1. Arifmetik operasiyalar: +, -, *, /, % Izoh: agar / amali faqat butun sonlar ustida bajarilayotgan bo’lsa, natija ham butun chiqadi. Masalan: 9/5=1 (1.8) Shuning uchun maxrajiga nuqta qo’yib yoziladi. Masalan: 9/5.=1.8 % operasiyasi butun sonni butun songa bo’lgandagi qoldiqni bildiradi. Masalan: 9%5 = 4; 9%2 = 1; 100%25 = 0 2. Taqqoslash operasiyalari: > katta >= katta yoki teng < kichik <= kichik yoki teng = = tengmi? != teng emas Masalan: a > c; x1 >= X1; n = = m; S != s; 3. Mantiqiy operasiyalar: && - mantiqiy ko’paytirish (va) || - mantiqiy qo’shish (yoki) ! - mantiqiy inkor (emas) Masalan: i >50 && j ==24; s1 < s2 && (s3 >67 || s4 <=22); Javob rost bo’lsa natija 1 chiqadi, javob yolg’on bo’lsa natija 0 chiqadi. 4. Qiymat beriish operasiyalari: a) Oddiy operasiya: masalan: a=5; b=2*c; x=y=z=3; a=(b=c)*d y=tan(x*x*x+76.8); 3=f1+f2 deb yozib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |