7.Buxgalteriya hisobi ob’ektlarining tarmoqlar xususiyati va mulkchilikning
shakllariga bog’liqligi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini korxona, muassasa va tashkilt rahbari tashkil etadi va u
quyidagi huquqlarga ega:
bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmati tashkil etish yoki shartnoma
asosida jalb qilingan buxgalterlar xizmatidan foydalanish;
20
buxgalteriya hisobini yuritishda shartnoma aosisida ixtisoslashgan buxgalteriya
firmalariga yoki tarkibidagi buxgalteriya hisobi sub’ekti kiradigan markazlashgan xo’jalik
birlashmalari hisobi bo’limiga topshirish;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga qo’yiladigan ta’minlash ma’suliyati
yuklatilgan:
hisob siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash;
ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;
xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi;
to’liq va ishonchli buxgalteriya hisobini yuritish;
hisob hujjatlarini saqlash;
tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlash;
hisob – kitoblarni o’z vaqtida yuritish.
Buxgalteriya hisobini yuritishda aloqador bo’lgan rahbarlar, buxgalterlar va boshqa
shaxslar buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillariga rioya qilishlari kerak.
Buxgalteriya apparati hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob
yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni tuzishni
ta’minlashi zarur.
Buxgalteriya apparati, quyidagi bo’limlardan tashkil topgan:
material bo’limi, bu erda sotib olingan material qiymatliklarni, material yuboruvchilar
bilan hisob - kitoblarni, materiallarni saqlash va foydalanish joylari bo’yicha kirimi va
sarflanishini hisobi yuritiladi. Ko’pam katta bo’lmagan korxonalarning bu bo’limida asosiy
vositalar, arzon va tez eskiruvchi buyumlar va tayyor mahsulotlar hisobi ham yuritiladi. Yirik
korxonalarda bu uchastkaning ma’lumotlarini ishlab chiqish uchun maxsus bo’lim tashkil
etiladi;
hisoblashish bo’limi, bu erda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash va undan
ushlanmalar bo’yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi, mehnat haqi fondi va iste’mol
fondidan foydalanish bo’yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy sug’urta va ta’minotga
ajratmalar bo’yicha, pensiya fondiga bandlik fondi va boshqalar bo’yicha hisoblashish
hisobini olib boradi;
ishlab chiqarish - kalkulyatsiya bo’limi, bu bo’limda barcha turdagi ishlab chiqarishga
qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi
aniqlanadi va hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi
aniqlanadi.
umumiy bo’lim, bu bo’limda yuqorida sanab o’tilgan bo’limlarda hisobga
olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, Bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisobi
tuziladi. Yirik korxonalarda moliyaviy bo’lim ajratilib, unda pul mablag’lari, korxona va
ayrim shaxslar bilan hisob - kitoblar hisobi yuritiladi.
Buxgalteriya korxonaning barcha ishlab chiqarish bo’linma (tsex, bo’lim)lari bilan
bevosita munosabatda bo’ladi. U ulardan buxgalteriya hisobini yuritish uchun tegishli
ma’lumotlar oladi, chunonchi:
kadrlar bo’limidan – ishga qabul qilinganligi, ishdan bo’shatilganligi, ta’tilga
chiqqanligi, korxona ichida bir joydan ikkinchi joyga o’tkazilganligi to’g’risida shaxslar
ro’yxati (buyruq)ni oladi;
omborlardan – tovar – material qiymatliklarini harakati (kirim, chiqim, bir joydan
ikkinchi joyga o’tkazilishi) to’g’risida hujjatlar oladi;
tsexlardan – ayrim xo’jalik muomalalari (mahsulotni ishlab chiqarish va sh.k.)
bo’yicha hujjatlar, xarajatlar bo’yicha ishlab chiqarish hisoboti va boshqalarni oladi.
21
Bosh mexanikdan – asbob - uskunalani harakati va ularni ta’miri to’g’risida,
avtotransportni ishlari va boshqalar to’g’risida hujjatlar oladi;
Reja bo’limidan – korxonaning barcha faolichti bo’yicha tasdiqlangan reja
ko’rsatkichlari (daromad va xarjatlar smetasi) ni oladi;
Mehnat va ish haqi bo’limidan – alohida kategoriya ishlovchilariga haq to’lash va
mukofatlash, stavkalar, okladlar, shtatlarni o’zgarishi to’g’risida nizomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |