3. Byudjet mablag’larining samarali ishlatilishini moliyaviy nazorat qilish
Mamlakatimizda cheklangan byudjet mablag’laridan manzilli foydalanish Davlat byudjetini boshqarishni barcha bosqichlarining asosiy tamoyili desak mubolag'a bo’lmaydi. Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish zaruriyati Davlat byudjeti mablag’larini maqsadli taqsimlashning doimiy nazoratini talab qiladi. Respublikamizda iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy bosqichida vujudga kelgan barcha muammolar byudjet tizimining butunlay yangi qonunchilik asoslarini yaratish, byudjetni boshqarishning sifat jihatidan yangilashni talab qiladi. Bunda bizga Davlat byudjeti g’azna ijrosida amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat yordam beradi. Moliyaviy nazorat davlat nazoratining tarkibiy qismi bolib, moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funksiyasi hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning maqsadi moliyaviy resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo‘yicha qabul qilingan andozalardan chetga chiqish hollarini aniqlash hisoblanadi. Bunday holatlar mavjud bo’lganida esa, ularni tuzatish va oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishdan iborat. Moliyaviy nazorat ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida mavjud bo‘lgan holda, pul jamg‘armalari harakatining butun jarayonida kuzatiladi. Shu sababli moliyaviy nazorat ishlab chiqarishda xo‘jalik yuritish mexanizmining obyektiv ravishda zaruriy bo’lgan tarkibiy qismidir.
Moliyaviy nazorat tushunchasining mazmun-mohiyati va shakllari to‘g‘risida iqtisodiy adabiyotlarda munozarali fikrlar mavjud. Rossiyalik iqtisodchilardan А.С.Нешчитой fikricha, “Moliyaviy nazorat - xo‘jalik subyektlari (korxona, muassasa, byudjet tashkiloti) faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy masalalarni tekshirishda maxsus shakl va uslublarni qo’llagan holda amalga oshiriladigan harakatlar va operatsiyalar yig’indisidir”.4
“Moliyaviy nazorat mexanizmidan nafaqat uslub va qoidalarning yagona tizimi sifatida foydalaniladi, balki, iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir qiladigan boshqaruv dastagi hisoblanadi”.5 Voznesenskiy E.A. moliyaviy nazorat bilan moliyaviy faoliyatning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor beradi, u moliyaviy nazorat chegaralarini kengaytirish kerakligini haqqoniy ravishda ko‘rsatadi. “Moliyaviy nazorat xo‘jalik munosabatlarining muayyan majmuyiga ham ta’sir qilib, real borliqqa, haqiqatga muvofiq keladi. Bunday xulosa chiqarishga liar qanday xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyatini taftish qilish va tekshirish huijatlari xizmat qiladi”.6
Mamlakatimizda qonunchilikni rivojlanishining huquqiy asoslari moliyaviy nazoratdan dalolat beradi. Moliyaviy nazorat mablag’lar holati ustidan olib boriladigan nazorat yoki byudjetni to‘ldirish, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg‘armalaridan foydalanish operatsiyalari ustidan olib boriladigan nazorat va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Moliyaviy nazoratning mohiyati uning vazifasida o‘z ifodasini topadi.
Moliyaviy nazorat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
moliyaviy faoliyat jarayonida qonunchilikka rioya qilishni ta’minlash;
moliyaviy resurslarning ahvolini nazorat qilish;
korxona, muassasa va tashkilotlardagi moliyaviy operatsiyalar qonun asosida olib borilishi bilan birga, mablag’lardan samarali va maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni ta’minlashdan iborat.
Shunday qilib, moliyaviy nazoratga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Moliyaviy nazorat – bu pul mablaglarini yig‘ish, sarflash va undan foydalanish jarayonida olib boriladigan hamda qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan davlat nazoratining bir turidir.
Moliyaviy nazorat quyidagi maqsadda amalga oshirilishi mumkin:
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat, mahalliy davlat hokimiyati organlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini tekshirish;
davlat va mahalliy korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ulaming ixtiyorida yoki kundalik boshqaruvida bo‘lgan pul mablag’laridan to’g’ri va maqsadga muvofiq foydalanilayotganligini tekshirish;
yuridik shaxslar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-kitob. hisobot va pul mablaglarini saqlash va sarflashning qonunchilik bilan o'rnatilgan talablariga rioya etilishini tekshirish;
ishlab chiqarishning ichki zaxiralarini aniqlash;
moliyaviy intizom buzilishi hollarini bartaraf etish va ogohlantirish.
