469 “Young Scientist” . # 17 (307) . April 2020
Young Scientist O’zbekiston Young Scientist O’zbekiston М ОЛ ОД О Й У Ч Е Н Ы Й O’ Z B E K I S TON Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash usullari G’ulomov Jasurbek, talaba
Madaminova Irodaxon, talaba
Andijon davlat universiteti (O’zbekiston)
Nishonboyev Vohobjon, o’qituvchi
Paxtaobod tumani 21-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati
Aslonov Hayrullo, talaba
Dehqonboyev Odilbek, talaba
Andijon davlat universiteti (O’zbekiston)
Ushbu maqolada, quyosh elementlarini optik xususiyatlarini optimallashtirish uchun qo’llaniladigan texnik yechimlarning nazariy asoslari berilgan. Kalit so’zlar: antireflektiv qatlam, quyosh elementi, tekstura, C#, kompleks nur sindirish ko’rsatkichi. Способы улучшения оптических свойств солнечных элементов Гулoмов Жасурбек Журахон угли, студент;
Мадаминова Иродахон Мадаминжон кизи, студент
Андижанский государственный университет имени З. М. Бабура (Узбекистан)
Нишонбоев Вохобжон, учитель физики
21-я государственная специализированная школа-интернат Пахтаабадского района (г. Андижан, Узбекистан)
Аслонов Хайрулло, студент;
Дехконбоев Одилбек, студент
Андижанский государственный университет имени З. М. Бабура (Узбекистан)
В статье приводятся теоретические основы технических решений, используемых для оптимизации оптических свойств солнечных элементов. Ключевые слова: антиотражательное покрытие, солнечная батарея, текстура , C#, комплексный показатель пре- ломления света. Q
ayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan energiya
olish jahon talabiga aylandi. Insoniyat kelajagi qayta
tiklanuvchi energiya manbaalariga bog’liq, chunki qayta
tiklanmaydigan energiya manbaalari agar insoniyat shu tarzda
foydalanishda davom etsa yer yuzida 2081-yilga kelib butkul
tugaydi. Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari orasidan eng
keng foydalanilayotgani — quyosh elementidir. Ya’ni quyosh
energiyasini elektr energiyasiga aylantirish biz uchun arzon
hamda qulay.
Bugungi kunga kelib juda ko’p turdagi quyosh elementlari
ixtro qilindi. Kremniy asosli, perovskite, organik va hokazo.
Bularning orasidan keng miqyosda ishlab chiqarilayotgani —
kremniy asosli quyosh elementi. Chunki, kremniy elementi yer
yuzida eng keng tarqalgan hamda arzon hom ashyodir. Bundan
tashqari, ishlab chiqarish texnologiyasi ham arzon. Lekin foydali
ish koeffitsienti ishlab chiqarishda 19.6 % ni tashkil etmoqda.
Boshqa turdagi quyosh elementlarining laboratoriya sharoitida
foydali ish koeffitsienti 20–40 %atrofida ammo tannarx jihatidan
juda ham qimmat. Bu esa keng miqyosda ishlab chiqarish uchun
tadbiq qilishga to’sqinlik qilmoqda. Shuni takidlashimiz joizki,
qilinayotgan ixtirolar eng avvalo jamiyat uchun foydali bo’lmog’i
zarur. Demak biz asosan tannarxi arzon va keng tarqalgan
moddalardan tarkib topgan quyosh elementlarini loyihalashimiz
kerak.
Quyosh elementlarini foydali ish koeffitsientini oshirish
uchun eng keng tarqalgan uslubi optik xususiyatlarini yaxshilash
ya’ni yutilish koeffitsientini oshirishdir.