Byudjet hisobi va G’aznachilik


O’zbekistonda tijorat banklari investitsion faoliyatining hozirgi holati



Download 244,17 Kb.
bet5/7
Sana29.12.2021
Hajmi244,17 Kb.
#83864
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI

O’zbekistonda tijorat banklari investitsion faoliyatining hozirgi holati

Bozor munosabatlarini to’la shakillantirish hamda iqtisodiyotning tarmoq va xududiy tuzilishida tarkibiy tuzulishlarni qayta o’zgartirishlar amalga oshirilayotgan xozirgi davrda investitsion faoliyatni kredit bilan ta’minlash hamda jalb etilgan investitsiyalardan samarali foydalanish mamlakatimiz iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo’lib kelmoqda.

Investitsion kreditlar bilan ta’minlash iqtisodiy o’sishning eng muhim omili ekanligidan kelib chiqib investitsion kreditlash siyosati va investitsion kreditlarning faolligini oshirishining barqaror yo’nalishi mamlakatda vujudga kelgan barqaror ijtimoiy iqtisodiy ahvol va iqtisodiy iqlimining qulayligidan tashqari, investitsion kreditlarning jalb qilishni bugungi holatini ham ifodalaydi.

Investitsion kreditlash siyosati – davlat tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy– iqtisodiy hujjatlar orqali banklarni huquqlari va imtiyozlarini kafolatlash imkoniyatlari deb qarash mumkin.

Investitsion kreditlash subyekti – davlat, Banklar va boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el huquqiy va jismoniy shaxslari va boshqa sub’ektlar bo’lishi mumkin. Shu bois investitsion kreditni amalga oshiradigan davlat, banklar va boshqa huquqiy yoki jismoniy shaxslarni jumladan chet el huquqiy yoki jismoniy shaxslarini ham investorlar deb atash maqsadga muvofiqdir.

Investitsion kreditlash sub’ekti – davlat, banklar va boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el huquqiy va jismoniy shaxslari va boshqa sub’ektlar bo’lishi mumkin. Shu bois investitsion kreditni amalga oshiradigan davlat, banklar va boshqa huquqiy yoki jismoniy shaxslarni jumladan chet el huquqiy yoki jismoniy shaxslarini ham investorlar deb atash maqsadga muvofiqdir.

Investitsion faoliyat va uning manbalari iqtisodiyot rivojining jadal suratlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko’p jihatdan mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini va taraqqiy etish darajasini ham ifoda etishi lozim.

Jahon amaliyotida davlatning investitsion jarayonlarga aralashuvining qo’yidagi shakillari keng qo’llaniladi:


  • Byudjet hisobidan subsidiyalar berish;

  • Xorijiy kreditlarning bir qismini ajratish;

  • Imtiyozli kreditlash;

  • Asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya siyosati;

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashning muhim omillaridan biri — iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishdan iborat.

Xorijiy investitsiyalarni jadal harakatlanishiga mamlakatda qulay investitsion muhit yaratilgan bo’lishi lozim. Bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:



  • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;

  • xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish;

  • xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini izchillik bilan olib borish;

  • xorijiy investitsiyalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqariladigan ustuvor tarmoqlarga yo’naltirish.

Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq.

Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o’tgan yillarda investitsiyalarni o’sishi jadallashdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda va umuman, chet el amaliyotida banklarning eng asosiy daromad keltiruvchi aktiv operatsiyasi kredit bo’lib kelmoqda.Biroq, riskni jilovlash va diversifikatsiyani oshirish maqsadida banklar boshqa turli operatsiyalar ko’lamini ham oshirib bormoqdalar.Xususan, O‘zbekistonda ham banklarning kredit va investitsiya portfellari ham mos ravishda hajm va sifat jihatdan ortib bormoqda.

Markaziy bank tijorat banklarining kapitallashuv va likvidlik darajasiga qo‘yilgan talablarni kuchaytirgani sababli 2017-yil iyun oyida qayta moliyalashtirish stavkasini 9 foizdan 14 foizga ko‘tardi.

Shu bilan birga, kreditlash hajmlari tez sur’atlarda o‘sishi natijasida likvidlikning taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2017-yilning ikkinchi yarmida tijorat banklariga qayta moliyalashtirish kreditlarini berish mexanizmlari joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish asnosida 2017-yil sentabridan boshlab milliy valyuta ayirboshlash kursini aniqlashning bozor mexanizmi joriy etildi, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun valyuta mablag‘larini sotish, sotib olish va tasarruf etishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.

2017-yilda tijorat banklarining jami kapitali 2,3 baravar ortdi va 20,7 trillion so‘mga yetdi. Kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichi 18,8 foizga oshdi, bu esa xalqaro normalardan 1,8 baravar ortiqdir. Tijorat banklarining jalb qilingan depozitlari umumiy hajmi 1,6 baravar ortdi va 58,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Banklar aktivlarining umumiy hajmi 2 baravar ko‘paydi va 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 166,6 trillion so‘mni tashkil etdi.4

Banklar faol kredit siyosatini amalga oshirishni davom ettirishi natijasida iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning jami hajmi 2,1 baravar ortdi va 110,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Xususan, tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 16,1 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi, bu esa 2016 yilga nisbatan 1,3 baravar ko‘proqdir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 19,6 trillion so‘mlik kreditlar, shu jumladan, 4 trillion so‘mlik mikrokreditlar ajratildi. Jumladan, ayollarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida 2,8 trillion so‘mlik, xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish uchun 3,6 trillion so‘mlik hamda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 490,3 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi.

2018-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsiya kreditlari hajmi 35,1 trln so‘mni (4,2 mlrd dollar) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 2,4 marta ko‘p.5

Quyidagi rasmda tijorat banklari tomonidan 2018-yilda ajratilgan investitsion kreditlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan (2-rasm) 6:



2-rasm.

Investitsion mablag‘larning asosiy qismi tarmoq va mintaqaviy rivojlanish dasturlari, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

Hisobot davrida bank tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Natijada tijorat banklarining umumiy kapitali 6 trillion so‘mga yoki 29 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 26,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Ustav kapitali esa 21 foizga oshib, 19,7 trillion so‘mni tashkil etgan.

2018 yilda respublika byudjetidan arzon uy-joylar qurilishini tijorat banklarining kredit liniyalari orqali moliyalashtirishga 3,8 trillion soʻm, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga 1 527,6 milliard soʻm, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturiga 500 milliard soʻm, shuningdek, yangi tashkil etilgan Ayollar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirildi.

Mustahkam va barqaror bank tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shmoqda. «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki mavjud mablag‘larini iqtisodiyotning real sektorini imtiyozli kreditlashga yo‘naltirmoqda.

«Asaka» bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi sifatida iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kredit liniyalarini jalb etishda keng ko’lamli ishlarni olib bormoqda Shuningdek, bank mijozlarining eksport-import amaliyotlari bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan vakillik aloqalarini yo'lga qo'yish bo’yicha ham faol ishlar olib bormoqda. Bugungi kunda bank tomonidan 370dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o'rnatilgan.



2017 yil va 2018 yilning birinchi yarmi davomida «Asaka» bank tomonidan xalqaro hamkorlik yo'nalishida quyidagi natijalarga erishildi:

  • «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida «Konveyer lentalari, avtomobil va qishloq xo'jalik texnikalari uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil etish» va «Navoiyazot» AJ bazasida «Polivinilxlorid, metanol va kaustik soda ishlab chiqarish kompleksini qurilishi» loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Xitoy Eksimbankining 530 mln. AQSh dollaridan ziyod miqdordagi imtiyozli kredit mablag'lari jalb etildi.

  • 2017 yil 30 oktyabrda «Asaka» bank va Xitoy Davlat taraqqiyot banki o'rtasida 40 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi.

  • 2017 yil 30 noyabrda. «Asaka» bank va Xitoy Eksport-import banki o'rtasida 18 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma imzolandi. Ushbu bitimlar Xitoydan tovarlar va xizmatlar sotib olish bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

  • JANUBIY KOREYA .O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, «Asaka» bank va Koreya Eksport-import banki (KEIB) o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, «Asaka» bank KEIB bilan 65 mln. AQSh dollari miqdorida banklararo kredit shartnomasini imzoladi. Mazkur shartnomaga asosan Koreya Respublikasidan texnologik asbob-uskunalar importi ko'zda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalari moliyalashtiriladi.

  • GERMANIYA. «Asaka» bank tomonidan Germaniyaning yirik Commerzbank AG va Landesbank Baden-Wuertemmberg banklari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Mazkur banklar bilan tuzilgan kredit shartnomalari shartlariga ko'ra Yevropadan texnologik asbob-uskunalarni keltirish ko’zda tutilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalari moliyalashtiriladi.

  • Ayni paytda «Asaka» bank nemis banklarning jalb etilgan kredit liniyalari mablag’lari hisobidan 16,49 mln. Yevro miqdoridagi 3 ta loyihani moliyalashtirdi.

  • ROSSIYA FEDERATSIYASI. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3638-sonli Qaroriga muvofiq «Asaka» bank va «O'zsanoatqurilishbank» bilan birgalikda RossEximBankning 141,56 mln. Yevro hajmidagi kredit mablag’larini qayta moliyalashtirish orqali Toshkent shahrida metallurgiya zavodini qurilishi loyihasini moliyalashtirish ko’zda tutilgan.

  • XALQARO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI.Meva va sabzavot yetishtirish sektorini rivojlantirish maqsadida «Asaka» bank tomonidan 2017 yilda 36 fermer va dehqon xo'jaliklarini moliyalashtirish maqsadida 21,1 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar jalb etildi va o'zlashtirildi.

2018-yilning 9 oyi mobaynida «Аsаkа» bаnk tоmоnidаn invеstitsiоn jоzibаdоrlikni оshirish, yuqоri likvidlilik vа bаrqаrоrlikni, аsоsiy ko’rsаtkichlаrning ildаm o’sishini tа’minlаsh vа ulаrni jаhоn stаndаrtlаri tаlаblаri dаrаjаsigа yеtkаzish оrqаli rаqоbаtbаrdоsh, ichki bоzоr vа ekspоrtgа mоs mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrаdigаn vа хizmаtlаr ko’rsаtаdigаn mijоzlаrgа hаmdа хоrijiy хаmkоrlаrgа sifаtli bаnk хizmаtlаrini ko’rsаtish yo’lidа fаоl ishlаr оlib bоrildi.

Bаnk jаmi аktivlаri 2018-yil 1-oktyabr hоlаtigа 28 697,9 mlrd.so’mni tаshkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 6 036,4 mlrd.so’mgа yoki 26,6 %ga o’sdi (3-rasm)7.





3-rasm.

Bаnk jаmi kаpitаli 1 379,2 mlrd.so’mgа yoki qariyb 1,8 baravarga o’sdi vа 3 131,5 mlrd.so’mgа yеtdi ( 4-rasm).





4-rasm.

Bаnk muntаzаm rаvishdа o’z tаrkibiy tuzilmаlаri fаоliyati sаmаrаdоrligini оshirish vа mаmlаkаtimiz mоliya bоzоridаgi ishtirоkini kеngаytirish bo’yichа fаоl ishlаr оlib bоrmоqdа. Hоzirgi kundа bаnkning tarmoq tizimi rеspublikаmizning butun hududini qamrab olgаn bo’lib, 26 tа filial, 76 tа mini bank, 141 tа chаkаnа bаnk хizmаtlаri ko’rsаtuvchi shаhоbchаlаr оrqаli аhоli vа хo’jаlik yurituvchi subyеktlаrgа bаrchа turdаgi yuqоri sifаtli bаnk хizmаtlаrini ko’rsаtib kеlmоqdа.

2018-yil 1-oktyabr hоlаtigа rеspublikаmiz iqtisоdiyotining turli sоhаlаrigа yo’nаltirilgаn bаnk krеdit qo’yilmаlаri hаjmi 22 266,8 mlrd.so’mni tаshkil qildi, kredit qo’yilmalari hajmi 8 479,4 mlrd.so’mga yoki 1,6 baravarga o’sdi( 5-rasm).



5-rasm.

«Аsаkа» bаnk tаshkil etilgаnidаn bоshlаb аsоsiy e’tibоrni rеspublikаmiz iqtisоdiyotining muhim tаrmоqlаrini rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn invеstitsiоn lоyihаlаrni mоliyalаshtirishgа qаrаtib kеlmоqdа.

Bаnk tоmоnidаn joriy yilda invеstitsiоn lоyihаlаrni mоliyalаshtirish uchun 7,3 trln.so’m miqdоridа krеditlаr аjrаtildi, 59,5 mlrd.som miqdorida lizing xizmatlari ko’rsatilib, lizing portfeli hajmi 241,8 mlrd.so’mni tashkil qildi.



  1. Download 244,17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish