Buyuk Ipak yoʻli
1. Belgili roʻyxat qismi
Caption text
Sarlavha matni Sarlavha matni Sarlavha matni
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Misol
Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari
bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining
oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra,
yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo
taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu
qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to
Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb
oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin
bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil
boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan
lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan
koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit
toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib
topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan
tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib
ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak
yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon
yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan
buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb
hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari
kashf etilgan edi.
Shuni aytib oʻtish lozimki, bu yoʻl hech qachon yagona bir yoʻl boʻlmasdan, balki azim bir
daraxtning sadasiga oʻxshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan
edi. Masalan, Osiyoni sharqdan gʻarbga qarab kesib oʻtuvchi asosiy yoʻllardan biri qadimiy
Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-gʻarbiy chegaralarigacha Gobi
sahrosining cheti boʻylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali oʻtgan. Tyan-Shan tizmasi
dovonidan oshib oʻtgan karvonlarinng bir qismi Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasi orqali
Soʻgʻdiyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy
dengizi qirgʻoqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga
borar va Qashqadaryo vodiysi dan oʻtib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib
oʻtib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi. Yoʻlning yana bir yoʻnalishi Tarim
shahridan chiqib, Takla-Makon sahrosini janub tarafidan aylanib oʻtib, Xotan va Yorkent
shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afgʻoniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron,
Suriya davlatlari orqali oʻtib, Oʻrta Yer dengizi boʻyiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi
dengiz yoʻli bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon
yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak mahsulotlari
edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto
tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning
narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni
yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi.
Ushbu karvon yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“ deb
Buxoro shahri
nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan.
„Buyuk Ipak yoʻli“ atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877- yilda oʻzining
„Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib
oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda
qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim
qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar
tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali
qoʻylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va
metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi.
Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari,
toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak yoʻli orqali
nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy
gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga
hukm surgan boʻlib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik
Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII
asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan yoʻllari
boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari
quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan oʻrta asrlardagi
Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari,
karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi
Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn
Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda
shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella
Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning
yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yotgan
mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik. Sharq
va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi
qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent
shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida
mujassam etadi.
"Qadimda va oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarb mamlakatlarini ilk bor oʻzaro bogʻlagan qitalararo
karvon yoʻli (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk ipak yoʻli y. atamasi ushbu yoʻldan
tashilgan qimmatbaho tovar —
Xitoy
ipagi bilan bogʻliq. Gʻarb mamlakatlari uzoq vaqtgacha
ipakchilik sirasrorlaridan bexabar boʻlishgan.
OʻzME
Buyuk ipak yoʻli y. atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻli y.ni tarixiy, geografik va
madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-
yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli
hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil
mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo
materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini „Ipak yoʻli“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk
ipak yoʻli y.“ atamasi qabul qilingan.
Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida Oʻrta Osiyo karvon yoʻllari orqali
amalga oshirilgan aloqalar mavjud boʻlgan. Bunga Togʻli Oltoydagi Poziriq qoʻrgʻonidan topilgan
Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyodan topilgan yunon buyumlari
misol boʻlishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar
toʻgʻri yoʻlga solingan. Buyuk ipak yoʻli y.ning sharqiy qismini barpo etishda sugʻdiylar katta rol
oʻynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sugʻdiyona mamlakati i stilo etilishi bilan koʻplab
sugʻdiylar sharqqa tomon koʻchganlar va Buyuk ipak yoʻli y.ning markaziy qismini — Oʻrta
Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha boʻlgan oraliq masofada savdo faktoriyalari
(manzilgohlari) bunyod etganlar. Oʻz navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik
oxirida oʻz hududini Oʻrta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yoʻnalishga alohida
eʼtiborini qaratadi va bu yoʻl haqida maʼlumot toʻplash, aygʻoqchilik va diplomatik maqsadlarida
elchi Chjan^Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi Oʻrta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol
shahridan Serika (Xitoy)gacha boʻlgan masofa boʻylab tuzilgan dastlabki batafsil yoʻllik
makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu maʼlumotlar
Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qoʻllanma“sida saqdangan. Ptolemey esa oʻz navbatida bu
maʼlumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107— 114 yillar oraligʻida yozilgan va bizgacha yetib
kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu maʼlumotlarga kura, Buyuk ipak yoʻli y. 2 katga kiyemga
boʻlingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqoʻrgʻon)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yoʻlning
Oʻrta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning jan. va Afgʻonistonning shim.gʻarbida
joylashgan qad. viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yoʻl shim.ga Margʻiyonadagi Antioxiyaga
(Bayramali shahri yaqinidagi koʻhna Marv shahri harobasi) ketgan, soʻngra sharqqa burilib Baktra
(Shim. Afgʻonistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yoʻl shim. tomon yoʻnalib Termiz
atrofida Amudaryodan oʻtilgan va soʻngra 2 tomonga ketilgan. 1si, shim.si boʻylab Temir
darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Fargʻonaga ketilgan. 2si, jan.si esa
Surxondaryo vodiysi boʻylab komedlarning togʻli oʻlkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har
ikki yoʻnalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari
Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan soʻng yoʻl Oʻrta Osiyo hududidan
tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qoʻnimgohi“ joylashgan, soʻngra yoʻl
TaklaMakon choʻlidan oʻtib Dunxuanga, soʻngra Xitoyning qad. poytaxti — Chananga olib borgan.
Bu yerdan yoʻl ehgimol shim.gʻarbga Koreya va Yaponiyaga ketgan boʻlsa kerak. Milodiy 5—8-
asrlarda Buyuk ipak yoʻli y.ning Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sugʻd, soʻngra
Poykend, Marv boʻylab Eron Xurosoniga eltuvchi shim. qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni
shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib oʻtish taqiqlanganligi munosabati bilan sugʻd
savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sugʻd va Xorazmdan Kaspiy dengizini
aylanib oʻtib, Shim. Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik
Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yoʻl tarmogʻini ochadilar. Gʻarbda yuksak kadrlangan,
qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya
imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qoʻshni „varvar“ — german va slavyan
qabilalarining hukmdorlarini oʻz tomonlariga ogʻdirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq
sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk
xoqonligi oʻrtasidagi iqtisodiy raqobat obʼyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak“ yoʻli aftidan uzoq
vaqt mavjud boʻlmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish boʻyicha monopol
huquqdan mahrum boʻlgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar koʻp miqdorda ipak yetishtirar
ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo
etilishi va uni astasekin Zakavkazye va Oʻrta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak
yoʻli y.ning tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq
bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin
boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning
ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.
1987 yil
YUNESKO
madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak
yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy
tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq
bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk
qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat.
Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil okt.; Buxoro,
1996 yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli y. boʻylab birgalikda xalqaro
ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi,
baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi. Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (
Hindiston
,
Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻli y.ni oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy
intlar barpo etilgan. Maye, BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997 yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan
Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari
Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va
madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega
boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda [qarang Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi
(TRACECA)]. Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini
qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha
boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻli y.ning „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Soʻnggi tahrir 15 kunlar avval Stang tomonidan amalga oshirildi
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻli y.ni tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995 yil 2 iyunda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimovning Buyuk ipak yoʻli y.ni qayta tiklashda
Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalkaro sayyohlikni rivojlantirish
borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi (yana qarang
Buyuk ipak yoʻli
sayyoxlik yoʻnalishlari
)."
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Buyuk_I
pak_yo%CA%BBli&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Buyuk_Ipak_yo
ʻ
li&oldid=2392
853
" dan olindi
Vikipediya
Do'stlaringiz bilan baham: |