for (i = imin; i < = imax; i = i + i qad)
for (j = jmin; j < = jmax; j = j + j qad)
for (k = kmin; k < = kmax; k = k + k qad)
{ buyruqlar; }
Uchta ichma-ich joylashgan holni tanladik. Aslida ularning soniga chegara qo‘yilmagan. Buyruqning bajarilish tartibi quyidagicha:
Tashqi sikl parametri o‘zining boshlang‘ich imin qiymatini qabul qiladi va oxirgi imax qiymati bilan solishtiradi. Agar i<=imax mantiqiy ifodaning qiymati chin bo‘lsa, o‘rta sikl parametri o‘zining boshlang‘ich jmin qiymatini oladi va oxirgi jmax qiymati bilan solishtiradi. Agar j<=jmax mantiqiy ifodaning qiymati chin bo‘lsa, ichki sikl parametri o‘zining boshlang‘ichkmin qiymatini oladi va oxirgi kmax qiymati bilan solishtiradi.
Icham ich joylashgan sikllar
Agar k<=kmax mantiqiy ifodaning qiymati rost bo‘lsa, buyruqlar bir marta bajarilib, ichki sikl parametri bir qadamga ortadi (k=k+kqad) va yana k<=kmax mantiqiy iofodaning qiymati tekshiriladi. Agar u rost bo‘lsa, buyruq yana bir marta bajariladi va hokazo bu jarayon k>kmax bo‘lguncha davom etadi. So‘ngra o‘rta sikl parametri bir qadamga ortadi (j=j+jqad) va j<=jmax shart tekshiriladi. Agar u rost bo‘lsa, ichki sikldagi takrorlanishlar o‘rta sikl parametrining yangi qiymati uchun to‘liq qaytadan amalga oshiriladi va hokazo bu jarayon j>jmax bo‘lguncha davom etadi. Shundan so‘ng tashqi sikl parametri bir qadamga ortadi (i=i+iqad) va i<=imax mantiqiy ifodaning qiymati tekshiriladi. Agar u rost bo‘lsa, tashqi sikl parametrining yangi qiymati uchun o‘rta va ichki sikllardagi takrorlanishlar to‘liq qaytadan amalga oshiriladi va hokazo bu jarayon i>imax bo‘lguncha davom etadi.
Icham ich joylashgan sikllar
Demak, ichma-ich joylashgan uchta siklning bajarilish tartibi soatning sekund, minut va soat millari harakatiga juda o‘xshaydi. Haqiqatdan, minut mili 1 minutga siljiguncha sekund mili 60 ta harakat sodir qiladi, soat mili bir soatga siljishi uchun esa minut mili 60 minutga siljiydi. Ya’ni tashqi sikl paramatri soat miliga, o‘rta sikl parametri minut miliga, ichki sikl parametri esa sekund miliga mos keladi.
Demak, tashqi siklda 5 marta, o‘rta siklda 8 marta, ichki siklda 9 marta takrorlanishi sodir bo‘lsa, buyruqlar jami
5 * 8 *9 = 360 marta bajariladi.
Icham ich joylashgan sikllar
Misol. Natural sonning tub bo‘luvchilarini va ulaming yig‘indisini topish dasturini tuzing.
#include
using namespace std;
int main()
{
int n,s=0,i,j;
bool t=false;
cin>>n;
for (i=2; i<=n; i++)
if (n%i==0)
{
for (j=2; j{
if (i%j==0) t = true;
if (t) break;
}
if (!t) s+=i;
}
cout << s;
return 0;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |