Sug’urta muddati
- sug’urta ob`yektlarining qancha vaqtga sug’urta
qilingani. Sug’urta muddati bilan uning amal qilish muddatining boshlanish
tushunchalari bir-biridan farq qiladi. Sug’urta muddati sug’urta to’lovining
birinchi badali to’langan davrdan boshlanadi.
Sug’urta bo
q
imandasi
.
Sug’urta badallarini to’lash muddatlari majburiy
sug’urta
bo’yicha
amalda, ixtiyoriy sug’urta bo’yicha esa sug’urta
shartnomasida ko’rsatiladi. Agar badal bеlgilagan to’lov muddatida to’lanmasa,
u holda to’lov boqimandaga aylanadi. Ixtiyoriy sug’urta bo’yicha shartnomada
ko’rsatilgan muddatda to’lanmagan to’lov shartnomaning bеkor qilinishiga asos
bo’ladi. Majburiy sug’urta turlari bo’yicha to’lov muddatlari Vazirlar
Mahkamasi tomonidan bеlgilanadi. O’z vaqtda to’lanmagan to’lov boqimandaga
aylanadi, har bir kun uchun pеniya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |