C va 100 kPa gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang



Download 22,89 Kb.
Sana11.03.2022
Hajmi22,89 Kb.
#489077

1. Mg va MgO dan iborat aralashma yetarli miqdordagi 76,8 ml (p = 1,25 g/ml) 24,5% li sulfat kislota eritmasida eritildi. Natijada 5 litr (270C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang.
A) 24,48*1023 B) 6,02*1023
C) 12,04*1023 D) 34,82*1023

2. A va B moddalar orasidagi reaksiya 2A + B → C bilan ifodalanadi. A va B moddalarning boshlang`ich konsentratsiyasi mos ravishda 2,2 va 1,4 mol/l ni tashkil etadi. Boshlang`ich vaqtdagi tezligi esa 6,776 mol (l*min) ga teng bo`lsa, A moddaning konsentratsiyasi 0,8 mol/l ga kamaytirilgan vaqtdagi tezligini (mol/(l*min) hisoblang.


A) 2,96 B) 2,8 C) 1,4 D) 1,96

3. Tarkibida 64% tuz bo`lgan kristallogidrat va H2O qanday massa nisbatda aralashtirilganda 40% li eritma hosil bo`ladi?


A) 1:1,2 B) 1:0,6 C) 1:2,5 D) 1:0,8

4. Alkenga xlorid kislota ta`sir ettirilganda 7,85 g monoxloralkan, bromid kislota ta`sir ettirilganda esa 12,3 g monobromalkan hosil bo`ladi. Alkenni toping.


A) C5H10 B) C2H4 C) C4H8 D) C3H6

5. Alkan molekulasidagi protonlar sonini toppish formulasini ko`rsating.


A) N = 6n + 2 B) N = 6n – 2
C) N = 2n + 2 D) N = 8n + 2

6. Sxemadagi barcha noma`lum moddalar tarkibida azot borligi ma`lum bo`lsa, C va F moddalarni aniqlang.



1) NH3; 2) NO2; 3) NO; 4) HNO2; 5) HNO3; 6) NH4NO3; 7) N2O; 8) N2.
A) 4, 6 B) 5, 6 C) 2, 7 D) 1, 8

7. Natriy dixromat, temir (III) sulfat, seziy pirofosfat moddalaridagi jami kimyoviy bog`lar yig`indisi qancha bo`ladi?


A) 50 B) 32 C) 51 D) 52

8. Uglerod oksidlarning hajmi 5,6 litr (n.sh.) bo`lgan aralashmasida 4,7 mol proton bo`lsa, aralashma natriy gidroksid eritmasi orqali o`tkazilganda uning hajmi necha marta kamayadi?


A) 3 B) 4 C) 2,5 D) 5

9. Azot va metanning 60 ml aralashmasi 60 ml (mo`l miqdordagi) kislorodda yondirildi. Reaksiya tugagandan so`ng reaksion aralashma dastlabki sharoitga keltirilganda aralashmaning hajmi 80 ml ga teng bo`lsa, dastlabki aralashmadagi azotning hajmiy ulushini aniqlang.


A) 1/3 B) 2/3 C) 3/4 D) 1/4

10. 32,6 g Na va K dan iborat aralashmaga suyultirilgan HNO3 ta`sir ettirilganda argonga nisbatan 10% og`ir bo`lgan 2,8 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Hosil bo`lgan natriyli tuzning massasini (g) toping. Metallar faqat kislota bilan ta`sirlashadi deb hisoblang.


A) 17 B) 42,5 C) 34 D) 10,5

11. Galogenangidridlar qaysi guruhning o`rniga galogen almashinishi hisobiga vujudga keladi?


A) –COH B) –OH C) –COOH D) –H

12. Noma`lum konsentratsiyali (mol/l) CuSO4 eritmasiga 3M li 400 ml CuSO4 eritmasidan qo`shilganda hosil bo`lgan eritmaning hajmi 2 marta, konsentratsiyasi esa dastlabki eritmaga nisbatan 1,25 marta ortgan bo`lsa, dastlabki eritmada necha mol CuSO4 bo`lganligini toping.


A) 0,8 B) 1,5 C) 2,5 D) 2

13. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 144 g ga kam bo`lsa, aralashmadagi natriy gidrofosfatning massasini (g) toping. (m(Na) + m(P) = 92,5).


A) 142 B) 204 C) 138 D) 136

14. 14,7 g sulfat kislotaning miqdorini (mol), molekulalari sonini aniqlang.


A) 23,12; 0,23*1023 B) 6,6; 0,88*1023
C) 11,12; 10*1023 D) 0,15; 9,03*1022

15. Bir xil hajmli, bosimi 8 atm SO2 va 6 atm O2 gazlari reaksiyaga kirishganda sistema bosimi 12 atm ga teng bo`ldi. Ushbu 2SO2(g) + O2(g) ↔ 2SO3(g) reaksiyada kimyoviy muvozanat doimiysini (Kp) toping.


A) 0,25 B) 2,5 C) 10 D) 20
16. Amigdalin gidrolizlanganda qanday mahsulotlar hosil bo`ladi?
1) glyukoza; 2) fruktoza; 3) sirka aldegid; 4) benzaldegid; 5) glitserin; 6) sianid kislota; 7) karbonat angidrid.
A) 3, 5, 7 B) 1, 3, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 4, 6

17. Rux va kumushning ikki xil qotishmasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Rux va kumushning massa nisbati 11:27 bo`lgan 54 kg yangi qotishmani olish uchun birinchi qotishmani qanday massada (kg) olish kerak?


A) 32 B) 28 C) 22 D) 8

18. 5,6 litr (n.sh.) ozon olish uchun talab etiladigan bariy peroksid massasini (g) aniqlang.


A) 42,25 B) 114,75 C) 229,5 D) 126,75

19. tibbiyotda “purgen” nomi bilan surgi sifatida qaysi modda ishlatiladi?


A) o-ftal kislotaning dimetil efiri
B) fenolftalein
C) ftal angidrid
D) benzoy kislota

20. Berilgan tartibda element va uning ionining radiusi qanday o`zgaradi?



a) ortadi; b) kamayadi; c) o`zgarmaydi.
A) 1-b; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-a; 3-c
C) 1-c; 2-a; 3-b D) 1-a; 2-b; 3-b

21. 37,2 g aniline sirka angidrid bilan reaksiyaga kirishib necha gramm atsetanilid hosil qiladi?


A) 48 B) 24 C) 40,8 D) 54

22. PbS ning 0,75 mol O3 bilan oksidlanishidan hosil bo`lgan tuzning massasini (g) va gazning hajmini (l, n.sh.) toping.


A) 227,2; 16,8 B) 227,2; 84
C) 113,6; 8,4 D) 113,6; 16,8
23. 360 g 3 molyarli (p=1,2 g/ml) NaOH eritmasiga 7,5 molyarli (p=1,5 g/ml) NaOH eritmasidan qancha (g) qo`shilganda 14% li eritma hosil bo`ladi?
A) 360 B) 240 C) 160 D) 280

24. E+3 ioni … 3s23p63d5 konfiguratsiyaga ega bo`lsa, elementni aniqlang.


A) marganes B) xrom C) temir D) gaalliy

25. Fosfor va uglerodning 6,05 g aralashmasi 80% li H2SO4 eritmasida eritilganda hosil bo`lgan gazlar aralashmasini oksidlashga 5% li bromli suvdan 2,8 kg sarflangan bo`lsa, gazlar aralashmasining etanga nisbatan zichligini aniqlang.


A) 1,633 B) 1,933 C) 2,07 D) 2,124

26. Dibromalkanga o`yuvchi kaliyning spirtdagi eritmasi ta`sir ettirilganda 47,6 g kaliy bromide olindi. Agar dastlabki dibromalkanning hosil bo`lgan alkindan massa farqi 41,8 g ga teng bo`lsa, alkinni toping. (η = 80%)


A) C2H2 B) C3H4 C) C4H6 D) C5H8

27. Argentit mineralining tarkibi qaysi moddadan iborat?


A) Ag2O B) Ag4C C) Ag2S D) HgS

28. Fosforning ikkita soni tarkibida s-elektronlar soni o`zaro teng, p-elektronlar esa 1:2 nisbatda. Shu ikki iondagi elektronlar yig`indisini toping.


A) 30 B) 33 C) 22 D) 38

29. Quyidagi moddalarni kristall panjaralari turi bilan to`g`ri juftlab ko`rsating.


1) quruq muz; 2) olmos; 3) benzol; 4) kaliy; 5) natriy;
6) metan. a) molekulyar; b) atom; c) ion; d) metall.
A) 1-a; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-a
B) 1-b; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-a
C) 1-a; 2-b; 3-a; 4-d; 5-c; 6-d
D) 1-a; 2-b; 3-a; 4-b; 5-c; 6-a

30. 0,1 mol kislorodda 6,9 g natriy metali oksidlandi va qizdirish davom ettirildi. Hosil bo`lgan qattiq modda(lar) issiq suvda eritilishidan hosil bo`lgan gazning hajmini (l) aniqlang.


A) 0,336 B) 0,112 C) gaz ajralmaydi D) 0,56


Download 22,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish