Ч а с т ь I i I главный редактор



Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/91
Sana23.12.2022
Hajmi4,09 Mb.
#894586
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
moluch 370 ch3

Ключевые слова:
 транзитный коридор, терроризм, СНГ, ШОС, конвенция, саммит, предвестник, Шанхайская пятерка.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti,
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa
xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish —
O'zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi
[1].
Sh. M. Mirziyoyev
X
XI asr taraqqiyot asri bo'lish bilan bir qatorda, ayrim jiddiy 
global muammolari bilan bashariyatni xavotirga solayotgani 
sir emas. Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur o'ylangan 
amaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish 
bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim 
vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.
Xalqaro jinoyat huquqi va unga turdosh bulgan institutlar 
doirasida xalqaro tinchlik va xavfsizlikka g'oyatda jiddiy 
tahdid sifatida e'tirof etilayotgan agressiya, urushning 
udum va qoidalarini buzish, harbiy mojarolar davrida inson 
huquqlarining vahshiy buzilishlari, genotsid, terrorizm kabi 
illatlarga karshi kurash jahon hamjamiyati tomonidan universal 
ravishda XX asrning boshlarida boshlangan [2].
Xalqaro va milliy munosabatlarda huquqqa aniq rioya 
etilishini ta'minlash, qurollar poygasini to'xtatish, xalqaro 
huquqning yadrosini tashkil etadigan inson huquqlari va 
xalqaro gumanitar huquq, xalqaro jinoyat huquqi sohalari 
bo'yicha xalqaro shartnomalarning barcha davlatlar tomonidan 
ratifikatsiya qilinishiga erishish kabi maqsadlar jahon 
hamjamiyati uchun hanuz o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q [3].
Negaki, insoniyat terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik 
moddalarning noqonuniy aylanmasiga barham berishni o'z 
oldiga maqsad qilib qo'ygan bo'lsada, lekin hali-hanuzgacha bu 
jinoyatlar sodir etilmoqda va ularning soni tobora ortmoqda.
Davlatlar yuqorida sanab o'tilgan xalqaro xarakterdagi 
jinoyatlarga qarshi birgalikda xalqaro hamda mintaqaviy 
tashkilotlar doirasida o'z kuchlarini va barcha imkoniyatlarini 
birlashtirgan holda harakat qilishmoqda. Bunday maqsadlarni 
amalga oshirish masalasida O'zbekiston Respublikasi ham turli 
xildagi xalqaro hamda mintaqaviy va boshqa tashkilotlar bilan 
hamkorlikni davom ettirmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada 
BMT minbaridan turib dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, 
so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch 
ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan 
dalolat berayotganligini, bu borada ko'p hollarda tahdidlarni 
keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki 
ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib 
qolinayotganligini shuningdek, xalqaro terrorizm va 
ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va 
murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblashini aytib o'tdi [4].
Bundan tashqari, giyohvand moddalar va ularning 
noqonuniy aylanmasi dunyodagi dolzarb muammolardan biri 
bo'lib qolmoqda. O'zbekiston, butun Markaziy Osiyo uchun 
asosiy giyohvand moddalar xavfi dunyoda opiatlar ishlab 
chiqarishda yetakchi hisoblanuvchi qo'shni Afg'oniston orqali 
o'tadi. Mintaqani MDH mamlakatlari bilan bog'laydigan 
transchegaraviy va transkontinental havo, temir yo'l va 
avtomobil yo'llari giyohvand moddalar kontrabandasi uchun 
jozibador «tranzit koridorlar» hisoblanadi.
Bundan tashqari, xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashning 
samaradorligini oshirish jahon xaritasida suveren davlat sifatida 
shakllangan O'zbekiston Respulikasi uchun ham dolzarb 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu esa mamlakatimiz Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatimizda korrupsiya, turli 
jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga 
qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo albatta 
muqarrar ekani to'g»risidagi qonun talablarini amalda ta'minlash 
bo'yicha qat'iy choralar ko'rish zarurligini ta'kidlaganida ham 
namoyon bo'moqda [5].
Bundan tashqari, mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlash, 
fuqarolarimizning jamiyatda erkin va farovon yashashlari 
uchun, iqtisodiyotning yanada rivojlanishi uchun ham 
jinoyatchilikka barham berish masalasi dolzarb ahamiyat 
kasb etadi. 2017–2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha ishlab 
chiqilgan Harakatlar Strategiyasining 2.4-bandida ham 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini 
olish tizimini takomillashtirish masalalari [6] kiritilganligi ham 
yuqoridagi fikrlarni yana bir bora isbotlaydi.
Yuqorida keltirilgan omillar sababli O'zbekiston 
Respublikasining mintaqadagi jinoyat sohasida yo'lga qo'yilgan 



Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish