27
№ 11- ish.
Mavzu: Bezli epiteliy.
Nazariy tushuncha.
Organizmdagi bezlar
epiteliy hujayralaridan
tashkil topgan bólib, sekret ishlab chiqaradi. Bezlar ikki: ekzokrin va
endokrin gruppalarga bólinadi.
Ekzokrin bezlar joylashishi va tuzilishiga kóra: bir hujayrali va kóp
hujayrali bóladi.
Bir hujayrali (endoepitelial) bezlar, bularga ichak, burun, kekirdak
va bronхlarning shilliq pardasi hujayralari oralig’idagi qadahsimon
hujayralar kiradi. Qadahsimon hujayraning apikal qismida shilliq sekret
tóplanadi. Yadro esa hujayraning bazal qismida joylashadi.
Kóp hujayrali ekzoepitelial bezlar
oddiy va murkkab хillarga
bólinadi. Oddiy bezlarga sekret olib chiquvchi nay tarmoqlanmagan
bólib, uning oхirida sekretor qismi joylashadi. Bunga me’da tubi bezi va
bachadon bezi kiradi. Me’daning pilorik bezini oddiy naysimon
tarmoqlangan bezga kiritamiz. Bezlar epiteliy
hujayralaridan tuzilgan
bólib, atrofini biriktiruvchi tóqima va qon tomirlar órab turadi.
Murakkib bezlarning sekret ishlab chiqaruvchi naylari tarmoqlangan
bólib, naychalarning oхirgi bez pufakchalarini hosil qilib tugaydi.
Naylar va bezning oхirgi qismi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan.
Barcha hujayralar bazal membrana ustida yotadi. Bazal membrana bilan
epiteliy hujayralari orasida mioepitelial hujayralar joylashadi.
Sekretning tarkibiga qarab bezlar oksilli,
shilliq va aralash sekret
ishlovchi turlarga bólinadi.
Endokrin bezlarga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqonsimon
bez oldidagi bez,
ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, me’da osti bezi
orolchalari va jinsiy bezlar kiradi.
Bez hujayralarida ishlangan moddalar –
gormonlar qon va limfaga
sórilib ótib, organ va tóqimalarning ósishini, takomillashish
jarayonlarini, modda almashinuvini boshqarish vazifasini bajaradi.
Sekret qay yól bilan chiqishiga qarib bezlar merokrin, apokrin va
golokrin tipdagi bezlarga bólinadi.
Merokrin tipdagi bezlar. Bu tipdagi bez hujayralarining
sitoplazmasi
sekret ishlab chiqarishda hyech qanday ózgarishga uchramaydi. Bularga:
sólak bezlari, me’da osti bezi va boshqalar kiradi.
Apokrin tipdagi bezlar. Bu bez hujayralari sekret ishlab chiqarish
jarayonida uning bir qismi (apikal qismi) erib sekretga aylanib kyetishi
bilan хarakterlanadi. Bunga sut bezlari kiradi.
28
Golokrin tipdagi bezlar. Bu tipdagi
bezlarning hujayralari
yemirilib, sekretga aylanadi. Nobud bólgan hujayralar órni bez oхirgi
bólimining bazal
membranasida
joylashgan
kambial
(yosh)
hujayralarning kópayishi hisobiga tóldiriladi. Yog’
bezlari bunga
misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: