Visual Studio 2019
Suxrob Xayitmurodov
Ushbu maqolada sizga Visual Studio 2019 matn muharriri bilan tanishtirib chiqaman!
Oldingi maqolam uni qanday yuklab olish va o’rnatish haqida edi, bu maqola esa uni qanday ishlatish haqida
Ushbu muharrir kompilyatorlarni, kodlarni to’ldirish uchun muhitlarni va yana ko’plab hususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari ushbu muharrirda ko’pgina grafik dizaynlar qilsak ham bo’ladi (kompyuter va mobil dasturlar dizayni).
Boshladik unda!!!
Create a new project – yangi fayl yaratish.
Run your code – kodingizni ishga tushirish.
Launch Live Share – Ijtimoiy tarmoqlarda jonli efir qilish.
Send feedback – Mulohazalar yuborish (qo’shimcha fikrlar bildirish).
Add control to your UI – UI dizayningizni nazorat qilish.
Manage files, projects, solutions – Fayllar, Loyihalar, Mashqlarni boshqarish.
Collaborate on code projects with your team – Jamoa bilan kod loyihalarda ishlash.
Manage your Azure resources – Azure resurslaringizni boshqaring.
Bu rasmda sizga barcha resurslar ko’rsatilgan:
1.
Solution Explorer – Bu sizga kod fayllarini ko’rish, navigatsiya qilish va boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari siz bu menyu orqali kodingizni tartibga solishingiz mumkin.
2.
The Editor Window – Bu joyda siz kodlashingiz, dasturingizni dizaynini chizishingiz mumkin (bu yerda u Program.cs deb nomlangan).
3.
Team Explorer – Bunda Git va TFVC platormalarida loyihalar bilan tanishish va boshqalar bilan loyihangizni baham ko’rish imkonini beradi
Qolgan parametrlarni keyinchalik o'zingiz kod yozish mobaynida bilib boraverasiz, ularni tushuntirib o'tirishga hojat ham yo'q, barchasi oddiy va elementer funksiyalar!
O'zgaruvchilar
Abduxoshimov Hondamir
Barcha dasturlash tillarida eng ahamiyatli o’rinlardan birida turadigan, hamda ko’pchilikka ilk dasturlashni boshlash chog’larida muammo bo’lishga ulgurgan, ushbu mavzu to’g’risida yaqin daqiqalar ichida tushunmovchiliklarga barham beramiz. Kitobiy gaplardan boshlaganimga e’tibor bermasligingizni so'rayman, kompyuter qarshisida ko’p o’tirishning oqibati shunaqa bo’larkan. Hop endi mavzuga qaytamiz. O’zgaruvchi - bu turli xil ko’rinishdagi ma’lumotlarni o’zida saqlab turuvchi va dastur ishlash davomida qiymati o’zgarib boradigan konteyndir. Tushunish qiyin bo’lganduraa? Kayfiyatni cho’ktirmaymiz. Keling berilgan iboraga, hayotiy misol orqali o’xshatish berib ko’ramiz: Tasavvur qiling sizning uyingizda omborxona bor. Tabiiyki u yerda , kundalik yumushlaringizda foydalanadigan ishchi qurollar (ketmon, lapatka...) va oyingiz tayyorlagan kampot-u qiyomlar saqlanadi. Kampot shirin bo’lganidan yozning jazirama issig’ida zo’r ketadi va ombor ham asta-sekinlik bilan bo’shashni boshlaydi. Lekin omborga kirib, uni ochmaguningizgacha qishin – yozin turaveradi. O’zgaruvchilar ham bir ombor hisoblanadi. Ular ham o’zida ma’lum bir toifaga oid qiymatlarni saqlab boradi.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish. O’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun birinchi navbatda uning qaysi toifaga tegishliligi, uning nomi hamda unga beriladigan qiymatlarni aytib qo’yish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |