4. G’aznachilik sharoitida davlat byudjetini boshqarish. G’aznachilikda operatsiyalar nazoratini takomillashtirish
Bugungi kunda Davlat byudjetini shakllantirishda uning ham xarajatlar qismini, ham daromadlar qismini belgilash muhimdir, chunki byudjetning daromadlari va xarajatlari oʼzaro bir-birini taqozo etadi, uni toʼliq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Byudjet siyosatining asosiy yoʼnalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari oʼrtasida qayta taqsimlash va respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir.
Byudjetning ijrosi byudjet jarayonidagi asosiy bosqichlardan biri hisoblanadiki, bunda belgilangan istiqbol koʼrsatkichlari, aniq rejalar va turli muddatli dasturlar amaliyotiga tadbiq etiladi. Byudjet mablagʼlarini iqtisod qilingan holda, samarali ishlatilishi davlatning byudjet siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlat boshqaruvchilik funktsiyasini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Shu bilan birgalikda mamlkatda ishlab chiqiarishni shakllantirish va rivojlantirish, byudjet-soliq siyosati yaxlitligini taʼminlash, byudjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun, davlat daromadlarini, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini toʼgʼri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotgatadbiq etish lozim boʼladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan byudjet siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan byudjet taqchilligini maʼlum nisbatda ushlab turish va uni tartibga solish, byudjet mablagʼlaridan sarflashda maqsadli, samarali va oqilona ishlatishga rioya etish bilan birga daromadlarni oʼz vaqtida tushirish byudjet ijrosida yaxshi natijalar beradi. Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjetini ijro etishning gʼaznachilik tizimini izchil joriy etishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Maʼlumki, “byudjetni tuzish va ijro qilish davlatning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlatning moliyaviy faoliyatining maqsadli yoʼnalishlarini ifoda etuvchi byudjet tasnifiga asoslanadi”.7
Soliqlar iqtisodiy islohotlar jarayonining tarkibiy qismi, uning ichki harakatlantiruvchi omili boʼlgan holdagina, iqtisodiy islohotlar maqsadiga muvofiq kelishi mumkin. Bilvosita boshqarish haqida gap ketganda, avvalombor iqtisodiy rivojlanishning muhim jarayonining soliq tizimi orqali amalga oshirilishi tushuniladi. Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlari kabi bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrini oʼz boshidan kechirayotgan Oʼzbekistonda ham soliqlar davlat daromadlari va davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Oʼzbekiston Respublikasi byudjetining daromadlar qismini shakllantirishda soliqlarning ahamiyati yildan-yilga oshib, iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, tarkibiy jihatdan oʼzgarib bormoqda. Byudjet amaliyotidagi jahon tajribalari shuni koʼrsatadiki, mustaqilliklardan va oʼzgarishlardan soʼng byudjet tizimida qator islohotlar oʼtkazila boshlandi. Shuningdek, iqtisodiyotni markazlashgan rejalashtirishdan chiqishi bilan bank tizimi oʼzgara boshladi. Bank tizimi tubdan oʼzgarishlarni boshdan kechirdi, bundan tashqari, bank tizimini rivojlantirish uchun davlat moliyasi jalb etgan holda, uning mablagʼlari ishlatila boshlandi. Byudjetdan moliyalashtirilgan mablagʼlar vazirliklar va idoralarning bosh taqsimlovchilar hisobraqamiga tushar edi, qayta taqsimlashning davomi tijorat banklari yordamida amalga oshirilar edi. Bank tizimi koʼp pogʼonali boʼlganligi uchun mablagʼlarining harakati sekinlashar edi. Byudjet mablagʼlarining bosh taqsimlovchisi Moliya vazirligi qaysidir maʼnoda bu mablagʼlarning harakati va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish imkoniyatidan chetlashtirilgan edi. Byudjet mablagʼlarini bankda bir hisobraqamidan ikkinchi hisobraqamga oʼtkazishdan toʼxtab qolishga, ularni maqsadsiz ishlatilishiga yoʼl qoʼyilishi buning natijasidir. Bundan tashqari, byudjetning bank tizimi orqali ijro etilishning koʼzga koʼringan eng katta kamchiliklaridan biri – inflyatsiya jarayonini oʼsishi boʼldi, chunki, byudjet taqchilligini kreditlashtirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi va emission xarakterga ega. Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida byudjet mablagʼlarining taqchilligi, byudjet ijrosida bank tizimining qoʼllanilishi quyidagi holatlarga olib keldi:
daromadlarning tushishida tezkorlikning pasayishi namoyon boʼldi, tartibga soluvchi soliqlarning yagona uslubi yoʼqligi byudjet resurslarini boshqarish jarayoni tezlashtirishdan mahrum etar edi;
tushgan daromadlar va qilingan xarajatlar toʼgʼrisida tezkor axborot olinmas edi, yana qarzlariga boʼlgan ehtiyojini aniq hisobini olishni qiyinlashtirar edi;
byudjetni ijro etishda faqat ikkita koʼrsatkich namoyon boʼlar edi: byudjet mablagʼlarining hajmi va haqiqatdagi toʼlovning summasi, bu federal byudjet mablagʼlarini toʼgʼri boshqarish imkonini bermasdi;
kredit taqsimlovchilarning byudjet mablagʼlarini maqsadli ishlatishning nazoratini qiyinlashdi, amalda esa maqsadsiz ishlatish va suisteʼmol qilish holatlari mavjud edi;
byudjet va byudjetdan tashqari mablagʼ oluvchilar oʼrtasidagi “harakat” nihoyatda uzoq edi, bu ish haqi va unga tenglashtiriladigan ijtimoiy nafaqalarni toʼlashni kechiktirar edi, oʼz navbatida, ijtimoiy keskinlikni oʼsishga olib kelar edi;
tijorat banklari hisobraqamida byudjet mablagʼlarining oʼrtacha qoldiqning yuqori darajasi shakllandi.
Byudjetni ijro qilishning gʼaznachilik tizimini bank tizimidan foydali tomonlarini baholash uchun ikkala modelni detallashtirib koʼrish kerak boʼladi. Davlat byudjetini daromadlar qismi ijro qilishning bank tizimida bu jarayonning asosiy qatnashchilari: Moliya vazirligi, Markaziy bank, soliq toʼlovchilar, banklar va soliq organlari hisoblanadi. Soliq toʼlovchilarning mablagʼlari Markaziy bankdagi yoki tijorat banklardagi soliq organlarining hisobraqamiga tushadi. Tijorat banklari federal byudjet daromadlarining tushumi toʼgʼrisida besh kunda bir marta Markaziy bank oldida hisobot beradilar, xuddi shuncha kunda umumlashtirilgan axborot Moliya vazirligiga tushadi. Markaziy bankning koʼzda tutilmagan, unda faqat asosiy daromadlar manbalari ajratiladi. Byudjetning daromadlar qismining ijrosida soliq organlarining funktsiyasi tartibga soluvchi soliqlarni taqsimlashdan, notoʼgʼri toʼlangan summalarni qaytarishdan va byudjet daromadlari tushumini hisobini olib borishdan iborat. Davlat soliq xizmati Rossiya Federatsiyasi hududida soliqlarning va boshqa yigʼimlarning tushishi toʼgʼrisida oyda ikki marta axborotlarni umumlashtiradi va Moliya vazirligiga taqdim qiladi. Аmalda daromadlar hisobotini yuritish tizimi tushgan daromadlarning hajmi toʼgʼrisida oʼz vaqtida va toʼliq axborot bermaydi, bu qisqa muddatga soliqlar va yigʼimlarning prognozlarini qilishga, byudjetda koʼzda tutilgan xarajatlarning real limitini belgilashga va eng asosiysi, oʼz vaqtida moliyalashtirishga salbiy taʼsir koʼrsatadi. bundan tashqari, Markaziy bank va Davlat soliq xizmati hisobotida daromadlar boʼyicha berilgan maʼlumotlar toʼliq emas va Markaziy bank maʼlumotlari bilan taqqoslashning iloji yoʼq. Byudjetni xarajat qismining ijrosi bank tizimi boʼyicha tarmoq vazirliklari va idoralarining hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi. Bunda byudjetning faqat ikkita bosqichi muhrlanadi: birinchisi ajratilgan byudjet mablagʼlarining hajmini koʼrsatish va ikkinchisi byudjetdan mablagʼ oluvchilar bilan kassa xarajatlarini amalga oshirishdir. Byudjetdan mablagʼ oluvchilarga byudjet mablagʼlarini yetkazish asosan tijorat banklari orqali amalga oshiriladi, yaʼni tijorat banklariga bu mablagʼlarni “aylantirish”, davlatning qimmatli qogʼozlar bozorida qatnashish va bu mablagʼlar hisobiga kredit resurslarini toʼldirish imkonini beradi. Davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yoʼnalishlaridan biridir. “Gʼaznachilik organi – konsolidatsiyalashgan byudjetni kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari hisobini olib borilishi uchun, davlat xarajatlariga moliyaviy resurslarni yetarli boʼlishini taʼminlash uchun masʼul boʼlgan Moliya vazirligining tarkibiy boʼlimidir”.8
Gʼaznachilik tizimida byudjet ijrosi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: kassa yagonaligi, shaxsiy hisobraqamlar boʼyicha moliyalashtirishning hisobini yuritish, byudjet tiniqligi, byudjet majburiyatlarining limiti, shartnomalarni roʼyxatga olish Jahon tajribasi shuni koʼrsatadiki, turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida moliyaviy oqimlarni, xususan, byudjet oqimlarini boshqarishning yangi shakllarini tanlash zaruriyati tugʼildi. Bu zaruriyat quyidagilarni taʼminlay oladigan moliya sohasidagi yangi tarkibiy qismining shakllanishiga turtki boʼladi. Jumladan:
Davlat byudjeti ijrosini va turli darajadagi byudjetlarni boshqarishni taʼminlash;
Davlat mablagʼlarini tushumini va masadli ishlatilishini nazoratini kuchaytirish;
Byudjetlararo munosabatlarni shakllantirish;
Moliya va soliq organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Soliqlarni toʼliq yigʼish hisobiga byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish;
Soliq solish va uni toʼliq yigʼish uslubini takmillashtirish;
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun mablagʼlarni yoʼnaltirish va turli darajadagi byudjetlarda ijtimoiy himoyalangan moddalarni oʼz vaqtida va toʼliq moliyalashtirishni taʼminlash;
Iqtisodchi I.Аkperovning oʼquv qoʼllanmasida “Gʼaznachilik – Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligiga va uning hududiy tuzilishi tarkibiga kiradigan yagona markazlashgan tizimdan iborat davlatning maxsus moliyaviy organdir”9 deb koʼrsatiladi. Davlat byudjeti, uning daromadlarini ijrosining hisoboti va tashkilotlarining buxgalteriya hisobini yuritish yagonaligi, Davlat byudjeti gʼaznachilik ijrosining asosiy tamoyillaridan hamda gʼaznachilik organlariga yuklatilgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat byudjetining hisobini yuritish hamda davlat byudjeti yagona gʼaznachilik ijrosi buxgalteriya hisobini yuritish plan schyotlarini yuritishga mos keladi va hisobotlarni jamlashni ancha yengillashtiradi. Gʼaznachilik tizimida Davlat byudjeti xarajatlarini, birinchi navbatda, birinchi darajali xarajatlarni oʼz vaqtida toʼlanishni va kassali uzilishlar holatlarini oldini olish, bir territoriyaga tushadigan resurslarni boshqa territoriyaning majburiyatini taʼminlash uchun yoʼnaltirish yoʼli bilan, markazlashgan tarzda turli darajadagi byudjetlarni daromadlarini boshqarish mexanizmini joriy qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |