Ijodkorlik ijodkor
shaxs kreativ
shaxs tushunchasi
Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. O'qituvchining profesional odobi bu xususiyatni ham o'z ichiga oladi. Ma'lumki, inson oldida bir muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug'iladi. O'qituvchilik kasbi ana shunday xususiyatga ega. Chunki o'qituvchilik ishida hamma vaqt ham qo'llash mumkin bo'lgan tayyor qoida, retsept yoki shablonlar yo'q. Pedagog o'quvchi shaxsni shakllantiradi, kutilmagan vazifalarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o'quv jarayonini mustaqil bajaradi. Bolalaraing hammasida ijodkorlik mavjud. Pedagogik ijodkorlikning tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq.
Pedagogik ijodkorlik manbai - pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba deganda. o'qituvchining o'z vazifasiga ijodiy, yangicha yondashishi, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasida yangi samarali yo'l va vositalarni qidirib topa bilish tushuniladi, ijodiy ishlaydigan o'qituvchi tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur, chunki hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o'quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgatish va jalb etishni talab qiladi. O'qituvchining pedagogik odob madaniyati, obro'si qanchalik baland bo'lsa, ta'lim va tarbiya ishlari shunchalik samarali va ta'sirli bo'ladi.
Zamonaviy ta'lim o'qituvchidan quyidagi vazifalarni e'tiborga olishni talab qiladi:
- o'z mutaxassisligi bo'yicha eng so'nggi bilimlardan xabardor bo'lib borish, ta'limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o'quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
-ta'limda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e'tiborga olib o'z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
- o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish;
- o'quvchilar tomonidan o'rganilayotgan o'quv fanlarining o'zaro aloqadorligini ta'minlash;
“Dumaloq stol” usulidan foydalanish.
Talabalarni kichik
guruhlarga (KG) 2-3
tadan qilib bo`linadi
Sаvоllаr yo`zilgan
varaqlarni tаrqatiladi
1-2 daqiqa
davomida
berilgan savolga
uozma javobni uozish
va bu varaqni
boshqa guruh
talabalariga
uzatish
12 dаqiqadаn so`ng
O`qituvchi tarqаtilgan
varaqlarni yig`ib
oladi
javob bergan kichik
guruh talabalariga
bаhо qo`yadi
ulardan ularning
varaqlarini оlib
u yrdagi savolgа
javob berish
Vazifasi beriladi
Quyida tajribali ustoz o'qituvchilar sinovidan o'tgan, ijodiy kayfiyatni ta'lim jarayonida shakllantirishning ba'zi vositalarini havola etamiz: - Quyida tajribali ustoz o'qituvchilar sinovidan o'tgan, ijodiy kayfiyatni ta'lim jarayonida shakllantirishning ba'zi vositalarini havola etamiz:
- • Yangi o'rganilayotgan o'quv mavzusidan o'z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirish.
- Sinf o'quvchilari bilan bo'layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish.
- His-tuyg'u va kechinmalarini yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo'naltira olish.
- O'quvchilarning nojo'ya xatti-harakatlariga doimiy e'tibor bermaslik va qulay vaziyatda rasmiy, ta'sirchan tanbeh berish.
O'quvchilar bilan munosabat. O'qituvchi oldida o'quvchilarni ta'limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa turadi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o'qishga tortishda o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi mehnati asosiga qurilgan. O'qituvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvining mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi ta'lim tizimida adekvativ o'zgarishlarni talab etadi. V. I. Juravlevning ta'kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operatsiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa bo'lib egallash va mustaqil bo'lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo'lish uchun) ham talab etadi. - O'quvchilar bilan munosabat. O'qituvchi oldida o'quvchilarni ta'limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa turadi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o'qishga tortishda o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi mehnati asosiga qurilgan. O'qituvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvining mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi ta'lim tizimida adekvativ o'zgarishlarni talab etadi. V. I. Juravlevning ta'kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operatsiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa bo'lib egallash va mustaqil bo'lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo'lish uchun) ham talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |