Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish hamda rasmiylashtirishning nazorati



Download 0,72 Mb.
bet2/2
Sana26.06.2022
Hajmi0,72 Mb.
#706649
1   2
Bog'liq
Byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish hamda rasmiylashtirishning nazorati

Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollardategishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko’rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:


1qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo’yicha ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun mablag’lar ajratishga yo’l qo’ymaslik;
alohida tadbirlarni o’tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo’yicha ajratilgan mablag’larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo’l qo’ymaslik

Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o’quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni, xodimlar va mehnatga haq to’lash bo’yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo’lishi shart:

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan na’munaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;
  • xodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
  • tashkilotlar turlari bo’yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan na’munaviy shtatlar jadvallariga;
  • davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko’rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.

Tashkilotlar quyidagi byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni tuzadilar:


byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi;
tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
qonunchilikda belgilangan boshqa barcha byudjetdan tashqari mablag’lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalariga yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha, Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatdan o’tkaziladi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetada byudjetdan tashqari mablag’lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarning daromad qismiga byudjetdan tashqari mablag’larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbalari bo’yicha kutilayotgan mablag’lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag’lar qoldig’i kiritiladi.
Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish