Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi “byudjet hisoboti” fanidan O’quv–uslubiy majmua t oshkent-2020



Download 7,27 Mb.
bet4/113
Sana08.08.2021
Hajmi7,27 Mb.
#142179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
УМК Бюджет хисоботи -2020

MA’RUZA MATNI

1-MAVZU. «BYUDJET HISOBOTI» FANINING PREDMETI VA METODI
REJA:

1.1.

“Byudjet hisoboti” fanining predmeti va ob’ektlari

1.2.

Byudjet hisobotlarining tarkibi, ularni tuzishning maqsadi hamda xususiyatlari

1.3.

Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarni tuzishning me’yoriy-uslubiy asoslari

1.4.

Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari ijrosiga oid hisobotlarni tuzishning me’yoriy-uslubiy asoslari

1.5.

Byudjet hisobotlarini tuzishda qo’llaniladigan axborot tizimlari tarkibi

1.1. “Byudjet hisoboti” fanining predmeti va ob’ektlari.

Byudjet hisoboti byudjet hisobi ma’lumotlari asosida belgilangan shakllar bo’yicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir.

Byudjet hisobotining yagona uslubiyati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Byudjet kodeksi, byudjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Byudjet hisobining standartlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona uslubiyatiga rioya etilgan holda byudjet hisobining batafsil bo’lishini ta’minlaydigan ichki idoraviy hujjatlar qo’llanilishi mumkin.

Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi:

moliya organlari;

g’aznachilik bo’linmalari;

davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari;

byudjet tashkilotlari;

davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobi kassa usuli bo’yicha yuritiladi.

“Byudjet hisoboti” fanining predmeti - byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish bilan bog’liq munosabatlardan iborat.

Byudjet tizimi byudjetlari – Byudjet tizimi barcha darajadagi (O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari) byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi, Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi) byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari(byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi, Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tashkilotlarining undiriladigan to’lovlar hisobiga shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablag’lari ) jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi

“Byudjet hisoboti” fanining ob’ektlari bo’lib byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari, Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga daromadlarning tushumlari to’g’risidagi hisobot, Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar hisoblanadi


1.2. Byudjet hisobotlarining tarkibi, ularni tuzishning maqsadi hamda xususiyatlari.

Byudjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o’z ichiga oladi:

byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga daromadlarning tushumlari to’g’risidagi hisobot;

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot;

davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot.

Byudjet hisobotlarini tuzishning bir qator o’ziga xos hususiyatlari mavjud. Bular, avvalo davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetini tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog’liqdir.

Mazkur asosiy omillarni quyidagicha keltirishimiz mumkin




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish