Byudjet intizomini nazorat qilishda raqamli texnologiyalar



Download 34,36 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2022
Hajmi34,36 Kb.
#548986
1   2   3   4
Bog'liq
BYUDJET INTIZOMINI NAZORAT QILISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Bosqich: 
  • Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni). 



Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsata olamiz:

  1. vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati; 


  2. turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati; 


  3. ko‘ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model); 


  4. global ekosistema orqali savdo-sotiq qila olish iinkoniyati. 


Raqamli texnologiyalar uchun zaruriy bo‘lgan zahiralar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 




  • hisoblash-kommunikatsion infratuzilma mavjudligi; 


  • turli xildagi raqamli texnologiyalarning ishlashi


  • tezkor Internet borligi; 


  • raqamli texnologiyalar sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari mavjudligi: 


  • turli xildagi biznes moellar keng miqyosda ishlatilishi; 


  • intellektual on-line ishlab chiqarish tizimlari mavjudligi: 


  • raqamli texnologiyalar uchun moliyaviy ta’minot yetarliligi: 


  • kraudsorsing va kraudfunding jarayonlarini tashkil qilish imkoniyatlari. 




Biznesda mustahkam raqobat ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqish hamda bu maqomni saqlab qolish unchalik oson ish emas. Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra. 2000 yil Fortuue 500dan o‘rin olgan kompaniyalaming 52%dan ko‘prog‘i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa. 2020 yilga kelib, 12 yilga qisqarar ekan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi butun biznesning. jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) - fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Servis biznesi qaysi bir ma noda «default» (shartlarsiz tan olingan) maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesida bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amizon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Intemet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar internet tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar kirib kelishi biznesning onlayn («raqamli») bo‘lishiga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari - iqtisodiyot va boshqaruv, fan va xavfsizlik bo‘lgan bo‘lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi. Insoniyat o‘zgacha bo‘lib qoldi. Bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelayapti. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi - kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekominunikatsiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – ob’yektiv, muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir. Raqamlashtirishga yo‘ldosh bo‘ladigan eng jiddiy havf-xatarlardan biri, o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsizlik yuzaga kelishi hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mumkin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va ular intellektual robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli qismi g‘arb turmush tarzi tufayli yo‘l chetiga chiqib qoladi. Biroq raqamli dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini tezlashtirishgina ular taqchilligining oldini olishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli, hozircha kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa. buning uchun unda hali yetarlicha vaqt bor. Real va virtual dunyolarmng birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonun va qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Gibrid dunyo bu real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiiyaiga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigau real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
Raqamli biznes bu jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. School of Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy tcxnologiyalardan foydalanish sifatida ta’riflaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari va sun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo‘sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo‘sh o‘rinlarni o‘zgartirgan holda o‘zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo‘ladi. Tashkilotlarni raqamli o‘zgartirish jarayoni - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi.Raqamli o‘zgartirish turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Raqamli korinishga keltirish bu axborotni jismoniy vositalardau raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi, u faqat eleklron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes- jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo‘lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan. multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon bcradi.

Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. 


Download 34,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish