MUSTAQIL TA`LIMNI BAJARISH BO`YICHA USLUBIY KO’RSATMA……………………………………………………………………
GLOSSARIYLAR……………………………………………………….
TARQATMA MATERIALLAR………………………………………....
Testlar…………………………………………………….………………...
Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar……………………….…………….
Taqdimot (elektron shaklda)……………………………………………….
ILOVALAR……………………………………………………….……..
Fan dasturi……………………………………..………………………………..
Ishchi fan dasturi…………………………………………………………….….
KIRISH
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada “Byudjet hisoboti” fanining predmeti, metodi va uslubiy asoslari, Davlat byudjeti daromadlari kassa ijrosi hisobi, Davlat byudjeti xarajatlari kassa ijrosi hisobi, Davlat jamg’armalarida hisoblashuv muomalalari hisobi, Davlat byudjeti ijrosi natijalari hisobi va byudjet ijrosiga oid hisobotlarni tuzish hamda taqdim etish, Davlat jamg’armalari apparatini saqlash bo’yicha smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish va ijrosi hisobi kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan. “Byudjet hisoboti” fanini chuqur o’rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Shu nuqtai nazardan fan o’sib kelayotgan yosh avlodga, xususan iqtisodiy yo’nalishlarda ta’lim oluvchi talaba yoshlarga davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati, O’zbekiston byudjet amaliyotiga g’aznachilik tizimini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari faoliyati, g’aznachilikda byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni hosil qilishga mo’ljallangan.
“Byudjet hisoboti” fanidan tayyorlangan mazkur O’quv-Uslubiy Majmua bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha yaratilgan Davlat Ta’lim Standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, “Byudjet hisoboti” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boruvchi professor-o’qituvchilar va oliy ta’limning bakalavriat bosqichida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan. O’UM tarkibiga kirgan fan dasturi, fan bo’yicha tasdiqlangan ishchi dastur asosida ishlab chiqilgan hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv jarayoni grafigiga to’liq mos keladi.
Fan yuzasidan ishlab chiqilgan mustaqil ishlar mavzulari fan dasturiga kirgan nazariy mavzular bilan birgalikda, g’aznachilik amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan, talabalarni ilmiy izlanishga undovchi mavzular bilan boyitilgan hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida davlat moliyasi sohasidagi islohotlarning ahamiyatini o’rganishga bag’ishlangan mavzular hisobiga kengaytirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |