Byudjet hisobi va nazorati


Moliya organlari faoliyatining dasturiy ta’minoti



Download 65,7 Kb.
bet6/7
Sana17.07.2022
Hajmi65,7 Kb.
#816500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliyot xisoboti bdjet

4. Moliya organlari faoliyatining dasturiy ta’minoti
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi №PQ1989 sonli “O'zbekiston Respublikasi Milliy axborotkommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha,O'zbekiston Respublikasi Milliy 
axborotkommunikatsiya tizimini majmuaviy rivojlantirish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining bayonnomasi asosida 2013 2020 yillarga mo’ljallangan “Byudjet” axborot tizimi majmui loyihasini tuzish va integrasiyalashuvini amalga oshirish bo’yicha
tegishli muddatlar belgilangan. Yuqorida zikr etilgan qarorni amalga oshirish doirasida, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi №PQ594 sonli “Davlat byudjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriva 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-721 sonli 
“Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh
qilish” loyihasini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarorlariga asosan, Moliya vazirligida zamonaviy 
telekommunikatsiya va server uskunalari negizida axborot kommunikatsiya infrastrukturasi tuzildi. Asosiy va zaxira ma'lumotlar markazlari (ma'lumotlar markazlari) o’rnatildi va ishga tushirildi. Byudjet tashkilotlar va Moliya Vazirligi faoliyatini ta’minlovchi o’zaro integrasiyalashgan qator 
axborot tizimlari faoliyati yo’lga qo’yilgan: «Byudjet» ATM, shu jumladan
byudjet tashkilotlari hisobchilari faoliyatini qamrab oluvchi 
«UzASBO» dasturiy majmuasi, davlat byudjetining g’azna ijrosini ta’minlash bo’yicha «G’aznachilik» dasturiy majmuasi va boshqalar shular jumlasidan. 
Hozirgi vaqtda «Byudjet» ATMda Moliya Vazirligining barcha bo’linmalari
(qariyb 4500 foydalanuvchi), shuningdek 186000 dan ko’p shaxsiy hisob
raqamlariga ega 25000 dan ziyod byudjet tashkilotlari ro’yhatdan o’tgan. 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi №41 sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining Yagona 
integratsiyalashgan axborot tizimini yanada yangilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha, O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining “O’zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi yagona integratsiyalashgan axborot tizimi” uchun “Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi”(«DMBAT») dasturiy ta’minoti va server
jihozlarini o’rnatilgan tartibda tender savdolarida qatnashib xarid qilish bo’yicha DMBAT dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi bilan 
shartnoma tuzilgan. Ushbu dasturiy ta’minotning tuzilishi va ommaviy tarzda ishga qo’yilishi 2017 yildan rejalashtirilgan. Kelgusida «DMBAT» DTI «Byudjet» ATMning yangi yadrosi bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilmoqda. «DMBAT» 
DTning maqsadi davlat sektori samaradorligining oshishi barobarida samarali makroiqtisodiy siyosat va soliq-byudjet operasiyalarini qo’llab quvvatlash, davlat boshqaruv organlari faoliyati oshkoraligi va ma’suliyatini 
kuchaytirish hamda xarajatlarning nazorati va monitoringini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi “UzASBO” dasturiy majmuasining o‘quv-simulyatsiya dasturi” yaratildi. 
2015 yilning 24 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligidan – elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan “UzASBO – o‘quv-simulyatsiya dasturiy majmuasi”ni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi DGU 03331-sonli guvohnoma topshirildi. Mazkur “UzASBO” – o‘quv simulyatsiya dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish xohish-istagini bildirgan o‘quvchilar uchun 
nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etuvchi axborot dasturinni yaratishdan iborat edi.
Belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi ishlab chiqilgan simulyatsiya dasturining modullarida, ya’ni byudjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yurituvchi xodim tomonidan birlamchi hujjatlarni kiritish, turli hisobotlarni ko‘rish va tuzish bilan bog‘liq moliyaviy operatsiyalarni elektron dastur modullarida sinab ko‘rish imkoniyatlarining mavjudligidir. O‘z o‘rnida, dastur doirasida o‘quv simulyatsiya dasturining o‘quv qo‘llanmasi ham ishlab chiqilib, hozirgi kunda amalga oshirilgan va barcha byudjet tashkilotlarida foydalanib kelinmoqda.
Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning horij tajribasi 
Buyuk Britaniya davlatini g'aznachilik faoliyatini to'rt tarmoqqa ajratsa bo'ladi:
davlat xarajatlari; moliya; iqtisodiyot (halq ho’jaligi); davlat va fuqarolik xizmati. 
Davlat xarajatlari. Buyuk Britaniya byudjet ijrosida g'aznachiligini an'anaviy vazifasi davlat pul mablag'larini, hukumat idoralari va xizmatlar ya'ni, xarajatlarni nazorat qilishdan iborat. G'aznachilik nafaqat hukumat xarajatlari uchun, balki (asosan davlat) davlat korporatsiyalari va mahalliy hokimiyat organlari, shu jumladan, butun davlat sektori uchun javobgar bo'ladi. 
Moliya.G'aznachilik faoliyatining moliyaviy tomoni . va moliyaviy bitimlar,
bozorlar va institutlar (birgalikda daromadi va daromad bo'limi bilan) hukumatning byudjet siyosatiga taalluqlidir.G'aznachilik faoliyati mablag’larni ta’minlanishini (pul ta'minoti), foiz stavkalari, valyuta kurslari, davlat qarzini boshqarishnio'z ichiga oladi. Iqtisodiyot. Iqtisodiy sektor (iqtisodiyot) 
qisqa va o'rta muddatli prognozlash va tahlil bilan shug'ullanadi. Bu faoliyat
yaqindan G'aznachilik faoliyatining boshqa barcha jihatlari bilan 
bog'liq. Davlat fuqarolik xizmati. Bunda g'aznachilikni jamoat ishlari boshqarmasi tomonidan mehnat resurslari, ish haqi va pensiya to'lovlarini sohasi uchun javobgar bo'ladi. Hukumat jadvaliga amal qilishda har yili g'aznachilik uchun tayinlangan markaziy vazifa bu byudjetdir. Byudjetini tuzish
vaqtida barcha ijtimoiy xarajatlar va asosiy masalalar hal qilinadi so’ngra chop etiladi. G'aznachilik butun yil uchun iqtisodiy prognozni hisoblaydi. Bahor, yoz va
kuzda uch to'liq prognoz hisobotlarni yakunlanadi. G'aznachilik yil uchun ikki prognozlarni e'lon qilishi lozim; bittasi byudjet bilan birga chop etilgan va boshqasi kuz hisobotning asosini tashkil etadi. 
Davlat g'aznachiligini asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
-qayta ishlash, Davlat byudjetini tuzish va ijrosi; 
- qayta ishlash va moliyaviy siyosatini amalga oshirish; 
- ichki soliqlar, bojxona va aktsiz soliqlarini ustidan nazorat qilish; 

- moliyaviy va iqtisodiy prognozlash; 


- davlat xarajatlarini rejalashtirish va nazorat qilish, byudjet balansini qo'llab-quvvatlash, byudjetini o'z vaqtida va samarali muvofiqlashtirish, moliyaviy va 
byudjet hisobotlarni tuzish va jamoat harajatlarini deklaraziyasini, kuzgi hisobotni parlament tekshiruviga taqdim eish: 
- Angliya banki tomonidan amalga oshirilayotgan pul kredit siyosatini ishlab chiqish; 
- Monitoring va pul-kredit tizimi tendentsiyalarini tahlil qilish; 
Buyuk Britaniya davlat g'aznachiligi bir yilda uch marta iqtisodiyot (talab, ishlab chiqarish, daromad, xarajatlar, iste'mol, investitsiya, import, eksport, inflyatsiya,
ishhaqi, ish, ishsizlik, foiz stavkalari, savdobalansi, va boshqalar), asosiy yo'nalishlarini sharhini olib boradi va 18 oy ko’rsatkichlarini prognoz qiladi. 
Bu prognozlar(rejalar)asosida, valyuta operatsiyalari, valyuta kurslari, foiz
stavkalari, ha bir yilning birinchi uch oyida ko'rib va bahorda yillik byudjet bilan muvofiqlashtirib boriladi.. O'rta muddatli prognozlash natijasida 3-4 yil uchun rejalar ishlab chiqiladi. 

Xulosa
Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Yunusobod tumani moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.
Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari va “Shayxontohur tumani hokimligining Moliya bo’limi to’g’risida”gi Nizom bilan tanishdim;

  • Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`ilyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.


Download 65,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish