C/C++ tilida o’zgaruvchilarni ishlatishdan oldin albatta e’lon qilinishi shart. O’zgaruvchilarni e’lon qilishda quyidagi tiplar ishlatiladi: 1. char – simvolli o’zgaruvchilar uchun. Masalan: char x, y, z; Simvolli o’zgaruvchilar ‘ ‘ ichida yoziladi va ASCII kodlariga mos keladi (American Standart Code for Information Interchange). Xotiradan 1 bayt joy oladi. Masalan: x=‘a’; y=‘6’; z=‘*’; 2. int – butun tipli o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 2 bayt joy oladi. Masalan: int x, y, c; Butun sonlar -32768 dan +32767 gacha qabul qilinadi. x=234; y=-56; c=33000; z=9.99; 3. long – butun tipli katta o’zgaruvchilar uchun. Xotiradan 4 bayt joy oladi. Masalan: long a1, A1; Katta butun sonlar -2147483648 dan +2147483648 gacha qabul qilinadi. a1=123456789; A1=-34;
Do'stlaringiz bilan baham: |