Moliyaviy nazoratning asosiy vazifalaridan biri – moliyaviy resurslarning holatini nazorat qilishdan iborat. Ushbu nazorat davlat byudjeti oldidagi majburiyatlaming o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg‘armalaridan foydalanishga doir operatsiyalarning to‘g‘ri amalga oshirilishini tekshirishni nazarda tutadi. Adabiyotlarda moliyaviy nazoratning asosiy vazifalari qatoriga korxonalar, tashkilotlar tomonidan ularning tasarrufidagi pul mablag’lari (byudjet mablag‘lari, bank ssudalaridan to‘g‘ri foydalanilishi hamda tashkilotlar, korxonalar va muassasalar tomonidan moliyaviy operatsiyalar, hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag’larini saqlashga oid qoidalarga rioya etilishini tekshirish kiritilgan. Yana bir vazifa sifatida byudjet intizomining buzilishini bartaraf etish va buning oldini olish, ogohlantirish ajratib ko‘rsatiladi. Ular aniqlangan hollarda tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llaniladi. Davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetkazilgan zararni qoplash ta’minlanadi.
Mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish mazmunini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga pritsipial jihatdan yangi vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalar shu bilan belgilanadiki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish bozorning tarmoqlangan infratuzilmasini tashkil etishni talab qiladi, ularsiz bozor mexanizmlari to’liq darajada ishlay olmaydi. Bunday infratuzilmalar qatoriga bank, kredit va soliq tizimlari, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi, sug‘urta va auditorlik xizmatlari kiradi. Moliyaviy nazorat vazifalarini amalga oshirish natijasida moliyaviy faoliyatda qonuniylik tamoyili tomonlaridan birini ifodalaydigan moliyaviy intizom mustahkamlanadi. Moliyaviy intizom deganda, davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish vaqtida belgilangan ko'rsatmalar va tartibga qat’iy rioya etilishi tushuniladi. Moliyaviy intizom talablari yuridik va jismoniy shaxslar hamda davlat organlari uchun amal qiladi.
Moliyaviy nazorat davlat manfaatlarini ta’minlaydi va aniq jismoniy shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq Davlat byudjeti kassa ijrosini to’g’ri amalga oshirilishi moliyaviy nazoratni amalga oshirishni talab qiladi. Qonuniylik, obyektivlik, erkinlik va mustaqillik – moliyaviy nazoratning tamoyillari hisoblanadi. Moliyaviy nazorat instituti davlat nazorat organlarining umumiy tuzilishini o‘zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Moliyaviy nazorat o‘zaro hamkorlikdagi ikki sohaga bo’linadi: davlat moliyaviy nazorati va nodavlat moliyaviy nazorat.
Davlat moliyaviy nazorati – davlatning asosiy qonuniga asoslanuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari huquqiy-iqtisodiy faoliyatining kompleks va maqsadli yo’naltirilgan tizimidir.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi aniqlovchi rolni mamlakatning Konstitutsiyasi o‘ynaydi. Moliyaviy nazoratning huquqiy reglamenti davlatlarning turlariga, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanish darajasiga va mulk munosabatlariga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati davlat pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan bog’liq davlat pul resurslari oqimlarini muvofiqlashtiradi. Davlat nazoratchilariga davlat sektorida amalga oshiriladigan taftish va tekshirish bilan birga, xususiy va korporativ sektorda nazorat o‘tkaziladigan obyekt umummilliy iqtisodiy manfaatlarga ega bo'lsa, ularni ham taftish va tekshirish huquqi beriladi.
Davlat moliyaviy nazorati – davlat moliya siyosatini amalga oshirish, moliyaviy barqarorlik uchun shart-sharoitlar tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Barcha mamlakatlarda davlat qurilishining o‘ziga xosligiga qarab, moliyaviy nazoratning o‘z tizimi tarkib topgan.
Davlat moliyaviy nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
byudjetni to‘g‘ri tuzishni va ijro qilishni ta’minlash;
byudjet va soliqqa doir qonun hujjatlariga rioya qilish;
byudjet va byudjetdan tashqari fondlaming mablag‘lami maqsadli va samarali ishlatilishini tekshirish;
byudjet va soliq intizomiga rioya qilishni yaxshilash;
byudjetlararo munosabatlar mexanizmining faoliyatini nazorat qilish;
banklarda va boshqa kredit tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari fondlaming mablaglarini aylanishini tekshirish;
hududlami moliyaviy qo’llab-quvvatlashda maqsadli byudjet mablag‘larining shakllanishi va taqsimotini nazorat qilish.
O’zbekistonda davlat moliyaviy nazoratini Prezident, hukumat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, barcha darajadagi Xalq deputatlari Kengashlari) hamda ijroiya hokimiyatning tegishli organlari amalga oshiradi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatilishi mumkin.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida g‘aznachilik tizimida dastlabki nazorat tobora ko‘proq rol o’ynamoqda. U moliya operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin o‘tkazilib, ogohlantiruvchi xususiyatga ega. Bozor munosabatlari iqtisodiy xatolar, xo‘jasizlik va qonunbuzarliklar natijasida yuzaga keladigan zarar, ziyonlar va yo‘qotishlar bilan to‘g‘ri kelmaydi. Ularni imkon qadar kamaytirish uchun moliyaviy rejalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bosqichida noqonuniy harakatlar, kamchilik va tartibbuzarliklarning oldini olishdan iborat bo‘lgan, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan dastlabki moliyaviy nazorat tizimi bo‘lishi zarur.
Joriy nazorat – moliyaviy nazoratni operativ boshqarish va tartibga solish jarayonining uzviy qismidir. U moliyaviy rejalarni ijro etish bosqichida amalga oshirilib, asosiy maqsadi - belgilangan doiradan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni qabul qilishdan iborat.
Yakuniy nazorat – barcha moliyaviy rejalar bajarilganidan keyin, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etib bo'lmaydigan vaqtda amalga oshiriladi. Biroq o‘tgan davr uchun moliyaviy faoliyat natijalarini chuqur o‘rganish va tahlil qilish dastlabki va joriy nazoratning kamchiliklarini aniqlash hamda kelgusida moliya intizomi buzilishiga yo‘l qo'ymaslik bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun imkon beradi.
Moliyaviy nazoratning muddatlari bo‘yicha turlanishi, bular:
1. Dastlabki nazorat:
Korxonalar moliyaviy rejasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonidagi moliyaviy nazorat.
Byudjet tashkilotlari smetasining nazorati.
Davlat byudjeti loyihasi tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonidagi moliyaviy nazorat.
2. Joriy nazorat:
Moliyaviy rejani bajarilishi, byudjet daromadlari va xarajatlarini bajarilishi to‘g‘riligini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu yerda tezkorlik va egiluvchanlik muhim rol o‘ynaydi.
3. Yakuniy nazorat:
Amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarni so‘nggi natijalarining samaradorligini tekshirish hisoblanadi.
Davlat byudjetining g'aznachilik ijrosi tizimida asosan dastlabki va joriy nazorat shakllari mavjud. Dastlabki nazorat jarayoni xarajatlar smetasini tekshirish bilan boshlanadi. Mazkur tekshirishlarni amalga oshirishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan respublika, viloyat, shahar (shaharga bo‘ysunuvchi tuman) va tuman byudjetlarini tuzish uchun taqdim qilingan smeta moliyaviy hujjatlarini har tomonlama chuqur tahlil qilishni amalga oshirish, mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda moliya-byudjet qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish va byudjet mablag’larini belgilangan maqsadlarga iqtisod qilib, yo‘naltirishga erishish:
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida yetkazish bo‘yicha ishlarini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlashga erishish;
maxsus mablag‘lar smetalari bo‘yicha daromad va xarajatlarning qonuniy hosil qilinishiga va asosli rejalashtirishga e’tibor qilish, bunda daromadlarni yanada to‘liq hisobga olish, o‘tadigan pul mablag‘lari qoldig‘ini, mazkur mablag‘larni tejamli va maqsadli ishlatilishiga e’tibor berish;
smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish bo‘yicha choralarni qo‘llash, smetalar bo‘yicha aniqlangan ortiqcha mablag‘lar miqdorini, tashkilotlarning rahbarlarini ogohlantirib, byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni qisqartirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalar va yuklatilgan:
respublika vazirliklari, qo‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning g‘azna ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo‘yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning moliyalashtirish nazoratni amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek, barcha ko‘rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviyxo‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish.
Moliya vazirligi huzurida Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risida” Nizomga asosan faoliyat yuritadi. Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir. Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o‘z ish faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Zarur bo‘lgan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan o‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qilishadi.
Moliyaviy nazorat tizimi tarkibida – subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy nazoratning obyektiga moliyaviy resurslarning harakati, shakllanishi, foydalanishdagi taqsimlash usullari, shuningdek, iqtisodiyotining barcha tarmoqlaridagi jamg‘arma shaklidagi pul resurslari ham kiradi.
Davlat moliyaviy nazorat tizimida idoraviy moliyaviy nazorat ajratilib, u vazirliklar, idoralar va boshqa davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning tizimiga kiruvchi korxona, tashkilotlar va muassasalaming faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Moliyaviy nazorat qilish obyektlariga ko‘ra: byudjet nazorati, byudjetdan tashqari jamg‘armalar yuzasidan nazorat, g‘aznachilik nazorati, soliq nazorati, valyuta nazorati, kredit nazorati, sug‘urta nazorati, investitsiya nazorati, pul massasi bo‘yicha nazoratdan iborat. Davlat moliyaviy nazoratning amalga oshirish usullariga ko‘ra guruhlanadi: tekshiruv, tadqiq etish, moliyaviy tahlil, monitoring, audit, taftish.
Majburiy nazorat quyidagi hollarda olib boriladi:
a) qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda, masalan, byudjet ijrosi ustidan vakillik organlarining olib boradigan nazorati;
b) vakolatli davlat organlarining qaroriga binoan, masalan, huquqni muhofaza qiluvchi organlaming qaroriga binoan olib boriladigan nazorat.
O’zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, moliyaviy nazoratning usullari sifatida tekshiruv, taftish hamda qarshi tekshiruv va nazorat tartibidagi tekshiruv mustahkamlab qo‘yilgan. “Nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshiruvlarni muvollqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazoratning ko‘rsatilgan usullariga qo‘shimcha ravishda yana qisqa muddatli tekshiruv, kompleks tekshiruv va rejadan tashqari tekshiruv ham nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |