Byudjet hisobi va nazorati



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/70
Sana23.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#696049
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
Byudjet hisobi va nazorati OUM

«Balans»
atamasi lotincha 
bis
- ikki marta, 
banx
- tarozi pallasi 
so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda «ikki palla» degan ma’noni 
anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.


41 
Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddalari deb ataladi. Har bir 
modda xo‘jalik mablag‘i yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi. 
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: 
- korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar; 
- korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi; 
- keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlarni sotib olish, 
hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar. 
Buxgalteriya balansida tashkilot aktivlari uch guruhda: nomoliyaviy va moliyaviy 
aktivlar hamda debitorlarda aks ettiriladi. 
Nomoliyaviy aktivlarga asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy 
aktivlar, noishlab chiqarish aktivlari, tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy 
aktivlarga qo‘yilmalar kiritiladi.
Moliyaviy aktivlar, odatda, tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan byudjet 
mablag‘lari, boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan byudjet mablag‘lari,
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag‘lar, ta’lim 
muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar, byudjet 
tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, boshqa byudjetdan tashqari 
mablag‘lar, byudjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo‘ladigan mablag‘lar, milliy 
va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari, akkreditivlar, depozitga qo‘yilgan pul 
mablag‘lari va boshqalardan tashkil topadi. Joriy xo‘jalik davri mobaynida bu 
aktivlar doimo o‘zgarishi mumkin.
Korxona balansi aktivlarini o‘rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin: 
- balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo‘lgan; 
- ular qanday joylashtirilgan; 
- ularning xo‘jalik faoliyatidagi roli qanday. 
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin: 
- mablag‘lar qaysi manbalardan kelib tushganligini; 
- mablag‘lar kimga tegishli ekanligi (o‘ziniki yoki jalb qilingan); 
- mablag‘larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi. 
Balans passivi ham ikki bo‘limdan iborat: 


42 
- kreditorlar; 
- moliyaviy natijalar. 
Kreditorlar qatoriga mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar, 
xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar, sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar, byudjet 
tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo‘ladigan mablag‘lar bo‘yicha hisob-kitoblar, 
to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar, boshqa kreditorlar bilan hisob-
kitoblar, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash 
bo‘yicha hisob-kitoblar, stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar, xodimlar bilan 
boshqa hisob-kitoblar, yuqori va quyi tashkilotlar o‘rtasidagi boshqa hisob-kitoblar
va boshqa satrlar kiritiladi. 
Balans passivining moliyaviy natijalar bo‘limida byudjet mablag‘lari bo‘yicha 
hisobot davriga joriy moliyaviy natija, to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar bo‘yicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija, ta’lim muassasalarida 
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar bo‘yicha hisobot davriga 
joriy moliyaviy natija, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
bo‘yicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija va boshqa daromadlar bo‘yicha 
hisobot davriga joriy moliyaviy natija, hamda Yakuniy moliyaviy natijalar
ko‘rsatiladi. 
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo‘lgan xo‘jalik 
mablag‘lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini 
solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o‘zaro 
bog‘langan hamda bir-birini to‘ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda 
tutilgan. 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U 
korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul 
mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan 
iborat. 
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari 
bo‘yicha tasniflanadi: 
- tuzilish vaqtiga ko‘ra; 


43 
- axborot hajmiga ko‘ra; 
- mulkchilik shakliga ko‘ra; 
- aks ettirish obyektiga ko‘ra; 
- tozalash usuliga ko‘ra. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish