C++ DASTURLASH TILIDA FUNKSIYALARNI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH Reja: 1. Qism dasturlar; 2.Funksiya va ularni e’lon qilish; 3. Funksiya tanasini tasvirlash; 4. Funksiyani e’lon qilmasdan undan foydalanish; C++ dasturlash tilida dastur tuzish vaqtida ma’lum bir jarayonlar bir necha marta bajarilishi yoki bir necha marta murojat qilinishi mumkin.
Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilish kerak bo‘lgan jarayonlarni bir marta tasvirlab keyin shu dasturga murojat qilish imkoniyati mavjud.
Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilishi mumkin bo‘lgan holatlarni qism dastur sifatida e’lon qilish va kerakli joyga shu qism dasturga murojat qilish mumkin.
Ta’rif: Dasturlash tilida yaratilgan dastur tarkibida ma’lum bir vazifani bajaruvchi kichik dasturlar qism dasturlar deyiladi. Qism dasturlarning mohiyati berilgan masala tarkibi ma’lum bir vazifani bajarish kerak bo‘ladi, lekin masala tarkibida ham kichik bir vazifani bajarish kerak bo‘ladi shunday vazifalarni qism dastur yordamida hal etish mumkin. Bunday masalalar asosan matematik masalalar tarkibida ko‘p bo‘lishi mumkin, yoki boshqa sohalarda ham uchrab turadi.
Masalan biror bir tashkilotning ma’lumotlar bazasi berilganda uning tarkibidagi xodimlarning oylik maoshini hisoblash jarayonini qism dastur yordamida hisoblash maqsadga muvofiq.
Agar tashkilot ma’lumotlar bazasi tarkibidagi xodimlarning oylik maoshini qism dastur yordamida hisoblanmasa, har bir xodim uchun oylik maoshini hisoblash jarayonini keltirish kerak, qism dasturdan foydalansa har bir xodim uchun qism dasturga murojaat qilib qo‘yiladi.
Dastur tuzish vaqtida qism dasturlardan qachon foydalanamiz, agar siz hal etadigan masala yoki muommo tarkibida ma’lum bir jarayonlar ikki va undan ortiq sodir bo‘lsa, o’sha jarayonni qism dastur sifatida e’lon qilish kerak va kerakli joyda qism dasturga murojat qilish kerak. Masalan, quyidagi masalaga e’tibor bering.
Bu masala tarkibiga e’tibor qaratsak, birdan n gacha bo‘lgan sonlar yig’indisi bir necha marta bajarilyapti, bu masalani hal etish uchun tuziladigan dastur tarkibida birdan n gacha bo‘lgan sonlar yig’indisini hisoblash jarayonini qism dastur qilib e’lon qilish kerak. Agar qism dastur sifatida e’lon qilinsa, masalani hal etishda qism dasturga ikki marta murojat qilish asosida berilgan masalani hal etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan masalalarga o‘xshash masalalarni hal etish usulini samarasini oshirish uchun qism dasturlardan foydalaniladi. Qism dasturlar C++ dasturlash tilida qisqacha qilib funksiyalar deb ataladi. Demak, funksiyalar ma’lum bir vazifani bajaruvchi dastur tarkibdagi qism dasturlar ekan.
Ta’rif: Dasturlash tilida tuzilgan dastur tarkibidagi ma’lum bir vazifalarni bajaruvchi qism dasturlar funksiyalar deyiladi. Dastur ishlash jarayoni samarasi asosan ikki tur bo‘yicha oshiriladi, ya’ni xotira hajmi va ishlash tezligi bo‘yicha. Dasturning ishlash tezligini oshirish uchun, albatta, dastur tarkibi sodda va ixcham bo‘lishi ta’lab etiladi.
Funksiyalar C++ dasturlash tilida ma’lum bir vazifani bajaruvchi dastur tarkibidagi kichik dasturlar, demak, funksiyani hosil qilish uchun datur tarkibida ma’lum bir vazifalar bir necha marta bajarilish kerak bo‘ladi. C++ dasturlash tilida har qanday dastur hech bo‘lmaganda bitta bosh funksiyani main() funksiyasini o‘z tarkibida saqlaydi. Dastur tarkibida main() funksiyasidan tashqari boshqa funksiyalar ham bo‘lishi mumkin.
Dastur tarkibidagi funksiyaga uning nomi bilan murojat qilinadi, dastur bajarilish vaqtida funksiya nomi uchrasa, komplyator shu funksiyaning tanasiga murojat qilib natijani funksiya nomiga qaytaradi va dastur keyingi qadamlarni bajaradi.
C++ dasturlash tilida funksiyalar ikki guruhga ajratiladi, ya’ni standart va standart bo‘lmagan funksiyalar. Standart funksiyalar C++ dasturlash tili tarkibida biror bir kutubxona tarkibiga joylashtirilgan bo‘ladi. Standart bo‘lmagan funksiyalar dastur tarkibida yaratiladi va unga nomi bilan murojat qilinadi.