062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar 071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar 072 Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. "Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan.
"Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq Debetida:
A) respublikabyudjetidano‘zarohisob-kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetiga o‘tkazilgan summalar;
V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori byudjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari.
Kreditida:
A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika byudjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika byudjetidan kelib tushgan summalar;
V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori byudjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalarining summalari;
D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika byudjeti bo‘yicha ochilgan byudjet mablag‘ ajratmalari summalari.
062 - "Mahalliy byudjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi.
Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi;
072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar olishi kerak bo’lgan mablag’lar so’mmasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 071 – “Respublika byudjetiga berilgan va undan olingan mablag’lar” subschyoti
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha paydo bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti oldidagi qarz so’mmasi ularning bank muassasasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i”dan to’langanda quyidagi provodkasi tuziladi:
Debet 061 – “Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
O’zaro hisob-kitoblarga doir tegishli hujjatlar asosida yuqori mahalliy byudjetlar bilan quyi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarga doir amalga oshirilgan operatsiyalarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlarida:
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlardan olishi kerak bo’lgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 072 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag’lar” subschyoti.
O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha boshqa mahalliy byudjetlarga qarzlarni to’lash tariqasida o’tkazib berilgan so’mmalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 062 –“Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
Byudjet ssudasini ajratilishi tartibini klaster (jadval, chizma) ko`rinishda aks ettiring.
Respublika byudjeti
Qorapalpog’iston Respublikasi Mahalliy byudjetlar
byudjeti
Qorapalpog’iston Respublikasi Mahalliy byudjetlar tarkibidagi tarkibidagi tuman va shahar byudjetlari uman va shahar byudjetlari