Moliya organining vakolatli xodimlari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
byudjet mablag’lari bo’yicha: - byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari, shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda kapital qurilish bo’yicha xarajatlarning oylik yoyilmalari, Zaxira jamg’armasi mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lar; - byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga, shuningdek kapital qurilish xarajatlarining oylik yoyilmalariga kiritilgan o’zgarishlar;
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha: - byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan mablag’lar, byudjetdan tashqari tushumlar va ularning yo’nalishi cheklanmaydigan xarajatlar turlari bundan mustasno; - xarajatlar smetalariga kiritilgan o’zgartirishlar.
G’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimlari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarining tegishli satrlarida quyidagilarni aks ettiradilar:
byudjet mablag’lari bo’yicha: - byudjetdan mablag’ oluvchilarga berilgan XTR; - g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar; - g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar; - g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan), shuningdek naqd - pul shaklidagi to’langan mablag’lar;
byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha: - belgilangan tartibda kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar; - g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatga olingan yuridik majburiyatlar; - g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etilgan moliyaviy majburiyatlar; - g’aznachilik bo’linmalari tomonidan to’langan (o’tkazilgan), shuningdek naqd pul shaklida to’langan mablag’lar.
G’aznachilik va Markaziy bankning 2011 yil 17 yanvardagi BA/31–01/1– 34–13/13 va 15–27/51–sonli qo’shma xati asosida byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun hamda ishlatilmasdan qaytarilgan deponet mablag’larini o’tkazishda to’lov hujjatlarining to’lov maqsadida 5 ta raqamdan iborat to’lov kodi aks ettirilishi lozimligi belgilangan.

Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari hamda ishlatilmasdan qaytarilgan deponet mablag’larini hisobini yuritishni soddalashtirish va uni dasturiy ravishda shahsiy g’azna hisobvaraqlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida to’lov hujjatlarining to’lov maqsadida ko’rsatilishi lozim bo’lgan 5 ta raqamdan iborat to’lov o’zgartirildi.