Byudjet hisobi va nazorati



Download 65,7 Kb.
bet5/7
Sana17.07.2022
Hajmi65,7 Kb.
#816500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliyot xisoboti bdjet

O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining asosiy vazifalari
8. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;

  • sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • soliq solish, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;

  • moliya, soliq, narx belgilash, sug‘urta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

  • fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa pensiyalarni va boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va to‘lashning belgilangan qoidalarini qo‘llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining funksiyalari
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • respublika yig‘ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamg‘armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg‘armalariga mablag‘ ajratish kvotalari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;

  • respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;

  • moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;

  • respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag‘ bilan ta’minlashni va budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;

  • joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamg‘arma fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga (ishlari, xizmatlarga) narx belgilash, monopoliya narxlari (tariflari)ning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish masalalarida yagona davlat siyosatini yuritadi, ularning asossiz oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi;

  • tovar bozorlarida, shu jumladan yakuniy iste’mol mahsulotlariga narxlar dinamikasining tizimli monitoringini yuritadi, narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi narx belgilashga monopoliya narxlari va tariflarining ta’sirini tahlil qiladi;

  • sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;

  • o‘z vakolatlari doirasida sug‘urta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;

  • sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun o‘qitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda — auditorning malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida — auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o‘tkazadi;

  • belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini litsenziyalashni amalga oshiradi;

  • auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;

  • tegishli malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;

  • belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

  • sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi va ruxsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi;

  • muntazam ravishda narxlar darajasi va o‘zgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, so‘mning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xo‘jaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • qimmatbaho qog‘ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga oladi;

  • aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi;

  • respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;

  • budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablag‘larini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;

  • respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag‘laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o‘z vaqtida to‘lanishi va tashqi qarz bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, O‘zbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq a’mollarni hisobga olishni va ularni mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

  • korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo‘llash va to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;

  • respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish bo‘yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo‘lganda vazirliklar, idoralar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;

  • tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar beradi;

  • fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining o‘z vaqtida va diqqat bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi;

  • qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste’mol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;

  • maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • vazirlikka yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.



Download 65,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish