mavjud bo‘lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga
har chorakda ma'lumot taqdim etadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha
maslahat berish va axborot yordami ko‘rsatadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot
berish imkonini ta'minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy
dorixonalar tarmog‘i bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini
yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda
tasdiqlangan cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini
ko‘rinarli joyda joylashtiradi;
- shifokor resepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini
o‘tkazadi. (tegishli lisenziyasi mavjud bo‘lganda).
Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya va ta'mirlash
ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda,
sanitariya kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Davlat sanitariya
nazorati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil etish
Do'stlaringiz bilan baham: |