Bog'liq 4 Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari Respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi hisobining maqsadi – foydalanuvchilarni respublika byudjeti daromadlarining g‘azna ijrosi holati haqida ma’lumotlari ta’minlashdir.
Respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi hisobining vazifalari:
respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro‘yhatga olish;
respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larini holati va harakatini aks ettirish;
Respublika byudjeti daromadlari g‘azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosi hisobining maqsadi – foydalanuvchilarni maxalliy byudjet daromadlarining g‘azna ijrosi holati haqida ma’lumotlari ta’minlashdir.
Maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosi hisobining vazifalari:
maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro‘yhatga olish;
maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larini holati va harakatini aks ettirish;
maxalliy byudjet daromadlari g‘azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari g‘azna ijrosi hisobining maqsadi – foydalanuvchilarni maqsadli jamg‘armalar byudjeti daromadlarining g‘azna ijrosi holati haqida ma’lumotlari ta’minlashdir.
Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari daromadlari g‘azna ijrosi hisobining vazifalari:
maqsadli jamg‘armalar byudjeti daromadlari g‘azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
maqsadli jamg‘armalar byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro‘yhatga olish;
maqsadli jamg‘armalar byudjeti daromadlari g‘azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag‘larini holati va harakatini aks ettirish;
maqsadli jamg‘armalar byudjeti daromadlari g‘azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag’lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, kassadagi pul mablag’lari, pul hujjatlari, yo’ldagi pul jo’natmalari, moliyaviy qo’yilmalar (vaqtincha depozitga qo’yilgan pul mablag’lari) kiradi. Byudjet tashkilotlarida pul mablag’lari hisobi Byudjet (Byudjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va Byudjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg’armasi, boshqa mahsus mablag’lar, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan Byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo’yicha yuritiladi. Byudjet tashkilotlari Davlat Byudjeti g’azna ijrosiga o’tishi munosabati bilan xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan Byudjet, Byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha hisob schyotlari yopilib G’aznachilik va uning xududiy bo’limlaridagi ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o’tkazildi. Natijada G’aznachilik va uning xududiy bo’limlari tomonidan Byudjet tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro’yhatga olinib yagona g’azna hisob raqamidan to’lab berilmoqda. Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlaridir. Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to’lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to’lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to’lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda Byudjetdan mablag’ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to’lovni qabul qiluvchiga mablag’larning o’tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlardir. Bu shuni anglatadiki Byudjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish g’aznachilik bo’limlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi: 1. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar talablari bo’yicha tashkil etish; 2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang’ich va yig’ma hujjatlari, hisob regstirlarida o’z vaqtida to’g’ri rasmiylashtirish; 3. Byudjet va Byudjetdan tashqari pul mablag’larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo’yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash; 4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to’liq va o’z vaqtida aks ettirish; 5. Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’lari, pul hujjatlari, moliyaviy qo’yilmalar butligini nazorat qilish; 6. Chet el valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo’yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirib borish; 7. Byudjet tashkilotlarining Byudjet va Byudjetdan tashqari pul mablag’lari mavjudligi xolati va harakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar. Tashkilotlar pul mablag’lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag’larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag’lari va ularga tegishli muomalalar milliy valyutada - so’mda, chet el valyutasini muomala amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko’chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilgan sanadagi) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi. Byudjet tashkilotlarida naqd pulsiz hisob shakllarini qo’llagan xolda hisoblashuv muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to’lov topshiriqnomasi shakli qo’llaniladi. To’lov topshiriqnomasida to’lovchi bo’lib, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlari nomi ko’rsatiladi. Byudjet tashkilotlari nomi, shaxsiy hisobvarag’i nomeri, STIR to’lov topshiriqnomasida alohida qatorda keltiriladi. Byudjet tashkilotlarida naqd pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa xizmati tashkil etiladi. Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan: “Hisobvaraqlardagi Byudjet mablag’lari”; “Hisobvaraqlardagi Byudjetdan tashqari mablag’lar”; “Kassa”; “Boshqa pul mablag’lari”; “Moliyaviy qo’yilmalar”. Byudjet va byudjetdan tashqari pul mablag’lari bo’yicha shaxsiy hisobvaraqlarni ochish, yopish va yuritish tartibi. Byudjet tashkilotlari pul mablag’lari harakati moliya organlari tomonidan ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida shaxsiy hisobvaraqalarni ochish, yuritish, yopish tartibi “Byudjetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning xududiy bo’linmalarida yuritish Qoidalari”ga asosan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar shakllantirish imkoniyati berilgan. Byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari. Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning xududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan shakllantirilashi belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga birinchi navbatda Byudjetdan tashqari mablag’lar Maqsad uchun mo’ljallangan mablag’lar Byudjetdan tashqari daromadlar Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari O’tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi Xodimlardan ovqatlanganligi uchun kelib tushgan mablag’lar Umumta’lim maktablaridagi darsliklar ijarasi uchun kelib tushgan mablag’lar Davolash muassasalarida pulli ovqatlanishdan kelib tushgan mablag’lar Boshqa mablag’lar (turlari bo’yicha) Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari Ta’lim muassasalarida ota-onalarning mablag’lari Ta’lim muassasalaridagi to’lov- ontrakt mablag’lari Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik ваидораларнингбюджетданташқарижамғармалари Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish vositalari kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota – onalardan mablag’lar tushumi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari shakllanadi va ular hisobiga belgilangan tartibda xarajatlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari byudjet tashkilotlarida tranzit mablag’lari (Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan mablag’lar, O’tgan yillar debitorlik summalarini kelib tushishi va boshqalar) tushumi va hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladi Byudjet tashkilotlari yuqorida keltirilgan manbaalar bo’yicha hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni har bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi. Byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan byudjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va byudjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi. G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va yuritadi. Byudjet tashkilotlariga g’aznachilik bo’limlari tomonidan byudjet tashqari mablag’lari bo’yicha shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko’chirmalar taqdim etiladi. Ko’chirmalar byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha alohida alohida byudjet tashkilotlariga beriladi. Ushbu ko’chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib 3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl rasmiylashtiriladi. 3-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga tushiriladi. 308- son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi